8-ma'ruza mavzu. Fermentlar, ularning tuzilishi. Fermentlarning ta’sir qilish mexanizmi. Reja


Fermentning o‘ziga xos xususiyati



Yüklə 88,39 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü88,39 Kb.
#143043
1   2   3   4   5
8.3. Fermentning o‘ziga xos xususiyati.
Fermentlar oqsil tabiatli bo‘lganligi uchun oqsilga xos xususiyatga ega. Lekin shu bilan birga faqat ularning o‘ziga xos bo‘lgan bir qator xususiyatlari xam bor. Bular fermentlarning termolabilligi, spesifikligi, muhit RN ning o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanligi, aktivator va ingibitorlarning ta’siriga moyilligi va boshqalardir.
Fermentlar faolligiga haroratning ta’siri.
Harorat oshgan sari uning ferment-substrat kompleksiga ta’sir qilib, faolligi oshib boradi. Haroratning ma’lum chegarasida ferment faolligi maksimum bo‘lishini, faollikning optimal nuqtasi deyiladi. Lekin harorat 400Sdan oshganda ferment faolligi pasaya boshlaydi (12-rasm).Aksariyat fermentlar 60-800S da butunlay faolligi yo‘qolib, bunda ularning strukturasi o‘zgarib, qaytmas denaturatsiyaga uchraydi.
Fermentlar faolligiga haroratning ta’sirini grafik tarzda ifodalasak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (12-rasm).

12- rasm. Fermentativ reaksiya tezligining haroratga bog‘liqligini ifodolovchi grafik.
Lekin ayrim fermentlar 80oS dan yuqori haroratda ham faolligini saqlab qolishi mumkin. Masalan, tabiiy issiq suv manbalarida o‘sadigan o‘simliklarning fermenti 90oS dan yuqori faolligini saqlab qoladi. Ba’zi fermentlarning faolligi past haroratda ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Vodorod ionlari konsentratsiyasining ta’siri. Organizmdagi ko‘pchilik fermentlar rN-7 atrofida yuqori faollikka ega bo‘ladi. Vodorod ionlarining o‘zgarishiga ferment juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunga sabab fermentning faol markazidagi funksional guruhlarning ionlanishidir. Muhitda rN-ning o‘zgarishi ferment-substrat kompleksi o‘rtasidagi kimyoviy bog‘lanish darajasiga ham ta’sir qiladi.
Ayrim fermentlar kuchli kislota va ishqoriy muhitlarda ham faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, oshqozondagi pepsinning ta’siri rN=1,5- 2,5 atrofida bo‘ladi. Ichaklardagi fermentlar esa ishqoriy muhitda “ishlaydi”. Har bir fermentning rN yaratgan optimal qiymati o‘zgarsa, enzimning uchlamchi strukturasi ham o‘zgarib, faolligi pasayadi.
Fermentlarning ta’sir etish xarakteri ko‘pincha substrat va reaksiyada ishtirok etadigan boshqa moddalar xususiyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sababi, bu moddalar ham kuchsiz elektrolitlar bo‘lib, tabiiy ionlanish xususiyatiga ega bo‘lishidir. Demak, muhit rN ning o‘zgarishi moddalarga va ferment faolligi ta’sir etadi.

Yüklə 88,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə