8-ma'ruza mavzu. Fermentlar, ularning tuzilishi. Fermentlarning ta’sir qilish mexanizmi. Reja


Fermentlarning aktivator va ingibitorlari



Yüklə 88,39 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü88,39 Kb.
#143043
1   2   3   4   5
Fermentlarning aktivator va ingibitorlari
Fermentativ reaksiyalar ayrim moddalar ta’sirida qisman yoki to‘liq faolligini yo‘qotishi mumkin, unday birikmalarni fermentlarning ingibitorlari deyiladi. Ayrim ferment ingibitorlaridan dori sifatida samarali foydalanish mumkin. Ba’zi ingibitorlar ferment ishtirokida faoliyatini butunlay to‘xtatishi yoki organizmga zahar sifatida ta’sir qilishi mumkin. Reaksion muhitda ba’zi bir ionlarning ishtirok etishi ferment – substrat kompleksi hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Bunday moddalar aktivatorlar deyiladi.
Fermentativ reaksiyalarning faolligini pasaytirish bir necha xil bo‘ladi: konkurent (raqobatli) va nokonkurent (raqobatsiz) yo‘l bilan amalga oshiriladi. Raqobatli ingibitorlar strukturalari bo‘yicha substratlarga o‘xshab, ular ferment-ingibitor kompleksini hosil qilib, substratni siqib chiqaradi. Bunda ferment denaturatsiya hodisasiga uchramasdan, o‘z faolligini pasaytiradi. Ferment faolligini raqobatli pasaytirish qaytar bo‘lib, substratning miqdori ko‘p bo‘lganda, ferment-ingibitor kompleksidan ingibitorni siqib chiqarishi mumkin.
Ko‘pchilik dori-darmon moddalari inson va hayvonlarga raqobatli konkurent sifatida ta’sir qiladi. Misol tariqasida, sulfamid preparatlarini ta’sir qilish mexanizmini ko‘rsatish mumkin, ular strukturasi bo‘yicha p-aminobenzoy kislotasiga (PABK) o‘xshaydi. Bu modda mikrob hujayrasidagi fol kislotasining intermedianti hisoblanadi. Fol kislota esa nuklein kislotasining almashinuvida hal qiluvchi moddalardir. Organizmga sulfamid dori berganda PABK metabolizm – fermentining faolligi ingibirlanadi. Natijada nuklein kislotaning sintezi kamayib, mikroorganizm esa o‘ladi. Bu yerda sulfanilamid fol kislotasining sintezlovchi fermentga raqib hisoblanadi. Shunday qilib, ko‘pchilik dorilar ferment bilan raqobatli konkurent asosida ta’sir qiladi. Dorining samaradorligini oshirishda ingibitor ferment bilan yuqori darajada bog‘lanishi lozim, aks holda dorining miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi.
Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarning faol markaziga (substrat birikadigan joyga) birikmaydi. Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarning faol markazidan uzoq bo‘lmagan yerlarga ta’sir qilib, fermentning konfarmatsiyasini qisman buzib, faol markazini dezintegratsiyaga sabachi bo‘ladi.
Shunday ingibitorlar borki, ular ferment – substrat kompleksining ajralishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bularga misol tariqasida, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan gerbitsidlar, insektitsidlar va stimulyatorlarni keltirish mumkin.

Yüklə 88,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə