9 mavzu. Ijtimoiy tahlil


Loyiha va mahalliy madaniyat talablar



Yüklə 60,07 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü60,07 Kb.
#166730
1   2   3   4   5   6
9 мавзу. Ижтимоий таҳлил

9.3. Loyiha va mahalliy madaniyat talablar

Ko’p sonli aholiga ta’sir etuvchi loyihalar muvafaqqiyatli bo’lishi uchun ularning ko’pchiligi loyiha maqsadini tushinishlari va uni qo’llab-quvvatlashlari kerak. Shu tufayli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida mahalliy qadriyatlar tizimini, urf-odatlar, an’analar, aniqlangan ehtiyojlar va maqsadlarni hisobga olish zarur.


Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan samarali bo’lgan loyihalar mahalliy aholi uchun tushunarsiz yoki ular fikriga ko’ra, ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Oqibatda loyihalar mahalliy aholi tomonidan qo’llab-quvvatlanmaydi. Ijtimoiy tahlil mahalliy sharoitlarga asoslangan holda loyiha vazifalari va umumiy maqsadlarni mahalliy aholining individual maqsadlari bilan bog’lash yo’llarini ko’rsatib beradi.
Oilani rejalashtirish masalasida ham mahalliy madaniyatning o’ziga xos xususiyatlari loyiha maqsadiga yoki umumiy maqsadlarga erishishga ta’sir ko’rsatadi.
Loyiha natijalari odamlarning loyiha va undan keladigan foyda o’rtasidagi bog’liqlikni qanchalik tushunishiga bog’liq bo’lgan yana bir soha- sog’liqni saqlash sohasidir.
O’zbekistonda 2009 yildan boshlab qishloq qurilish banki va qurilish smeta institutlari hamkorlikda har bir viloyatni tabiiy-iqlimiy sharoitini va milliy urf-odatlarni hisobga olib uy-joy qura boshladi. Bu loyiha ijtimoiy loyihalar guruhiga kiradi. Qishloq aholisining ijtimoiy xususiyatlarini to’laqonli hisobga olish loyihaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.


9.4. Loyihalardan manfaatdorlikni ta’minlash masalalari

Loyiha muvaffaqiyatining yana bir shartining maqsad guruhining loyihada manfaatdorligini, uni qo’llab-quvvatlash va ishtirokini ta’minlashdir. Bu loyihani samarali ekspluatatsiya qilish garovidir. Kishilar o’zgarishlar qilish uchun tavakkalchilikka borishlari va loyiha maqsadlariga erishishlari uchun qilgan kuch-g’ayratlari o’zini oqlashiga ishonch hosil qilishlari kerak. Loyihada ishtirok etish barcha bosqichlarda va shakllarda bo’lishi mumkin, jumladan:


1. Investitsiyalarni tanlash va rejalashtirish borasida maslahat.
2. Ishchi kuchi bilan ishtirok etish.
3. Moddiy va pul resurslari bilan ishtirok etish.
4. Loyiha bajarilishini kuzatib borish va hokazo.
Mahalliy aholining loyihada ishtirok etishi loyiha rahbarlariga jami xarajatlarni o’zgartirmagan holda ko’proq sonli aholiga loyihadan manfaat etkazish imkonini beradi. Qaror qabul qilingunga qadar mahalliy aholidan maslahat olish loyihalarga ko’rsatiladigan qarshilikni minimallashtirish, undan keladigan manfaatni ko’paytirish, xizmat muddatini uzaytirish imkonini yaratadi. Masalan, fermerlar qishloq xo’jaligi xodimlari ishlab chiqarish texnologiyalari bozorlarining holati, loyihaning mumkin bo’lgan ekologik oqibatlari to’g’risida muhim axborot manbai hisoblanadilar. Suv inshootlari qurish va qishloq xo’jaligiga tegishli boshqa loyihalarda bu axborotlar juda muhim rol o’ynaydi.
Mahalliy aholining loyihada ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish strategiyasi muvaffaqiyati aholining uyushmalarga birlasha olish qobiliyatiga bog’liq. Bu uyushmalar orqali ular o’z manfaatlarini aniqlaydilar va himoya qiladilar. Tashkiliy va texnik imkoniyatlar tajriba orttirish bilan kengaytirib boriladi. Ammo loyihani ekspluatatsiya qilish boshlangunga qadar mahalliy aholini o’qitib, bu jarayonlarga tayyorlash ko’proq samara beradi (O’zDeuAvto loyihasida bo’lgani kabi).
Mahalliy institutsional tizimlarni yaratish uchun vaqt talab qilinishi sababi ko’p loyihalarda ilgarida mavjud bo’lgan tashkilotlarga tayaniladi. Ammo bu tashkilotlarga yangi vazifalar yuklatilganda ular oldindan bajarib kelgan vazifalarni keskin emas, balki asta-sekin kengaytirib borishi kerak.
Mavjud mahalliy tashkilotlardan foydalanish o’z afzalliklariga ega bo’lsa-da, bu yangi tashkilotlar muvaffaqiyatsiz ishlashini anglatmaydi. Yangi tashkilotlar faoliyatining muvaffaqiyati boshqa omillar qatorida yangi guruh mavjud ehtiyojlarni lozim darajada qondira olishiga, xodimlarning tayyorgarligi darajasiga, muddatlarning realligiga ham bog’liq.



Yüklə 60,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə