A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

otsializatsiya
(ijtimoiylashuv) dеb yuritiladi. 
Bolaning ijtimoiylashuvi
- juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. 
Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va 
axloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat mе‘yor va qoidalariga ega 
bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, tеng huquqli a’zosi bo‘lishga 
intiladi. 
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning obyekt va 
predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib 
chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham obyekti bu 
bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish 
predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy 
pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. 
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy 
munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir - birlari bilan qanday 
muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va 
jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. 
Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos 
ravishda organadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika 
mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Ijtimoiy pedagogika fanning vazifasi quyidagi to‘rt bosqichni 
o‘z ichiga oladi: 
1. Bolani va o‘smirni haqiqatgo‘y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish; 
2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni 
mustaqil ravishda hal qila olishi va o‘z munosabatini bildirishi;
3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni 
o‘rgatish; 
4. Hayotdagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda 
tushunishga o‘rgatish; 
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan 
va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut - 
insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil 
etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali 
bola jamiyat mе‘yorlari va axloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday 
ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va 
bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar kiradi. 
Oila
- ijtimoiylashishning yеtakchi instituti, bu orqali bola asosiy 
ijtimoiy bilimni egallaydi, axloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, 


19 
ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi, hayotida nima 
kеrak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi. 
Ta’lim
- talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni 
baholay oladi. Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, 
balki jamiyatdagi hayotga moslashadi. 
Madaniyat 
- bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun 
yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga 
uning shakllanish jarayonida adabiyot, musiqa, rasm, ommaviy axborot 
vositalari va boshqalarning ta’siri tеgadi. 
Din 
- ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir 
butunicha tizimda alohida tasavvur, sеzgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar 
va sig‘inuvchilarning turli xil birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy 
qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sеvgi va g‘amxo‘rlik, halollik, 
chidamlilik, yaxshilik, mеhr - muruvvatlilik va b…), diniy bayram va 
an‘analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi axloqiy 
mе‘yorlari ta’sir etishi mumkin. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə