8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja


Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi



Yüklə 435,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix06.01.2023
ölçüsü435,2 Kb.
#98267
1   2   3   4   5
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej

 Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish 
davrida aholini yalpi Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar 
va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu 
tizimda mahalla markaziy o‘rinda turadi. 
1999 yilda ushbu tizim orqali kam ta’minlangan oilalar — jami 3 mln. kishi 
(mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar — 6,5 mlliondan optiq kishi 
(27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga 
oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashkil qiladi. Bu sohada Ijtimoiy himoya, asosan, 
kam ta’minlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining ba’zi guruhlari 
uchun imtiyozlar yaratish, yolg‘iz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish 
va boshqalar asosida amalga oshiriladi. 
Respublika Prezidentining 
«Kam 
ta’minlangan 
oilalarni ijtimoiy 
himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga (1994 


y. 23 avg.) ko‘ra, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ko‘p bolali oilalar, kam 
pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini 
yo‘qotganlarning oilalari, yolg‘iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj 
oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1996 y. 10 dek. dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam 
ta’minlangan oilalar davlatning alohida otalig‘iga olindi, 2002 y. 25 yanv. dagi 
farmonga binoan ijtimoiy yordam ko‘rsatiladigan farzandli oilalar doirasi 
umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida 
o‘qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalar hisobiga kengaytirildi. 
Bulardan tashqari O‘zbekistonda norasmiy ijtimoiy yordam turlari ham 
mavjud; ularga qarindoshlarning o‘zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar 
asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam 
ta’minlangan ko‘p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi. 
Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. 
Ijtimoiy himoya doirasida 1998 y. «Oila yili», 1999 y. «Ayollar yili», 2000 y. 
«Sog‘lom avlod yili», 2001 y. «Bolalar yili», 2002 y. «Qariyalarni qadrlash yili» 
deb e’lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud
Ijtimoiy himoya muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda 
yaxshi samaralar berdi. 1995 y. da byudjet xarajatlarining 21,8%, 2000 y. da 
29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y. dan boshlab YaIM o‘sishi aholi o‘sishi 
sur’atidan ustun bo‘lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o‘sishining va Ijtimoiy 
himoya rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi. 
«O‘zbekiston Respublikasi aholisini 2010 y. gacha bo‘lgan davrga 
mo‘ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona kontseptsiyasi» ishlab chiqilgan. 
Unda Respublikada mavjud bo‘lgan Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya 
ta’minoti, bolalarga nafaqa to‘lash, yolg‘iz kek-salarga xizmat ko‘rsatish, 
nogironlarni 
protez-ortopediya 
buyumlari, 
harakatlanish 
vositalari 
bilan 
ta’minlash, shuningdek tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat
ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo‘la (nomuntazam) 
yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan. 

Yüklə 435,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə