9 mavzu. Ijtimoiy tahlil



Yüklə 60,07 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü60,07 Kb.
#166730
1   2   3   4   5   6
9 мавзу. Ижтимоий таҳлил

Qisqacha xulosalar

Loyihaning u yoki bu varianti aholining loyiha bilan bog’liq bo’lgan guruhi manfaati nuqtai nazaridan talabga javob berish yoki bermasligini aniqlash ijtimoiy tahlilning vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy tahlil aholi tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan loyiha strategiyasini belgilaydi. Bu tahlil loyiha tahlilining boshqa turlari bilan birga o’tkaziladi.


Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichida maqsad, aholi guruhi, ularning demografik va madaniy tavsiflari o’rganiladi. Loyihani rejalashtirish jarayonlariga mahalliy aholini jalb etish, ularning o’ziga xos qarashlari hisobga olinishini ta’minlash loyiha muvaffaqiyatining muhim shartlaridan biridir. Loyiha muvaffaqiyati shartlaridan yana biri aholining qay shakllarda uyushganligini, ular o’rtasidagi munosabatlar tizimini hisobga olishdir.
Mahalliy aholi loyihalarda quyidagi shakllarda ishtirok etadi:
- investitsiyalarni tanlash va rivojlantirish borasida maslahat;
- ishchi kuchi bilan ishtirok etish;
- moddiy va pul resurslari bilan ishtirok etish;
- loyiha bajarilishini kuzatib borish va hokazo.
Mahalliy aholining loyihalarda ishtirok etishi loyihadan manfaat ko’ruvchilar safini kengaytirish, ya’ni uning samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Loyihalarda xotin-qizlar roliga katta e’tibor berish zarur, chunki ayollar jami aholining kamida yarmini tashkil etadilar. Buning uchun loyihada xotin-qizlar ishtirokiga to’sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilish choralarini ko’rish lozim. Ayniqsa, engil sanoatdagi kabi xodimlarining katta qismi xotin-qizlar bo’lgan tarmoqlardagi loyihalar uchun bu o’ta zarur.
Loyiha tahlilida sotsiolog, antropolog kabi mutaxassislar ishtirok etishi ijtimoiy tahlil sifatli bo’lishi, loyihadagi turli ziddiyatlarning oldi olinishini ta’minlashi mumkin.


Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Ijtimoiy tahlilning vazifasi va ahamiyatini tushuntirib bering.


2. Ijtimoiy tahlilning to’rt asosiy sohasiga (vazifalariga) izoh bering.
3. Mahalliy aholi madaniy xususiyatlari e’tiborga olinmasligining loyiha uchun salbiy oqibatlari nimalarda ko’rinadi?
4. Aholining demografik xususiyatlari va loyiha samarasi o’zaro qanday bog’langan?
5. Nima uchun mahalliy aholi axborot manbai hisoblanadi?
6. Xotin-qizlarning loyihalar muvaffaqiyatidagi rolini tushuntirib bering.
7. Investitsiyalarni tanlash va rejalashtirish borasida tushuntirib bering.
8. Ishchi kuchi bilan ishtirok etishni tushuntirib bering.
9. Moddiy va pul resurslari bilan ishtirok etishni tushuntirib bering.
10. Loyiha bajarilishini kuzatib borish haqida nima deya olasiz?



Yüklə 60,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə