8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə8/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Yozma va og`zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
-Tasdiq va inkor gaplarni yozma va og`zaki nutqda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,darsni tashkil qilish,sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish va davomatni aniqlash.
II.O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish:
III.Yangi mavzuning bayoni.
Adabiy o`qish
Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhorning ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so`ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezovta qilmas edi.
Bir yarim-ikki sahifa ijod qilish uchun 4 -5 soat o`tirar, biror so`zni o`zgartirish kerak bo`lsa, o`sha sahifani у ana qayta ко‘chirib chiqar edilar. Ikkita yon daftar tutar, biriga ayrim so`zlar, iboralar, tasvirlar, turli-tuman voqea-hodisalarni, ikkinchisiga adabiyot haqidagi o`ylarni yozardilar. Yangi asar boshlanganda shundan foydalanar edilar.
Abdulla Qahhor adabiyotning chinakam jonkuyari, yosh qa- lamkashlarning haqiqiy murabbiysi edi. Biron yozuvchi ularning nazaridan chetda qolmas, nima chop etilsa, darhol o`qib chiqar, fikr- mulohazalarini muallifga yozib yuborar edilar. Qahhor yoshlar bilan o`zi o`rtasida to`siq qo`ymasdi, ular bilan suhbatlashganda o`zi ham yasharib ketardi. Yoshlar bilan aloqasi mustahkam edi, ularni umumiy maqsad - yaxshi ijod qilish maqsadi bog`lab turar edi.
(Kibriyo Qahhorova. „Chorak asr hamnafas" kitobidan) Siz ham kundalik tutasizmi? Unga nimalarni yozib borasiz?
IV.Mustahkamlash.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Abdulla Qahhorning ish uslubidagi o`ziga xoslik nimadan iborat?
2. „Yozuvchilar uyi“ matnidagi fe’llarni sof fe’l va vazifaviy fe’l shakllariga ajratib yozing, farqli jihatlarini ayting.
3. O`zbek yozuvchilarining qaysi asarlarini o`qiganingiz yoki o`qimoq- chiligingizni ayting.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə