8-ma'ruza mavzu. Fermentlar, ularning tuzilishi. Fermentlarning ta’sir qilish mexanizmi. Reja



Yüklə 88,39 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü88,39 Kb.
#143043
1   2   3   4   5
Fermentlarning spesifikligi. Fermentlarning spesifikligi tirik organizmga xos bo‘lgan hususiyatlardan hisoblanadi. Spesifiklik fermentning substratga bo‘lgan selektiv (saralash) xususiyatidir. Fermentlarning spesifiklik faoliyati deyilganda substrat faol markazga kelganda xuddi kalit qulfga tushgandek mos kelish kerak (13-rasm). Bu ramziy o‘xshatish 1894 yilda E.Fisher tomonidan aytilgan.

Ferment yordamida substratning parchalanishi
Olim fermentni mustahkam struktura, faol markazni esa substratning “qolipi” deb atagan. Mazkur g‘oya fermentlarning guruhli spesifiklik tushunchasiga mos kelmaydi. Ya’ni, bitta qulfga (faol markaz) bir necha kalit (substratlardagi) mos kelmasligi tushuniladi.Bunday nomutanosiblikni tushuntirishda XX asrning 50-yillarida D.Koshland ismli olim “majburiy moslashuv” degan g‘oyani ilgari surgan. D.Koshland nazariyasiga asosan ferment o‘ta mustahkam qurilma bo‘lmasdan, balki elastik, qayishqoq va o‘zgaruvchan bo‘lib, substrat faol markazga kelganda uning shakli o‘zgarib, har xil ligandlarga moslasha olishi mumkin. Bu jarayonni xuddi qo‘lqop va qo‘lga o‘xshatish mumkin. “Majburiy moslashuv” nazariyasi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan. Hozirgi vaqtda fermentlar spesifikligining quyidagi asosiy turlari mavjud:
Sterokimyoviy spesifiklik. Bu xildagi ferment---substratning faqat yagona steroizomerini katalizlaydi. Masalan, fumaratgidrataza suv molekulasini fumar kislotaning qo‘sh bog‘iga biriktiradi, lekin uning steroizomeri bo‘lmish malein kislotaga ta’sir qilmaydi. Xuddi shuningdek, ba’zi fermentlar substratning trans va sis-izomerlariga qarab ta’sir etadi.
Mutloq spesifiklik. Bu xildagi spesifiklikka ega bo‘lgan ferment faqat bittagina substratga ta’sir etib, substrat molekulasida ro‘y bergan ozgina o‘zgarish ham uning faolligini yo‘qotishi mumkin. Masalan, ureaza faqat mochevinaga, alkogoldegidragenaza asosan etil spirtiga ta’sir etadi.
Nisbiy spesifiklik. Bunday hollarda fermentlar substrat strukturasiga befarq bo‘lib, faqat ular tarkibidagi kimyoviy bog‘lar guruhiga qarab o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Peptid bog‘larni gidrolizlovchi peptidaza va esteraza sifatida ta’sir etadigan tripisin fermentlari nisbiy spesifiklikka misol bo‘ladi.
Yüklə 88,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə