A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan. 
Ijtimoiy 
pedagogikaning 
fan 
sifatida 
rivojlanishi 
ancha 
qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligi buyuk mutafak-
kirlarning ilmiy qarashlarida o‘z tasdig‘ini topgan. Ijtimoiy 
pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi - qadimgi 
davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Bu davrda 
faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va 
ijtimoiy 
nazariyalarning 
shakllanishi 
ro‘y 
bergan. 
Ijtimoiy 
pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida 
asta - sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli 
tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan. 
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, 
insoniyat 
tarixining 
ilk 
bosqichlarida 
ham 
ijtimoiylashtirish 
muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izohlanadi. Chunki ibtidoiy 
jamoada to‘plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g‘oyalar 
haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida 
insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo‘lgan. Dastlab 
tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga 
xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi odamlar, 
tarbiyachilar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham 
murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana 
boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft 
oilalarning oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, 
arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam 
ko‘rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning 
skeletlari asosida to‘la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik 
ma’lumotlarda paydo bo‘lish bilan ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ibtidoiy 
jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga 
qarab ajratish an’anasi bO‘lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda 
turli kasb - hunarlarga o‘rgatishgan. 
Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy - pedagogik 
tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga 
imkon beradi. 
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga 
zamin yarangan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining 
paydo bo‘lishi ijtimoiy - pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir 
ijtimoiy - pedagogik fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik 


33 
g‘oyalarning yozma manbalarda ko‘rsatilgan saqlanib qolish hodisasi 
bilan bog‘liqdir. 
Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g‘oyalar bir 
nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas 
kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda - Shukit, 
Hindistonda - Vedalar, Misrda - Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda - 
Avesto va boshqa). Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning 
O‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedogogik g‘oyalarni 
yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi. 
Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik 
davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shishgan. Xususan, 
Suqrot (mil. avv. 469 - 399 y) “o‘z - o‘zingni angla” degan shiorni ilgari 
surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi 
mumkinligini ta’kidlagan. 
Demokrit (mil. avv. 460 - 370 y) o‘z ta’limotida tarbiyada bola 
tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning 
fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak. 
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning 
o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning 
eng muhim vazifasi bo‘lgan. 
Arastu (mil.avv. 384 - 322 y) faylasuf, qomusiy olim. U antik 
duyoda tarbiyaning eng to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan 
farqli o‘laroq u inson tarbiyasida asosiy urg‘uni davlatga to‘liq 
bo‘ysundirishga emas, balki insonning o‘zini manfaatlariga qaratadi. 
shaxsning jamoat bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga 
tegishlidir. 
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42 - 118 y) notiqlik san’atining 
qadimgi yunon nazariyotchisi, pedagog. ilk pedagogik asar bo‘lmish 
“Notiqning tarbiyasi haqida” unga tegishli bo‘lib, unda tarbiyaning 
muhim g‘oyalari, ta’lim metodikasi bayon etilgan.Kvintilianning asosiy 
g‘oyalari - O‘z “men”ligini saqlab qolish, “o‘z ustidan” hukmronlikka 
erishish kabilarni tashkil etadi. 
Feodalizm davri tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari asketizm, 
dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish bo‘lgan. O‘sha davrning (VI 
- XII asrlar) ijtimoiy - pedagogik g‘oyasini yaratuvchilari o‘sib 
kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo‘lgan axloqiy qadriyatlar orasida 
hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam 
kabilar paydo bo‘ldi. 


34 
XV - XVI asrda avval Italiyada, so‘ngra yevropaning boshqa 
davlatlarida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo 
bo‘layotgan yangi toifa vakillariga, aksariyat ziyolilarga asketizmning 
tamoyillari begona edi. Yangi burjua madaniyati shakllana boshlaydi va 
uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta tiklash 
tushunchalar qo‘llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi 
madaniyat markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. 
Uning o‘zi ham qalban, ham jisman go‘zal bo‘lishi lozim. Faqatgina 
inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, faolligi, irodasi tufayli 
barcha qadriyatlar va o‘z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi. 
Asketizm(yunoncha) - tuyg‘u va istaklarni cheklash yoki bostirish, azob 
tortish, hayot ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy 
hislatlari, shaxsiyati, mashhurligida emasligi hisobga olingan. Shu bilan 
birga gumanistlar cherkovga qarshi ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular 
xudoni, olamni harakatga keltirgan va o‘shandan beri unga 
aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan. 
XIV - XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o‘zlari pedagog 
bo‘lishgan yoki pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm 
g‘oyasi pedagogikada xuddi ana shu davrlardan boshlab o‘rnasha 
boshlagan. Asl tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra doim go‘zallik haqida, 
uning kelajagi haqidagi g‘amxo‘rlikni bildirgan. Uyg‘onish davrida 
ijtimoiy gumanizm g‘oyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur 
italiyalik pedagog - gumanist Vittorino de Genotre (1378 - 1446) 
tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning 
yaratilishi bilan bog‘liq. Shuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda 
din, pedagogika va ijtimoiy - pedagogika bir - biriga uzviy ravishda 
rivojlangan. 
Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga 
qaratilgan. Diniy rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy 
o‘gitlar, insonlararo munosabatla, qavm - qarindoshlarga, bolalarga 
g‘amxo‘rlik haqida ko‘p gapirilgan. Bu asosda ko‘pgina avlodlar tarbiya 
topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida 
“nogiron bolalar” rahnamosi bo‘lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so‘rab, 
balki tibbiy, moddiy yordam so‘rab, adolatsizlikdan himoya so‘rab 
murojaat qilishgan. Butun dunyoda diniy tashkilotlarning boy ana’nalari 
mavjud. Masalan, yevropada antik davrlardan buyon ota - onasiz qolgan 
bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo‘yib ketishgan. Manbalarga 
ko‘ra ota - onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda 


35 
Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning 
tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi 
soborda ham paydo bo‘lgan. Uzoq vaqt u yevropada yagona bo‘lib 
tashkilot qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni 30 
tagacha 
ko‘paydi. 
Qizig‘i, 
endi 
unda 
faqat 
tarbiya 
bilan 
shug‘ullanishmagan, ularda amaliy ishlar ham olib borilgan: onalarga 
yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan, ularning tarbiyasini 
nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar tomonidan 
boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan 
asos solingan tarbiya uyi juda mashhur bo‘lgan. U uyni qirol Lyudovik 
XIV tomonidan moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan 
shug‘ullanuvchi organlar - yirik cherkov tashkilotlari ham tuzila 
boshlagan. 
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davr i- XVII - XIX asrlar 
ijtimoiy pedagogika eng ilg‘or g‘oyalar va ilmiy konsepslar bilan 
boyitilgan davr bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi. XVIII - XIX asrlar (burjua 
demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, faylasuf, sotsiolog, 
psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy - pedagogik 
muammolarni hal qilish g‘oyalarining paydo bo‘lishi davridir. Tarbiya 
masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog‘lana 
boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiy - pedagogikaning asosiy 
yo‘nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, 
yozuvchi, ma’rifatparvar J.J.Russo (1712 - 1778 y) ulkan hissa qo‘shgan. 
U tabiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan 
shakllangan tarbiya g‘oyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va 
pedagog M.V.Lomonosov (1711 - 1765 y) o‘z “reglamentlari”da 
tarbiyaning xalqparvar g‘oyalarini, insonga faol shaxsga bo‘lganidek 
yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon 
etgan. 
Yangi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar fransuz faylasufi va 
ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715 - 1771 y) ishlarida ham 
tilga olingan. Ular tarbiya omillari - muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy 
va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir. 
Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746 - 
1827 y) o‘z faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni 
birlashtirgan va o‘z mablag‘lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan. 


36 
XIX asr shunisi bilan xarakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy 
pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo‘lgan. Ikkinchi 
tomondan uning boshqa fanlar psixologiya, ijtimoiyogiya, tibbiyot, 
falsafa kabi fanlar yaqinlashuvi bilan ham ro‘y bergan. 
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo‘nalishlariga esa 
quyidagilar tegishli: 
1). Ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish - bu uning 
fan bo‘lishiga olib kelgan. Bu yo‘nalishga mafkurani ham kiritsa bo‘ladi. 
2). Ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap ijtimoiy 
pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida 
ketmoqda. 
3). Xayriya va o‘quv - tarbiya muassasalarining tuzilishi bo‘yicha 
ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning 
“yangi institut” konsepsiyalari). 
4). Ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va 
tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta 
yoshdagilar ham kiradi. Asosiysi ijtimoiy pedagogika o‘z faoliyatida 
davlat darajasiga chiqadi va o‘z sheriklari bilan birga talablarini qonuniy 
rasmiylashtirishga erishiladi. XIX asrning 60 - 70 yillarida Germaniya, 
Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratiladi. 
Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini uning 
eng asosiy vazifasi - bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. 
Biroq XVIII - XI X asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo‘lgan g‘oyalar bilan 
to‘ldiriladi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika g‘oyasi nazariyasi va 
amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy 
pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa muhim g‘oya tarbiya va 
ta’limning uzviy bog‘liqligini anglash bo‘ldi. 
Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik 
faoliyati bir qancha qiziqarli va sermahsul tajribalardan iborat. Nyu - 
Lenarkda “Inson xarakterini tuzishni yangi instituti”ni ishchilarning 
turmush darajasini yaxshilash uchun yaratib, u amaliyotda ishlab 
chiqarish ta’limini madaniyat bilan bog‘lab qo‘ydi. Jahonda ilk marta 
didaktik o‘yinlar o‘tkaziladigan, bolalarning jismoniy holati haqida 
g‘amxo‘rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan. 
Ingliz faylasufi Gebert Spenser (1820 - 1903 y) oilaning shaxs 
shakllanishidagi o‘rni haqidagi ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bilan 
to‘ldirilgan asarlar yaratgan. Bu maqsadlarga erishishi uchun u qiziq 


37 
usulni ilgari surgan Angliyaning davlat va siyosiy tuzilmasini oila va 
maktab tomonidan imitatsiyalashuvi. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy 
tarbiya tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta - sekin yoshlarni 
tarbiyalash, shuningdek ijtimoiy xulq - atvor normalarini buzuvchi 
shaxslarni qayta tarbiyalash kirgan. Industiryalashtirish qishloq 
aholisining shaharga ommaviy migratsiyasini keltirib chiqardi. 
Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat yevropa va Amerika 
mintaqalarining ijtimoiy madaniy jarayonlari bilan ham bog‘liq. Qishloq 
aholisining shaharga ko‘chib o‘tishlari g‘ayriaxloqiy xulq - atvor, 
jinoyatchilik, daydilikning ko‘payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQSHda 
holat nihoyatda og‘ir edi. Bu davlatga boshqa kam rivojlangan 
davlatlardan aholi ko‘chib kelishi bilan bog‘liq. Ayni vaziyatda cherkov 
rolining susayishi kuzatildi. U shu paytgacha axloqiy normalarning 
ana’naviy tashuvchisi bo‘lib kelgan. Biroq u jamiyatning yangi 
ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko‘pgina odamlar hayotida 
o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotdi. Shu bilan birga yevropada milliy 
davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi 
barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g‘oya va qadriyatlarning 
madaniylashuvini talab qilardi. Bu esa masalani yechish vositalarini 
topishni taq azo etardi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy 
pedagogika rivojiga aynan shu omil vosita bo‘ldi. Bu paytda esa nemis 
pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng 
qo‘llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi. 
Aynan shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida 
rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya 
tarixiga ilmiy - texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan 
ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi 
omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi 
rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga 
oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar - psixologiya, fiziologiya, 
anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. 
Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi 
uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga 
aylanadi. Aynan shu davrda pedalogiya - bolani har tomonlama 
o‘rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari 
E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf 
Shteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy 


38 
pedagogikani yangi g‘oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan 
pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854 - 1932 y) 
Germaniya, Jon Dyui (1859 - 1952 y) AQSH, Vilgelm Layni (1862 - 
1926 y) Germaniya ko‘rsatsa bo‘ladi. 
G.Kirshenshteynerning 
pedagogik 
nazariyasi 
maktablarni 
bolalarning sust qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga 
oshirishga, 
ijodga 
ko‘ra 
isloh 
qilish 
g‘oyasiga asoslanadi. 
Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy tamoyillari - 
bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat 
maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat 
manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir. 
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy 
qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. 
Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, 
ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga 
murojaat qilganidir. 
Vilgelm Lay “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson 
faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini 
o‘zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U 
tarbiyaning biologik tomonini - tug‘ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, 
ularning bolalar o‘yinlarida paydo bo‘lishini va ijtimoiylik 
tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko‘rsatgan. Hozirgacha turli davlat 
olimlari O‘rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari 
orasidagi o‘rni borasida - bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina 
yosh guruhlarini O‘rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning 
mustaqil bir sohasi bo‘lib qolaveradimi, degan masaladabahs - munazara 
davometmoqda. Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllan-
maganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi 
pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer 
(20 - 30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga 
yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb tushunishgan. 
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX 
asrning 20 - yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy 
pedagogik 
jamiyatning 
tarbiyaviy 
kuchlarining 
yaqinlashtirish 
muammosini xalqning madaniy va axloqiy darajasini ko‘tarish 
maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi 
davrning buyurtmasiga ko‘proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika 
inson hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini 


39 
tasdiqlagan. XX asrning 60 - yillarida ijtimoiy pedagogika 
huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya 
ishlari o‘tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida ta’rif 
etilaboshladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga 
chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga 
oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70 - yil Germaniyada 
oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. 
XX asrning 50 - yillariga kelib ijtimoiy pedagogika 
muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi 
tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola huquqlari 
deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda aloxida e’tibor 
yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali oilalar, kam ta’minlangan 
oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Bizning 
respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklanishi 
murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat ta’lim standartlari
mutaxassisliklar, 
darsliklar, 
o‘quv 
rejalari 
va 
dasturlarning 
yetishmasligi, ijtimoiy muxofazaning davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilishi chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida bo‘lish 
kerak. Chunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik 
tajriba mavjud. 
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni 
qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan bo‘lsa - da, ijtimoiy tarbiya, 
ijtimoiy faoliyat - ijtimoiy himoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega. 
Ilk diniy - falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go‘r o‘g‘li) 
manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan 
pedagogik qarashlarning aks etishini ko‘ramiz. Keyinchalik VI - VII 
asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi 
ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va 
jamiyat tarbiyasi tizimiga ta’sir kO‘rsatdi. Markaziy Osiyoning arab 
halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va qarashlarning erkin 
kurashi, o‘zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy 
barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga 
asoslangan yangi ijtimoiy - iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy 
hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab - 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə