A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi 


40 
yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini 
o‘zlashtirishga yordam berdi. 
“Avesto” va jamiyatning ijtimoiy hayoti eramizdan oldingi 
minginchi yillarning o‘talarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan 
qahramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar, rivoyatlar aytilgan 
bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ga 
kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Avesto» eramizdan avvalgi VII 
asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bqlib, to‘liq kitob 
holida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan. «Avesto»ni qadimgi 
davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlari to‘plangan 
dastlabki pedagogik asar deb hisoblash mumkin. Shuningdek, 
tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini ta’kidlash bilan birga falsafa, 
siyosat, ta’lim - tarbiya adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar 
sifatida ta’riflaydilar. 
Manbalarda «Avesto»ning kitob holidagi matni eramizdan oldin, 
12 ming oshlangan mol terisiga oltin har flar bilan bitilgani keltiriladi 
Zardushtiylik ta’limoti aks etgan Zardushtning «Avesto» kitobi bizgacha 
2 - nusxada yetib kelgan. 
Birinchisi - duolar to‘plamidan iborat bo‘lib, «Vendidat - sede», ya’ni 
«Pok Vendidat» deb ataladi . Bu kitobga «Yasna»lar, «Vispered» ham 
kiritilib, yaxlit tarzda shakllangan. Ikkinchisiga birinchisidagi kabi 
«Vendidat», «Yasna», «Vispered»lar qatori ularning izohli tarjimasi 
«Zand» (sharx ma’nosida) kiritilgan. Shuning uchun ham sharxli nusxasi 
«Avesta va Zend» yoki «Zend Avesta» deb yuritiladi. 
Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali butun 
yaxshilik va yomonlik dunyosi tushuniladi. Taqvodor chorvador odil, 
oqil va hurmatga sazovor bo‘lsa, katta podaga ega bo‘ladi. Chorvadorlar 
nazdida ko‘chmanchilar dushman sanaladi. Chunki ular odamlarni 
talaydi, molini haydab ketadi. Bular xloqsiz maxluqlarga o‘xshatiladi, 
ular azob - uqubatga loyiq, chunki ser hosil yaylovlarni yakson etadilar, 
yaxshilik homiylariga hujum qiladilar. Demak, bulardan ko‘rinib 
turibdiki, shaxsning axloqiy xislatlari birinchi o‘ringa qo‘yiladi. 
Zardushtning asosiy yo‘riqlaridan biri ham 
Axuramazdaning 
ko‘makchisi sifatida inson saxovatli bo‘lishi kerak, degan aqidadir. 
Garchi zardushtiylikda diniy rasm - rusmlarga rioya etish, Zardushtning 
barcha axloqiy yo‘l - yo‘riqlarini bajarish har bir kishining muqaddas 
burchi deb qaralsa ham, ayni paytda dunyoviy ishlar ham targ‘ib etiladi. 


41 
«Avesto»ning katta qismi bo‘lgan «Yasna»larda inson kamolini 
ko‘rsatuvchi axloq - odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata) -
yaxshi fikr, xukta (gukta) - yaxshi so‘z va Xvarsha (Gvarshta) - yaxshi 
ishlarda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon - 
shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon - 
shavkat baxsh etaman» Zardusht ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi 
sanalgan. Usmir balog‘at yoshiga yetganda Zardusht qonunlari, axloqiy 
yo‘riqlari o‘rgatilgan. Usmirlarning xudojo‘y, mehnatkash, adolatli, uy - 
niyatlari, so‘zlari, ishlarida halollikka alohida e’tibor berilgan. 
Zardushtiylikning axloqiy yo‘riqlariga binoan insonning o‘z 
burchini his etishining eng birinchi belgisi ma’naviy poklik hisoblangan. 
Bunda ayniqsa, ayollarga, jumladan homilador ayollarga g‘amxo‘rlik 
qilish asosiy insoniy burch hisoblangan. Tozalikka rioya qilish - 
insonning o‘z tozaligiga rioya qilishi, kanallar, ko‘llar, suv havzalarining 
tozaligiga alohida e’tibor berilgan. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda 
rostgo‘ylik, qaqiqat, demokratiya, o‘z huquqini bilish va talab etish 
doimo muqim ijtimoiy masalalarning biri bo‘lib kelgan. Shu manoda 
“Avesto”dek nodir yodgorlik ayniqsa ijtimoiy - pedagogik masalalarni 
tarixiy nuqtai nazardan yoritganligi bilan aloqida aqamiyat kasb etadi. 
Yunon tarixchisi Gerodotning ta’kidlashicha Markaziy Osiyoda 
qaqiqatga, tartibga siq’inish zardushtiylik dini shakllangunga qadar qam 
mavjud bo‘lgan, haqiqatga sajda qilish - do‘stga bo‘yin egish bu buyuk 
qonun hisoblangan. Bu marosimlarda yigitlar qilichlar bilan qo‘llaridan 
qon chiqazib, do‘stga sodiq qolish uchun qasamyod qilganlar. 
Shuningdek, “Avesto” da jamiyat bir butun ijtimoiy tuzum sifatida 
tasvirlanadi. Bunda davlat muassasalari bilan birga jamoat tashkilotlari 
bahamjihat faoliyat ko‘rsatishlari kerakligi ta’kidlanadi. Ijtimoiy 
hayotda jamiyatni boshqarish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Jamiyatni boshqarish uchun Ilohiy Nizom va Odil Nizom zarurligi 
aytilib, davlat mahkamalari va jamiyat tashkilotlaridagi barcha 
yo‘nalishlar shu Nizomlar doirasida faoliyat ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. 
Ilohiy Nizom talablari “Avesto” ning “Vendidod” va “Xot” qismlarida 
bayon etilgan. Ilohiy Nizomga ko‘ra odam faoliyatining barcha 
yo‘nalishlari ezgulik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi shart. Podshoh va 
vazirlar muhim, davlat ahamiyatiga molik ishlar bilan band bo‘lganlar. 
Mahalliy o‘z - o‘zini boshqarish mahkamalari samarali ishlashi uchun 
unga yordam berganlar, ammo ularning ichki ishlariga huda - behudaga 
aralashmaganlar. Bu hol mahalliy mahkamalar va “erkaklar uylari” kabi 


42 
(hozirgi choyxonalar) jamoat muassasalari ma’suliyatini oshirishga 
imkon tug‘dirgan. Har bir odamning fe’l - atvori, hatti - harakati, butun 
faoliyati jamoatchilik nazorati ostida bo‘lib, ularning musbat va manfiy 
jihatlari belgilashning aniq mezonlari bo‘lgan. Atrof - muhit tozaligi va 
jamoat joylari pokizaligini maxsus kishilar nazorat qilib borganlar. 
Kimda kim tozalik va ozodalikka rioya qilmasalar, ularni avvalo tartibga 
chaqirgan, qilgan ishlari uchun javobgarlikka tortilgan. Daraxtning bir 
shoxini sindirgan ham, nopok ko‘zani hovuzga solgan ham 25 qamchi 
kaltak bilan jazolangan. Er - xotinning bir - biri bilan kelisha olmasligi, 
kelinning qaynonaga yoqmasligi, fitna, bo‘xton, chaqimchilik tufayli 
oilalarning buzilib ketishiga mahalla ko‘y va jamoatchilik sira yo‘l 
qo‘ymagan. Zinokorlik qattiq qoralangan. Zinokor 14 ta ariqqa ko‘prik 
solib berish bilan o‘z gunohlarini yuvishi mumkin bo‘lgan. Har bir 
sog‘lom inson diniy talab va Nizomni bekamu - ko‘st bajarish bilan birga 
ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishi shart bo‘lgan. Gunoh ish 
qilganlar jamoatchilik nafrati metodi bilan jazolangan. 
“Avesto” da shu kabi ko‘plab ijtimoiy pedagogik muammolar o‘z 
ifodasini topgan. Jamiyat manfaati yo‘lida o‘zidagi barcha bilim, 
qobiliyat va iste’dodini baxshida etishga tayyor turgan yetuk insonlar, 
uddaburon yoshlar, fidoiylar bo‘lmasa, O‘zbekistonni dunyodagi eng 
ilg‘or davlatlar safiga qo‘shish qiyin kechadi. 
Yoshlarni tarbiyalashda birinchi galda Sharq va G‘arb 
mutafakkirlarining ma’naviy va madaniy meroslari katta ahamiyat kasb 
etadi. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Axmad Yassaviy, 
Bahouddin Naqshband, Ismoil Al Buxoriy, Abu Abu Ibn Sino, Al - 
Xorazmiy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari alloma va 
mutafakkirlarimizning shuningdek G‘arb allomalarining ham ijtimoiy -
siyosiy va falsafiy ta’limotlariga tayanib ish ko‘rilsa tarbiya 
ta’sirchanligi yanada samarali kechadi. Ular ijtimoiy hayotimizning 
barcha jabhalariga doir o‘z qarashlarini bildirib o‘tganlar. Aynan 
“Ijtimoiy pedagogika” degan atamani o‘z ijodlariga foydalanmagan 
bo‘lsalarda, ijtimoiy hayotimizning, atrof - muhitning insonlarga, 
ularning ma’naviy dunyosiga ta’sirini atroflicha yoritib berganlar. 
So‘nggi paytlarda respublikamiz olimlari xalq pedagogikasining 
manbalari doirasini kengaytirishni taklif qilishmoqda. “Evropa 
pedagogikasida tarbiya uchun zarur bo‘lgan umuminsoniy xislatlarning 
mavjudligini tan olgan holda. Yan Amos Komenskiy, Ushinskiy, 
Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e’tibordan chetda 


43 
qoldirmay, bizda ham boshqa xalqlarda bo‘lgani kabi Beruniy, Forobiy, 
Imom al - Buxoriy, At - Termiziy, Navoiy, Avloniy, Behbudiy, 
Munavvarqori kabi mashhur mutaffakkirlar borligini unutmasligimiz 
lozim. Bizning yoshlar ko‘p yillar mobaynida ulardan, buyuk merosdan 
bebahra bo‘lishganligi esa achinarli holdir”. 
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o‘tilgan shaxslarning 
barchasi Beruniy, Farobiy va Navoiylardan tashqari bevosita islomga 
aloqador bo‘lishgan. Imom Buhoriy (810 - 870) islom olamida mashhur 
hadisshunoslik olim hisoblanadi. 60.0000 hadis ichidan 7400 sahih 
hadisni tanlab olib, u “Al - Jome’ Sahih” kitobini yozgan, bu asar 
Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi muqaddas kitob hisoblanadi. 
At - Termiziy - eng yirik musulmon olimlaridan biri, 80 tadan ko‘p islom 
tarixi, ta’limoti, so‘fiylik nazariyasiga bag‘ishlangan asarlar yozgan. 
Uning “SHamoyili Muhammadiya” (Muhammad hayoti) asari barcha 
diniy o‘quv yurtlarida darslik hisoblanadi. Bu yerda gap diniy manbalar 
avvalambor hadislarni xalq boyligiga aylantirish haqida ketmoqda. Gap 
shundaki, aksariyat real hodisa va voqealar islomning paydo bo‘lish 
davriga tegishli, biroq ularning katta qismi islomning keyingi rivojiga 
bog‘liq. Hadislarning obro‘si bilan islomda shakllanayotgan yangi 
tamoyillar, diniy, huquqiy, maishiy va ma’muriy amaliyotning barcha 
sohalari yoritilgan. Hadis shaklida islomga madaniy va g‘oyaviy 
merosning ko‘pgina turlari kirdi. Biroq hadislar Qur’on va islomdan 
tashqarida mavjud bo‘lmaydi. 
Islom monoteistik din, ya’ni uning mazmuni yagona xudo -
Allohga iymon keltirishdir. Bu dinning asoschisi Muhammad (sav) 
hisoblanib (570 - 632) u ushbu dinning payg‘ambari hisoblanadi. 
Musulmonlar o‘limdan keyingi hayotga ishonishadi. Ularning muqaddas 
kitobi Qur’ondir. 
Qur’on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur’on 
yagona kitob shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo‘q 
qilingan. Qur’on 114 suradan iborat. Oddiy musulmon Qur’onning 
murakkab suralarini faqatgina tafsirlar orqali tushunishi mumkin. Eng 
mashhur tafsirlar At - Tabariy, Zamahshariy, Baydoviy, Fahriddin, ar - 
Roziy, al - Qurtubiyga tegishli. Natijada sunna - Qur’onni mazmunini 
tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila a’zolari, qabila a’zolari 
orasidagi munosabatlarini tartibga keltirgan, yozilmagan axloqiy 
qoidalar sifatida ham qo‘llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni 
yig‘ish, ularni ajratishga ko‘p olimlar o‘z umrlarini bag‘ishlaganlar.


44 
Islomga muvofiq Qur’on barcha musulmonlar bo‘ysunishlari 
lozim bo‘lgan muqaddas kitobdir. 
Muhammad (sav) va sahobalarning hayotidagi hatto ahamiyatsiz 
oilaviy sunnalar ham ilohiylashtirilgan va insonlarning eng katta xohishi 
payg‘ambarga O‘xshashga harakat qilish bulgan. Bu o‘xshashlik nafaqat 
milliy tamoyillarni qabul qilish balki marosimlar, odatlarni ham qamrab 
olgan. Qur’on aslida ijtimoiy - huquqiy qoidalar yig‘indisi hisoblanadi. 
Qur’on nafaqat sharqda balki yevropada ham nihoyatda e’zozlanadi. VII 
asrning o‘zidayoq islom inson hayotining barcha jabhalarini qamrab 
oluvchi insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e’lon qildi. 
Shariatning huquqiy qadriyatlari ijtimoiy xarakterga ega va quyidagi 
tamoyillarga asoslangan odil jamiyatni ifodalaydi: 
• jamiyatning barcha a’zolarini irqi, tili va diniy mansubligidan qat’iy 
nazar tengligi; 
• jamiyat barcha a’zolarining teng mas’uliyatga egaliklari, chunki ular 
bitta manbadan kelib chiqishadi; 
• Inson hayoti va erkinligi tengligi; 
• Oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o‘z himoyasiga oladi va unga 
g‘amxo‘rlik qiladi; 
• Boshqaruvchi va boshqariluvchilarining tengligi; 
• Yagona Alloh barcha narsaning egasi va u tomonidan yaratilganlar 
uning barcha yaratishlariga hadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o‘z 
bo‘lagini olishga haqli; 
• Xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar 
xalq bilan maslahatlashib hal qilinishi lozim; 
• O‘zining dunyoviy ishlari uchun har kishi jamiyat oldida javob beradi. 
Inson va ma’naviy hayotga tegishli ishlari uchun esa faqatgina Alloh 
oldida; 
• Jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lmish inson, ma’n e’tilganlarni sodir 
etayotgan shaxsga qarshi da’vo qilishi mumkin va sh.k. 
Islom hadislarda bayon etilgan eng muhim inson huquqlari sifatida 
quyidagilarni kafolatlaydi. 
• Yashash huquqi, o‘limdan so‘ng esa janoza o‘qilishiga “Agar 
birortangiz birodarini kafanlasa, uni hurmat va mehr bilan qiling”, 
“O‘liklarni urishmang, ular o‘tmishlarini tugatishdi”. 
• Erkinlik huquqi “siz qachon odamlarni qulga aylantirdingiz. Axir ular 
ozod tug‘ilishgan edi - ku?” 


45 
• Tenglik huquqi. “arab boshqalardan, boshqalar esa arabdan ustun 
emaslar, qora sariqdan, sariq esa qoradan ustun emas. Ustunlikka 
sazovor bo‘lgan inson ustundur” 
• Adolat huquqi Islom dini besh asosga tayanadi: 
• Iymon - Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad (sav) uning rasuli. 
• Solat - musulmon kunida besh mahal bajaradigan ibodat (namoz). 
• Zakot - rahmdillik. Beruvchi insonning munosabati, u berayotgan 
miqdordan muhimroqdir. 
• Ro‘za, ramazon musulmonlar uchun muqaddas oy, chunki aynan shu 
oyda Muhammad (sav) payg‘ambar bo‘lgan. 
• Haj - har bir imkoni bor musulmon Makkaga haj safari uyushtirishi 
lozim. 
Tarbiyaviy vositaga ega bo‘lgan Qur’on oyatlari muhim ahamiyatga ega. 
Ularda ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabat haqida bolalarni 
tarbiyalayotgan ota - ona nimaga intilishi haqida, shuningdek ular 
yetmoqchi bo‘lgan maqsadlar ham aniq belgilab qo‘yilgan. 
Qur’on musulmonlar hayotining mazmuni va maqsadi haqidagi 
qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatgan va uning g‘oyalari musulmon 
halqlarining madaniyatidan chuqur joy olganlar hamda xalq 
pedagogikasi manbalari - maqol, rivoyat, ertaklar va boshqalarga har 
tomonlama ta’sir ko‘rsatgan. 
O‘sib kelayotgan avlodning tarbiyasi va ijtimoiy jarayonlarga 
moslashuvida bilim, unga munosabat masalasi doimiy muammo 
hisoblanadi. Bu muammo zamonaviy sharoitda yanada keskin ko‘rinish 
kasb etmoqda. Bir tomondan iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan 
jarayonlar shunga olib keldiki, bilimsiz odamlar katta pul topadigan 
bo‘lishdi. Ularning topganlari bilan ziyolilarning maoshini tenglashtirib 
bo‘lmaydi. Buning hammasi yoshlarda bilim olishga qiziqish 
pasayishiga sabab bo‘ldi. Ularga bilim olish moddiy va ma’naviy 
muvaffaqiyat garovi bo‘lib tuyulmayapti. Boshqa tomondan esa bozor 
munosabatlari va unga bog‘liq bo‘lgan texnikaning doimiy yangilanishi, 
korxonalar orasidagi raqobat, ishsizlik yoshlardan faqat chuqur bilimlar 
balki ularning doimiy yangilanishini ham talab qiladi. 
Yoshlarning bilim olishida Qur’on suyang‘ich bo‘lishi mumkin. 
Ma’lumki, Qur’onda “ilm” so‘zi 750 marta uchraydi. Agar Qur’on 
780.000 so‘zdan iboratligini inobatga olsak, “ilm” so‘zi muqaddas 
kitobning 1/104 qismini tashkil qilishi ma’lum bo‘ladi. 


46 
Qur’on inson bilimlarini ikkiga ajratadi - diniy va dunyoviy. Diniy 
bilimlar dunyo asoslarini, dunyo yaratilishini bilish. Bilimning bu turi 
inson yetishishi mumkin bo‘lgan eng oliy cho‘qqidir. Bu masalaga qisqa 
to‘xtalib o‘tsak. Qur’onda bir inson ega bo‘lgan dunyoviy bilim haqidagi 
oyatlarni uchratamiz. U badanning uch a’zosi ko‘z, quloq va yurak bilan 
qo‘lga kiritildi. 
Endi esa Qur’on qoidalari hadislarida o‘z rivojini topishini ko‘rib 
chiqamiz. F.Rouzental to‘liq hajmda Imom Buxoriyning “as - Sahih” 
asarini tahlil qilib chiqqan va ularda bilimlarga tegishli quyidagi 
g‘oyalarni topgan: 
- bilim talab qilish jannatga yo‘l ochadi; 
- bilim faqatgina o‘qish orqali qo‘lga kiritiladi; 
- inson rahbar bo‘lishidan oldin bilimli bo‘lishi kerak; 
- ayollarni o‘qitishga ruhsat berilgan; 
- ilm va olimlarning yo‘qolishi dunyoning oxiriga yetganini bildiradi. 
Boshqa mashhur hadis to‘plamlari ham islom uchun bilim va fanlar 
naqadar qadrli ekanligini bildiruvchi g‘oyalar uchraydi: 
• olimlar mo‘minlardan shunchalik ustunlarki, to‘liq oy qancha 
yulduzlardan ustun. 
• olimlar o‘zlaridan keyin pul emas, bilim qoldiruvchi vorislardir. 
Har bir alohida shaxsning ijtimoiylashtirish munosabati bilan 
Qur’onning hayot va inson mehnatiga nisbatan bo‘lgan munosabati 
haqidagi g‘oyalarining aloqasi bor. Uzoq yillar davomida daxriylar 
adabiyotlari Qur’on va shariat “mehnat ahamiyatini keskin kamsitishadi 
va jamiyatni isloh qilishga qaratilgan faol va bunyodkor faoliyatni inkor 
etishadi” “islomning hayotga nisbatan tashvish sifatidagi, mehnatni 
Alloh qarg‘ishida qolganga nisbatan bo‘lgan munosabati, shuningdek 
esa ruhoniylarning yaqinda qismat kuni kelishi nihoyatda reaksion diniy 
yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi deb ta’kidlashardi. 
Islomshunoslarning tadqiqotlari esa islomning inson hayoti va 
mehnatiga nisbatan umuman o‘zgacha munosabati dalolat bermoqda. 
Qur’on boyliklarni qoralaydi, biroq u barcha boylikni emas, balki xudo 
qismatni musulmonning farzlarini unutishga chorlovchi boylikni 
qoralaydi. Agar boylik din nuqtai nazaridan halol topilgan bo‘lsa va 
zakoti berilsa uni islom qonuniy hisoblaydi. Qur’on harakatsizlikni ham 
qoralaydi. U ham dunyoviy ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab 
chiqadi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə