9 mavzu. Ijtimoiy tahlil


Aholining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari



Yüklə 60,07 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü60,07 Kb.
#166730
1   2   3   4   5   6
9 мавзу. Ижтимоий таҳлил

9.2.Aholining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari

Ijtimoiy tahlilda ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlarni to’la hisobga olmaslik jahon mamlakatlari va xalqaro-moliya institutlarining tajribasida loyihalarning samarasiz bo’lishiga sabab bo’lgan. Misol uchun Misrda Nil daryosiga qurilgan Asuan to’g’onini eslab o’tish kifoyadir.


Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichi loyiha yo’naltirilgan aholi guruhi, uning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat.
Loyiha yo’naltirilgan aholining turmush tarzi ko’pincha uni ishlab chiquvchi kishilarning turmush tarzidan farq qiladi. Shu tufayli rejalashtirish jarayonlariga mahalliy aholi jalb etilmasa, loyiha mahalliy sharoitga mos kelmasligi mumkin.
Mahalliy sharoitlarni bilmaslik, bu to’g’rida bir guruh shaxslar, xususan, yo’lboshchilarning intervyu yo’li bilan olingan fikriga ko’ra ish yuritish aholi ko’pchilik tabaqalari qarashlarining e’tiboridan chetda qolishiga olib keladi.
Shahar hamda qishloq joylaridagi oilaviy xo’jaliklar tarkibi to’g’risida to’g’ri tassavurga erishish ham katta kuch talab etadi. Shahar joylari uchun mo’ljallangan ayrim loyihalarda bu erlarda oila a’zolari qishloq joylarida muhim rol o’ynovchi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimidan butunlay aloqasini uzgan deb qaralgan. Aslida kam ta’minlangan shahar oilasi tez o’zgarib turuvchi ijtimoiy koalitsiya hisoblanadi.
Iqtisodiy va siyosiy sharoitlar o’zgarishi ta’sirida bu oila bolalari bir uy xo’jaligidan boshqasiga o’tib turadilar, boshqa bir a’zolari esa boyroq qarindoshlarinikiga ko’chib o’tadilar. Bunday o’zgarishlar oila a’zolari sonining o’zgarib turishiga moslasha oladigan uy-joy maydonini talab etadi.
Agar loyiha aholini ko’chirishni ko’zda tutsa, ijtimoiy madaniyati va demografik xususiyatlarni e’tiborga olishi zarur. Majburiy ko’chirish o’ziga xos ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. U ojizlik, begonalik tuyg’ularini tug’diradi hamda ijtimoiy birdamlik va guruh ishlab chiqarish potentsiali pasayishiga olib keladi.
Ko’chirish dasturlari uy joy bilan ta’minlash, tovon puli to’lash, ishga joylashtirish tadbirlari bilan bir qatorda, kishilarga ularning turmush darajalari yaxshilanishini kafolatlashi kerak.



Yüklə 60,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə