8-Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot


Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy



Yüklə 42,6 Kb.
səhifə2/5
tarix29.03.2022
ölçüsü42,6 Kb.
#84840
1   2   3   4   5
1.Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.

  Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.Buyuk allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi.

Eski tuzum o‘zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.

Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi  va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.

Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksalishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi.

Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi.

1991-yilda Buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida Buyuk “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi.

1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida Buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ yaratildi va Buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.

1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi.

O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. Prezident farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida keng nishonlandi. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshoatlar qurildi, bog‘lar yaratildi. Ushbu shaharlar markazida ko‘rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.

Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi.

1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va shu yili 9 may kuni uning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 33 tomlik xotira kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9 may kuni “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.

Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishga ko‘maklashmoqda.

Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta’kidlaydi Birinchi Prezident Islom Karimov, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. 1993-yil 23-aprel kuni birinchi Prezidentimiz bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-sessiyasida 1993-yil 7-may kuni nutq so‘zlab, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi:

· milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch. Mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim;

· shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.

Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima?

Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’myuriy choralar ko‘rish yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”, degan haq fikrni ilgari surdi birinchi Prezident Islom Karimov.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, “Xo‘sh, milliy g‘oya, milliy mafkura nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?”, degan savolni qo‘yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari suradi:

· birinchidan, milliy mafkura avvalombor, o‘zligimizni, muqaddas an’alarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;

· ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi kunda mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng Buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya – mafkura bo‘lishi kerak;

· uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qaashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor;

· to‘rtinchidan, milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur;

· beshinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va Buyuk kelajakni uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan go‘ya bo‘lishi kerak.

Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda ham mamlakatimiz taraqqiyotinng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi. Hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash bo‘layotganligi, ko‘p narsalarni mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O‘zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo‘ldan chalg‘itadigan diniy ekstremizm xavfi mavjudligi hukumatimiz va jamiyatimizni ogohlikka da’vat etadi. 80-yillarning oxirla-ririda mamlakatimizga o‘zini “do‘st”, “dindosh”, “millatdosh” qilib ko‘rsatib, go‘yo islom dinining “sofligi” uchun kurashishga “da’vat” etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bizga begona bo‘lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o‘ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat bot-qog‘iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqealardan keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo‘lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O‘zbekistondagi bir to‘dasi ekanligi oshkor bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo‘lgan bo‘shliq vaziyatida begona g‘oyalarning O‘zbekistonga xuruji kuchaydi.

Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo‘ldi. Ma’no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o‘zida uyg‘unlashtirgan milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi.

O‘zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan:

· tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom;

· avlodlar xotirasiga sadoqat;

· kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;

· mehmondo‘stlik;

· bolajonlik;

· ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat;

· muomalada mulozamat, hayo, andishalik;

· og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo.

Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri “Navro‘z” bayramidir. Qaramlik yillarida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990-yildan boshlab O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 21-mart “Navro‘z” milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz “Navro‘z” kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar ekish, ko‘chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o‘yinlar, poyga musobaqalari, sayllar uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar.

1994-yil 23-apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. Markaz tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boy’icha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

 1996-yil yanvarda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996-yil 27-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvavtlandi. Mazkur jamg‘arma “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996–2002-yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida Buyuk allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda.

Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda Buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang (Chelak) qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi ochildi. Yubiley munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik “Al-Jomi as-Sahih” kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi.

2000-yil 16–17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom huquqiga oid “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi.

O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming O‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etilmoqda. Qur’oni karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir.

Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 1000 dan ziyod talaba o‘qimoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi. O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda:

· dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish;

· diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

· diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

· ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;

· dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish;

· din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin;

· diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonun-chilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi.

Qonun ijrosi va amaliyotini qarangki, bugungi kunda O‘zbekistonda 2019 ma’lumotiga ko’ra 2241 diniy tashkilot erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va o‘rta Osiyo Yeparxiyasi, Yevangel xristian-baptistlari cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To‘la Yevangel xristianlari cherkovi, O‘zbekiston Injil jamiyati singari diniy tashkilotlar faoliyatidan turli dinlarga mansub fuqarolarimiz birdek manfaatdor ekanliklarini izohlashga hojat bo‘lmasa kerak. Bulardan tashqari respublikamizda 2000 dan ortiq musulmonlar machiti, 168 xristian cherkovi, 7 yahudiy sinagogasi, 7 bahoiylar uyushmasi, 2 Krishna jamiyati, 1 budda ibodatgohi mavjud. Diniy ta'limotni puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladigan 12 ta diniy ta'lim muassasasi qatorida 1 pravoslav i 1 xristian protestant seminariysi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda islom diniga qanday sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, boshqa dinlarga ham xuddi shunday emin-erkin ibodat qilish va bu borada hyech bir to‘siqlarsiz faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.Har yili minglab musulmonlarimiz Haj safarlariga borishgani kabi mazkur diniy tashkilotlarning 120 dan ortiq vakili Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi diniy ziyoratgohlarga safar uyushtiradilar, xorijga e'tiqodiy ziyoratga yo‘l oluvchilar uchun beriladigan imkoniyatlardan foydalanadilar.


Yüklə 42,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə