9 mavzu. Ijtimoiy tahlil


Ijtimoiy loyihalarda xotin-qizlarning roli



Yüklə 60,07 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü60,07 Kb.
#166730
1   2   3   4   5   6
9 мавзу. Ижтимоий таҳлил

9.5.Ijtimoiy loyihalarda xotin-qizlarning roli

O’zbekistonda xotin–qizlarning iqtisodiyotda va jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuqori darajaga etkazish uchun davlat darajasida e’tibor qilinadi. Shu sababli loyihalarni barcha bosqichlarida xotin-qizlar masalasiga doimo baho berilishi kerak.


Ko’pincha loyihalar muhokama etilayotganda butun dunyoda xotin-qizlar aholining yarmidan ko’pchiligini tashkil etishi e’tibordan chetda qoladi. Loyihalarda ishtirok etish va ulardan manfaat ko’rishda, jinslar o’rtasida farq borligi, ayollarning iqtisodiy manfaatlari loyihalarda hisobga olinishi shart, chunki bu loyiha muvaffaqiyati garovlaridan biridir. Ko’proq ayollar mehnatiga tayanadigan engil sanoat korxonalari loyihalarida bu alohida ahamiyat kasb etadi. Ayollar dunyo buyicha qishloq xo’jaligida ishchi kuchining 50%dan 80%gacha qismini tashkil etadi.
Oilalarda qishloq xo’jaligida band ayollar soni erkaklarnikidan ko’p. Ular ish kunining uzoqligi erkaklarniki bilan bir xil. Oiladagi ishlarning katta qismi ular zimmasida. Shu sababli qiz bolalar ta’limi uchun qilingan sarflar eng yaxshi kapital qo’yilma bo’lishi mumkin. Chunki ayollar ma’lumotining yaxshilanishi sog’liqni saqlash, ovqatlanish, bolalar sog’lig’ini yaxshilanishi hamda bolalar o’limining, tug’ilish sur’atlarning pasayishiga olib keladi. Rivojlantirish jarayonlarida ayollar ishtirokini kengaytirish uchun loyihani ishlab chiquvchilar aholi o’rtasida ayollarning loyihada ishtirok etishiga hamda undan manfaat ko’rishiga madaniy, huquqiy, jismoniy, moliyaviy to’siqlar bor-yo’qligini aniqlash kerak. Bunday tadqiqotlar o’tkazishda mamlakat hududlari o’rtasidagi farq e’tiborga olinishi lozim.


9.6. Ijtimoiy tahlilda mutaxassislar masalasi

Loyihalarning yaratilishi bosqichidan samarali amalga oshirilishi bosqichigacha uning muvaffaqiyati birinchi galda loyihada ishtirok etayotgan mutaxassislarning darajasiga bog’liq.


Ijtimoiy muammolar loyiha davrining turli bosqichlarida yuzaga chiqadi. Loyiha nafaqat salbiy oqibatlarning oldini olish uchun, shuningdek, ijtimoiy o’zgarishlarni boshlash maqsadida kishilar kuch-g’ayratlarini safarbar etishi uchun ham aholi urf-odatlari, an’analariga moslangan bo’lishi kerak. Ko’pgina ijtimoiy muammolarni aniqlab, mohiyatiga etishning o’ziyoq ularning loyihaga salbiy ta’sirini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Professional tayyorgarlik va ijtimoiy tahlil tajribasi potentsial ijtimoiy muammolarni aniqlash uchun o’ta zarur. Shu sababli loyiha tahlilida sotsiolog, antropolog kabi mutaxassislar ishtirokini ta’minlash kerak. Turli qishloq xo’jaligi muassasalarining chorvachilik bo’limlarida chorva bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar bo’lgani holda chorvani etishtirish (chorvadorlar) bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning yo’qligi ko’pgina mamlakatlarda chorvachilik loyihalari samaradorligining pastligi sabablaridan biridir.
Loyihani samarali ishlab chiqish va amalga oshirish quyidan mahalliy aholi ishtiroki va yuqoridan hukumat tomonidan rahbarlik qilinishini talab etadi. Muvaffaqqiyatli va iqtisodiy samarali loyihalar kishilarni o’zlarining bir yoki bir necha maqsadlariga erishish yo’lida safarbar etadi va ularni o’z kuchlariga tayanishga o’rgatadi. Rivojlantirish loyihalarida ko’pincha bir-biriga zid keluvchi va o’zaro bog’langan bu ikki shart bir vaqtda bajarilishi kerak. Ijtimoiy tahlil ular o’rtasida muhim bog’lovchi bo’g’in sifatida xizmat qiladi.
Ijtimoiy tahlil boshqa loyihalar tajribasiga, mutaxassislar tajribasi va malakasiga tayangan holda kishilarning ehtimol bo’lgan xatti-harakatlarini ob’ektiv baholash orqali loyihalarni ishlab chiqishni takomillashtirish va amalga oshirishga yordam beradi.

Yüklə 60,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə