8-Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot


Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor



Yüklə 42,6 Kb.
səhifə3/5
tarix29.03.2022
ölçüsü42,6 Kb.
#84840
1   2   3   4   5
2. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan e’tibor. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.

 Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida qilgan xizmatlar haqida fikr yurtganda ularning kontseptual g’oyalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda ana shularni amalga oshirish borasida qilayotgan katta xizmatlari haqida alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, 1994 yildayoq Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tuzish to’g’risida farmon chiqarganlari, ularning faoliyatini takomillashtirish haqida g’amxo’rlik ko’rsatayotganliklarini aytish joiz. Mustaqillik yillarida ma’naviy merosimiz rahnomalari nomlari tiklandi, ular tavallud topgan kunlar nishonlanmoqda, asarlari chop etildi. Chunonchi, Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi, Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1998 yilda imom al-Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi nishonlanishida bosh-qosh o’lganliklarini ta’kidlash lozim. 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi..

Mustaqillik yillari Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning turli jildlik hadisalari, Xoja Axmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, ko’plab Qur’oni Karim shaxslariga oid kitoblar chop etilganligini va ulardan xalqimiz baxramand bo’layotganliginign guvohi bo’lib turibmiz.

Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o’rin oldi. Har yili 3000 dan ortiq Vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko’plab masjid va madrasalar ta’mirlandi.

Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug’bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.

Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Munovvarqori, Behbudiy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir va boshqalarning nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Ularning tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlanadi.

Qatag’on yillarida millatimiz mustaqilligini ta’minlash yo’lida qurbon bo’lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar xiyoboni barpo etildi. Bu o’zlikning anglashning tarix bilan uyg’ongan millat tarjimasi holining mustaqillik ko’zgusida namoyon bo’lishining bir qarrasidir.

O’zbek tilining davlat tiliga aylanishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan davlat idoralarida ish yuritish, shaxarlarda ko’chalar va joylarning nomlanishida tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Mustaqillik yillari biz uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu tariqa millatning, davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi. Maktablar va oliy o’quv yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarining o’rganishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Mustaqillik yillari ma’naviyatimizning muhim bug’ini hisoblangan ta’lim va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, birinchi Prezidentimizning tashabbusi, bevosita rahbarligi ostida “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi milliy ma’naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning kelajakda rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, millatimizning obro’-e’tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.

Yuqorida keltirilgan yutuqlarni qo’lga kiritishimiz adolatli ravishda birinchi Prezidentimiz nomi bilan bog’liq.

Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasibarpo etildi. Islom Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagiOqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi.Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik obyekt-larga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.



3.Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati.

Uzoq va boy tariximiz hamda madaniyatimiz, shuningdek ma’naviyatimizning ildizi qadim moziy qa’riga borib taqalishidan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to’yining o’tkazilishi Jahon shaxarsozlik madaniyati tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof etilgan edi. 2002 yilda Termiz shahrining 2500 - 2006 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 Qarshi shahrining 2700 , Samarqand shahrining 2750, Marg’ilon shahrining 2000 va Toshkent shahrining 2200 yilligi to’ylarining jahon miqyosida nishonlashi ma’naviyatimiz tomirlari naqadar baquvvatligining dalillaridir. Avestoning 3 ming yillikka yaqinlashgan yoshi sivilizatsiya ufqlarimiz moziy tongida bo’y ko’rsatganligidan dalolat.

Mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biri. 2007 yil yanvarda Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham «Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi. Prezident Islom Karimov bu e’tirofni «o‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho», deb ta’rifladi.

Shu munosabat bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddinbobo (13–19-asrlar), Zangiota (14–20-asr), Xo‘ja Alambardor (19-asr), Shayx Xovandi Tohur (15-asr), Yunusxon (15-asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (19-asr) va boshqalar ta’mirlandi. 2007 yil 14–15 avgustda Toshkent, Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonnning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.



4. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.

Milliy adabiyot rivojiga H.S.Karomatovning “Qur’on va o‘zbek adabiyoti”, O.Sharofiddinovning “Cho‘lponni anglash”, B.Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron, To‘ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur va boshqa Buyuk zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi.

Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” romanida, To‘lepbergen Qayipbergenovning “U dunyoga, bobomga xat” asarida, Nazar Eshonqulovning “Qora kitob” povestida, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Qasoskorning oltin boshi” romanida, Oygul Muhammad qizining “Jannat qushi” romanida, Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning qatag‘onlik, zo‘ravonlikka asoslangan mohiyati, xalq boshiga solingan tashvishu kulfatlar, g‘am-g‘ussa va alamlari tasvirlangan.

Tohir Malikning “Shaytanat”, Hojiakbar Shayxovning “Tutash olamlar” asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.

Omon Muxtorning “To‘rt tomon qibla” nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning “O‘zbeknoma” tarixiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning “Biz kim, o‘zbeklar” asari, Azim Suyunning “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug‘at” she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston  respublika hukumati ijod ahliga katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda. Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharofiddinov, To‘lepbergen Qayipber genovlar mamlakatimizning oliy mukofoti – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandilar. Ko‘plab shoir va yozuvchilar yuksak saviyadagi badiiy asarlar uchun o‘tkazilgan tanlovlarning sovrindorlari bo‘ldilar.

Ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarida bo‘lganidek madaniy hayotda ham tubdan o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi.

1993-yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimizning va xorijlik atoqli teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. 1994-yilda Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. 2000-yili Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat teatri to‘la ta’mir etildi.

Respublika Prezidentining farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-yilda “O‘zbekteatr”ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatr-larning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko‘maklashdi. “O‘zbekteatr” birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo‘1 qo‘yilmadi. Teatr binolari ta’mirlandi, ichki jihozlari yangilandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

1996-yilda Toshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va shu yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon talablari darajasida tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga ko‘chirildi va o‘zining 64-teatr mavsumini yangi binoda boshladi.

2001-yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. 2001-yil 21-sentabrda Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi, O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi.

Mustaqillik yillarida kino san’ati ham rivojlandi. Kino san’atining ijodkor ustalari Shuhrat Abbosov, Yo‘ldosh A’zamov,  Elyor Eshmuhamedov, Ali Hamroyev, Rashid Malikov, Jahongir Fayziyev, Sharof Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar yaratish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xusu-siy kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda Latif Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi “Fayzifilm” ro‘yxatga olindi. 1996-yilda “O‘zbekfilm” tasarrufida 8 ta studiya, shuningdek 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.

1996-yil 29-aprelda e’lon qilingan Prezident farmoni milliy kino san’atining rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Unga binoan “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi tuzildi. Kino tarmog‘i tashkilotlariga davlat budjetidan ajratiladigan har yillik dotatsiyalar 2000-yilgacha saqlab qolindi. Kino sohasining iqtidorli yoshlari uchun xorijiy kino akademiyalari va o‘quv markazlarida o‘qish, malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi.

Istiqlol yillarida tasviriy san’at ham rivojlandi, rassomchilik yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. 1997-yilda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademi-yasining tashkil etilishi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasining tuzilishi, ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tasviriy san’at rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarni izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov, qobiliyatli mo‘yqalam sohibi Zayniddin Faxriddinov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlarini yaratdilar. Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, fan va ma’naviy-ma’rifiy sohada dunyoga mashhur bobokalonlarimizning portretlari yaratildi.

1992-yilda “O‘zbekdavlatsirk” birlashmasining tashkil etilishi sirk san’atining rivojlanishida, yosh iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An’anaviy sirk san’atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996-yilda estrada-sirk kolleji ochildi. Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari soni ko‘paydi. Agar 1990-yilda 7 ta an’anaviy sirk guruhi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirkchilarning ijrochilik mahoratlari o‘sdi.

1993-yilda Toshkentda yangi “Hayvonot bog‘i” ochildi.

Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi”, markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda.

1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, Bahor majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida” qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust – 2-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Har ikki yilda Samarqandda “Sharq taronalari” Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.

Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993-yilda Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov muzeyi, 1994-yilda Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi, 1997-yilda Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ko‘plab muzeylar ochildi. 1996-yil 1-sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib qoldi.

1996-yil 18-oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyiochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga ta’mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi.

O‘zbekistonda 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik sharofati bilan respublikamizdagi betakror me’moriy yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi. Sport aholini, xususan yoshlarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashning, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir.

1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport sog‘lomlashtirish klublari, bolalar, o‘smirlar sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

1992-yil yanvarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993-yil sentabrda Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-avgustda Toshkentda olimpiya muzeyi ochildi. 1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland “Everest” cho‘qqisiga chiqib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar.

Mustaqillik sharofati bilan milliy o‘zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. 1999-yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekis-tonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. 2000–2002-yillarda Buyuk Britaniyaning Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi.

2004-yilda Liviya poytaxti Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov ham bor edi. Rustam Qosimjonov barcha da’vogarlar ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempionidegan yuksak unvonni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g‘urur-iftixor bag‘ishladi.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.

Maʼlumki, 2019 yil 19-martda davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.


Yüklə 42,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə