9 Ma’ruza. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi. Maruza rejasi



Yüklə 458,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix29.05.2023
ölçüsü458,59 Kb.
#113850
1   2
КНГСЙТТ маруза-9

9.2. Neftni turg`unlashtirish 
 
Neftni gazsizlantirish deganda normal sharoitda gaz holatida bo`lgan neft 
tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratib olish va ularni neft – kimyo sanoatiga 
ishlatish uchun abyuborish tushuniladi. Neft tarkibidagi yengil uglevodorodlarni 
ajratish (separatsiya) va rektifikatsiya usullari yordamida amalga oshiriladi. Ajratish 
usulida neft aralashmalarini bir yoki bir necha bor bug`latish va bosimini 
kamaytirish natijasida undan yengil uglevodorodlarni va ular bilan birga boshqa 
gazlarni ajratiladi. 
Rektifikatsiya usulida neftni bir yoki bir necha bor qizdirish va sovutish 
(kondensatsiyalash) natijasida undan aniq uglevodorod fraktsiyasi olinadi. Kon 
maydonida neftni turg`unlashtirish ajratish usulida amalga oshiriladi. 
Yuqori bosimdagi neft oqimi ajratgichga tushganda, uning bosimi kamayadi. 
Natijada yuqori bosimda suyuq holatda bo`lgan yengil uglevodorodlar gaz holatiga 
o`tib, suyuq neftdan ajraladi. 
9.3.Neftni qatlam suvi va mineral bug`lardan tozalash. 
 

Neft va suv aralashmasi emulsiya ko`rinishida bo`ladi. Ularning 


aralashmadagi hajm miqdoriga ko`ra neftning suvdagi emulsiyasi (n/s) yoki suvning 
neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo`lishi mumkin. Asosan amaliyotda (0,5x) suvning 
neftdagi (s/n) emulsiyasi hosil bo`ladi. 
Hosil bo`lgan neft – suv emulsiyasi turg`un holatda bo`lib, ularni turg`unligini 
buzush va ajratish uchun emulsiya tarkibiga deemulgatorlar (emulsiyani 
parchalovchi kimyoviy moddalar) qo`shiladi. 
Hosil bo`lgan va hosil bo`layotgan emulsiyani buzishda diemulgator sifatida 
emulgatorlarga nisbatan aktiv bo`lgan SFM (sirt faol modda) lardan foydalaniladi. 
Emulsiyani buzish uchun qo`llaniladigan demulgatorlarni ikki guruhga 
ajratamiz. Ionagen va ionagen bo`lmagan moddalar. 



Birinchi guruhga kam samarali deemulgatorlar, NCHK (neytralizovanny 
cherny kontakt) va NKG (neytralizovanny kisly gudron) bular hozirgi kunda ishlab 
chiqarilmaydi. 
Ionagen bo`lmagan deemulgatorlarga diproksamin – 157, proksamin – 385, 
dissolvan – 4411, siparol, poliakrilamidlar kiradi. 
Neftni suvsizlantirish mexanik, termik, kimyoviy, filtrlash, issiqlik kimyoviy 
emulsiyani parchalash, elektrik usullari yordamida amalga oshiriladi. 
Mexanik usul: bu tindirishga asoslangan bo`lib, u tindiruvchi qurilmalarda 
olib boriladi. Neft – suv aralashmasi tindiruvchi qurilmaga yig`iladi va u yerda 
ajralish sodir bo`ladi, ya‘ni neft suvdan yengil bo`lganligi uchun aralashma yuziga 
ajralib chiqib neft qatlami hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan neft va suv qatlamlari alohida 
ajratib olinadi.Issiqlik usulda – tindirishgacha bo`lgan davrda, aralashma qizdiriladi 
yoki issiqlik bilan ishlanadi. Bunda suv zarrachalarining yuza ta‘sirining 
mahkamligi kamayib, neftning qovushqoqligi pasayadi. Natijada suv zarrachalari 
kattalashib, cho`kish tezligi oshadi. 
Kimyoviy usuli asosiy usullardan bo`lib, bunda tindirish jarayonigacha neft – 
suv aralashmasining tarkibiga deemulgatorlar qo`shiladi. Qo`shilgan deemulgatorlar 
turg`un neft – suv emulsiyasini parchalaydi. Natijada tindirish qurilmalarida neft va 
suvning ajralishi uchun sharoit yaratiladi. Issiqlik kimyoviy deemulsiya usulida neft 
– suv aralashmasi tarkibiga deemulgatorlar qo`shish bilan birga, ular issiqlik bilan 
ham ishlanadi. Bunda suv tomchilarining sirt yuza ta‘siri kuchlari kamayib, 
emulsiya turg`unlari buziladi. Bu o`z navbatida tindirish jarayonida suv va neftning 
ajralish jarayonini yuqori darajada sodir bo`lishiga olib keladi.
 
 
Nazorat savollari: 
 
1. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasida qanday ishlar amalga oshiriladi?
2. Neftni turg`unlashtirish deganda nimani tushunasiz?
3. Rektifikatsiya jarayonini izohlab bering.
4. Neftni suvsizlantirish qanday usullarda amalga oshiriladi?
5. Issiqlik va mexanik usulda neftni tozalash. 
6.
Neft va gazni konlarda tayyorlash uchun qanday asbob-uskunalardan
foydalaniladi va bu asbob – uskunalar nima vazifalarni bajaradi? 
 
 

Document Outline

  • Nazorat savollari:

Yüklə 458,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə