A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
 
 
 
REJA: 
1. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti va predmeti. 
2. Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari. 
3. Ijtimoiy pedagogikaning kategoriyalari. 
4. Ijtimoy pedagogikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
5. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari 
 
Tayanch atamalar: 
sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi), psixologik - 
pеdagogik, sotsiologiya, ijtimoiy pedagogika, pedagogik sotsiologiya, 
jamiyat, sotsium, shaxs, ijtimoiy pеdagogikaga ehtiyoj, O‘zbеkistonda 
ijtimoiy pеdagogika fani paydo bo‘lishining shart - sharoitlari, amaliy 
ijtimoiy faoliyat. 
 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va ta’lim 
sohasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin 
yaratdi. Zotan, mustaqillik fikr - mulohazalarda ozod, o‘z haq - huquqini 
yaxshi taniydigan, izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona 
zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning har qanday ko‘rinishlarini 
o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, 
o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda 
ko‘radigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi.
Respublikamiz Sobiq Ittifoq tarkibida davrida uning ta’lim 
tizimi markazlashtirilgan, milliy mintaliteti e’tiborga olinmagan, o‘ta 
mafkuralashgan, zarur kasbiy yo‘naltirishga e’tibor berilmagan edi. 
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mavjud ta’lim sohasidagi ijobiy 
natijalarni saqlab qolish va o‘tmishdan qolgan merosning salbiy 
jihatlarini hamda o‘tish davri bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etish 
uchun bosqichma - bosqichlik asosida jiddiy choralar ko‘rish zarur edi. 

- MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIK 
FAOLIYAT PEDAGOGIKA FANI 
SOHASI SIFATIDA 
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti va predmeti 



Shu nuqtai nazardan muhtaram Prezidentimiz ta’lim - tarbiya masalasiga 
kuyunchaklik, diqqat, qat’iyat bilan yondashib, jamiyat rivojini dastlab 
ta’lim va tarbiya masalalariga bog‘liq ekanligini ham ilmiy - nazariy, 
ham amaliy jihatdan asoslab berdi. 
Mamlakatimizning birinchi rahbari Islom Karimov yosh avlod 
ta’lim - tarbiyasi haqida davlatning bosh islohatchilik roli to‘g‘risida 
to‘xtalar ekan, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga 
olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak malakali 
va Yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga 
tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak 
fuqarolarining 
madaniyati, 
ma’lumoti 
va 
ma’naviyati 
haqida 
g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur” ekanligini qayd etadi. 
Bugungi kunda mamlakatni yanada rivojlantirishga erishishi 
bilan bog‘liq voqeliklar taraqqiyotimizni belgilab olish jarayonida davlat 
tuzulmalari va institutlari bilan birga jamiyatni isloh qilish, uni 
boshqarish, 
rivojlantirish 
va 
milliy 
qadriyatlar 
asosida 
modernizatsiyalash zarurligini muhim vazifaga aylantridi. Bu esa o‘z - 
o‘zidan mazkur jarayonlarni tartibga solish, boshqarish yuzasidan 
siyosiy - huquqiy asoslarni yaratishni takomillashtirish va ushbu tizimni 
ijtimoiy - falsafiy jihatdan tatqiq etish orqali inson manfatlarini 
ta’minlashni uning huquq va erkinliklarini, osuda va farovon hayotini 
himoya qilishni, jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash ustivor vazifa 
sifatida namoyon bo‘lmoqda. 
Ijtimoiy pеdagogika fan sifatida pеdagogikadan ajralib chiqdi. 
Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pеdagogika fani tomonidan 
o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan 
tadqiq qilinadi. Pеdagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi ― 
ijtimoiy so‘zida namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy tushunchasi (lotincha socialis - umumiy, jamoatchilik) 
insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala 
va bir - biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi. Ijtimoiy 
pedagogika o‘z nomiga ko‘ra sotsium, ya’ni jamiyat bilan shug‘ullanadi. 
Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi 
deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. 
Ya’ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, 
shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg‘armalari, 
tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda 
tutiladi. Ijtimoiy “autsayderlar”, ya’ni qariyalar, nogironlar, yolg‘iz 



yashovchilar, iqtisodiy nochor ahvolda yashovchilar va xalqning shu 
kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy 
pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy 
ta’sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, 
mas’uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu 
jarayonda oila, maktab va boshqa o‘quv muassasalari yordamchilar 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium - 
jamiyat)ning 
asosiy 
vazifasi 
ijtimoiy 
tarbiya 
muammolarini 
o‘rganishdan iborat. Demakki, uning obyekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy 
jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning 
ta’siri 
qonuniyatlari, 
jumladan 
oilaning, 
birlashmalarning, 
jamg‘armalarning tarbiyaviy ta’siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy 
pedagogikaning predmeti
 
- bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir. 
Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og‘ir guruh”larga alohida e’tibor 
qaratadi. Bu guruhga taqdir taqozasi bilan og‘ir vaziyatlarga tushib 
qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, jinoyatchilar, 
qamoqda o‘tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruhlarga va man etilgan diniy 
sektalarga o‘zlari bilmagan holda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. 
Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni, ishlab 
chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o‘zaro munosabatlari, 
ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhiy 
kasallangan, ta’lim olishdagi muammolar, tarbiyasi og‘ir bolalar kabi 
muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi. Ijtimoiy hayotning 
turli jabhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik 
yordamga muhtojdirlar.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs - 
munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan 
inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida 
faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir - birini to‘ldirib kelishadi va 
voqelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatishadi. Demak, biz 
ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida 
o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko‘pgina 
boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib 
ham xizmat qilishi mumkin. 
O‘zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat 
bo‘lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq 
mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari 
mavjuddir. XIX asrda O‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator 



pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar 
uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy 
pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib 
qo‘shildi. Bu ish avvaliga inqilobgacha bo‘lgan davrda pedagogikadan 
voz kechish, so‘ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati 
bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish 
mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy - 
pedagogik faoliyatini o‘rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani 
sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX 
asrning 90 - yillarida ro‘y berdi. Uning qayta “tug‘ulishi” ijtimoiy 
pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda 
ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati 
tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat 
yuritishining yangi tamoyillari - bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan 
pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy 
holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy 
hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining 
kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab 
qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining 
tizimlashtirilmog‘ini bu ikki soha bir - biridan alohida ravishda 
rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida 
shakllanishiga ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini 
to‘liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas. 
Masalan, Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni 
tarbiyalash va o‘qitish nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi .
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika “barcha yosh 
guruhlar va ijtimoiy toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi 
pedagogikasi”dir. 
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan 
yutuqlarini birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy - tarbiya amaliyotida 
amalga oshiradi, deb hisoblaydi. 
I.Podlasiyning “Pedagogika darsligida quyidagicha ta’rif 
mavjud: “ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni 
shakllantirishga 
va 
ijtimoiy 
tarbiya 
muammolariga 
ta’siri 
qonuniyatlarini o‘rnatuvchi fan”. 
Yu.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va 
predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi blo‘lgan. 


10 
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash 
uchun “fan” tushunchasining o‘zi inson faoliyatining ob’ektiv bilimlarni 
tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini 
ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini O‘rganish 
“ijtimoiy pedagogika” atamasining o‘ziga e’tibor qaratishni talab qiladi. 
U ikki sohadan iborat bo‘lib, ularni bitta sohaga birlashtirib turadi. Bu 
birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning 
zamonaviy jarayonlariga bog‘liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va 
ixtisoslashuv jarayoni so‘nggi paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir 
ixtisoslashtirilgan sohalar - maktabgacha pedagogika, maktab 
pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb - hunar pedagogikasi, tarix 
pedagogikasi mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo‘lishdi. Ularning 
qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika singari ta’lim - tarbiya
jarayoni jarayoni va hodisalarini o‘rganadi dalolat beradi. Biroq ularni 
muayyan o‘ziga xos yo‘nalishlarda o‘rganadi. Bu fanning o‘ziga xos 
xususiyati “ ijtimoiy” so‘zida mujassamlashtiilgan. 
“Ijtimoiy” (lotinchada socialis - umumiy, ijtimoiy) tushunchasi 
ostida odamlarning shakllari, ular o‘zaro munosabatlarining turli 
shakllari bilan bog‘liq barcha narsa tushuniladi. Bu degani, agar 
pedagogika o‘sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan 
bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim - tarbiya jarayonlarida bolaning 
jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq hodisalarni aloxida ajratadi. 
Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani 
qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish - turish qoidalari) ijtimoiylashuv 
deyiladi. 
Shunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu 
fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak 
quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy 
pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari 
turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash 
qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani 
ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu 
ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay natijada ularning O‘ziga 
xos vazifalari tufayli uzoqlashishi ro‘y berdi. Umumiy pedagogikaning 
spetsifik vazifasi ta’lim - tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish 
ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi. 


11 
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy 
munosabatlarni o‘rganadi, insonlar bir - birlari bilan qanday muomalaga 
kirishishlarini, nimaga bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning 
boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy 
pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy 
vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Shu bilan birga o‘z rivojlanishida 
umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega 
bo‘ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va 
maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, bolalar 
uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar 
bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagoglar faoliyatning turli 
sohalari: 
ekologiya, 
badiiy 
ijod, 
sog‘lomlashtirish 
sohalarida 
ixtisoslashishadi. Ijtimoiy pedagogning kompleks xarakteri uning 
boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega 
bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy 
jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va hodisalarning to‘liq tasvirini 
tuzishga intilishda namoyon bo‘ladi. 
Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga 
tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali 
takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. 
Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti - harakatida 
ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yo‘l - 
yo‘riq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday 
vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yo‘llarini aniqlash, 
atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va 
maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq 
va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, 
o‘ziga ishonch hissini shakllantirish;
Insonparvarlik vazifasi - shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish 
uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy 
ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi 
munosabatlarni qattiqqo‘llik bilan emas, o‘zaro tushunish orqali hal 
qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, 
axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan 
xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda 


12 
ijtimoiy pedagogikaning vazifalari kengayib bormokda. Shunga kO‘ra 
bunday vazifalar qatoriga tarbiyaviy, ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy 
reabilatatsiya ishlarini ko‘rsatish mumkin.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv 
jarayoni, O‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifa - davlatning bolalarga g‘amxO‘rligi, ularning 
huquqiy himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga 
ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda 
asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. Shunday ekan, O‘zining 
pedagogik faoliyatida quyidagilarga o‘z e’tiborini qaratishi lozim:
- falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan 
chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab - quvvatlash;
- bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini 
o‘rganish;
- bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi 
ijtimoiy tarbiya holatini tahlil qilish;
- ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish, o‘zlashtirish, 
ommalashtirish; - u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z - o‘zini tarbiyalash, o‘z 
- o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga 
qaratishi ;
- bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga 
aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanish;
- ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, bu 
borada takliflarni kiritish; 
Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini 
o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida 
ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini 
ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pеdagogika sohasi. 
Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish 
maxsus kasb darajasiga ko‘tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” 
deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a’zolarini 
ijtimoiy muhofazalashga doir qator ishlar amalga oshirilishidan qat’iy 
nazar, u bilan shug‘ullanuvchi maxsus fan yo‘nalishi to‘liq 
shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a’zolarining bir - biriga insoniy 
munosabatda bo‘lishini taqozo etadi. Qadim zamonlarda bu faoliyatning 
diniy mas’ullik, saxiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo‘lgan. 


13 
“Ijtimoiy pedagogika”ning paydo bo‘lishi jamiyatning iqtisodiy, 
siyosiy va ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar bilan boq’liq. Chunki bu 
o‘zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida 
yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy 
shakllanish jarayonini ilmiy o‘rganishni talab etmoqda. An’anaviy 
pedagogika fani ta’lim muassasalari qobig‘ida cheklanib qolib, ijtimoiy 
muhit omilining tarbiyaga bo‘lgan ta’siriga yetarlicha e’tibor bermadi. 
Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo‘ydi. 
Ijtimoiy pedagogika Rossiyada o‘tgan asrning 80 - yillarida alohida fan 
sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma’lum qirralari 
yoritilgan bo‘lishiga qaramasdan bu yo‘nalish bo‘yicha hali alohida 
tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo‘q. Bu fan har bir jamiyatning, har 
bir mamlakatning, har bir millatning ijtimoiy hayoti va milliy 
psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni 
turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin.
Turmush - shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishini taqozo 
qiladi. Biz ta’lim-tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya’ni har 
kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish asosida 
barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz 
tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular jamiyatdan 
chetda qolishi mumkin emas. Ma’lum sabablarga ko‘ra “jamiyat tan 
olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o‘z yo‘lini topib 
ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb 
kasb etib, Rossiyada 1960 - 1970 yillardayoq shunday ijtimoiy - 
pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha 
ishlar olib boriladi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy 
ishlar tashkilotchisi, uy - joy kommunal xizmati tashkilotchisi, 
maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab klublari 
xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator chet mamlakatlarda 
esa 1970 - 1980 yillarda ijtimoiy talab - bu muammoni hal etishning 
yangi darajalarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va 
yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat 
birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to‘plash ishlari 
shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan hamkorligi 
o‘zgardi. Shu asosda ijtimoiy muhitni pedagoglashtirish jarayoni 
intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi 
muammo bo‘lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat 


14 
maktab, bog‘cha kabi ta’lim - tarbiya maskanlari shug‘ullanadi, - degan 
fikr jamiyat a’zolari ongida o‘rnashib qolgan.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab 
etayotgan edi:
Birinchidan, Bugungi kunda ta’lim va tarbiya maqsadi bilan 
uning ba’zi natijalari o‘rtasidagi qarama - qarshilik sabablarini aniqlash 
va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. 
Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi munosabatlar bilan 
Shug‘ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish zaruriyatini uyg‘otdi. Chunki 
ongli xususiyatga ega bo‘lgan inson faoliyati, sotsiologiya fanining 
o‘ziga xos ob’ektini tashkil etadi. Har bir shaxsning jamiyatdagi o‘z 
o‘rnini, o‘zligini anglashi, hayotiy - axloqiy me’yorlarni o‘zida 
mujassam etishi jamiyatda Shu ma’naviy - axloqiy sifatlarni namoyon 
etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni 
tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining hamkorligi alohida
ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta’lim - tarbiyaning o‘zi ijtimoiy hodisa 
va pedagogik jarayondir. 
Ikkinchidan, ba’zi jamiyat a’zolarining ongidagi ma’naviy 
bo‘shliqning ijtimoiy kelib chiqishi sababalarini aniqlash, ularni hal 
qilish mexanizmini yaratish kabi yangi muammolarning yechimini 
topish uchun pedagogik va sotsiologik tushunchalarning tutashligiga 
asoslangan yangi metodologiyani talab etmoqda. Inson shaxsini 
shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy xususiyatlarini, uning 
oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib yondashmoq lozim. 
Inson organizmining biologik va sub’ektiv (shaxsiy tomonlari) asosida 
o‘z - o‘zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, ma’lum ob’ektga 
yo‘naltirish qonunlarini bilish asosida uning tarbiyasini tashkil etish 
lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va tashqi ta’sir imkoniyatlari 
o‘zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini yoshlar faoliyatining 
xususiyatlari, qiziqishini anglash kabi muhim xususiyatlari asosida 
shaxsning erkinligi va g‘ururini paymol qilmasdan, demokratik, 
insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda ma’naviy - axloqiy 
fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga insonlar ongini, 
tafakkurini ijobiy tomonga o‘zgartirish ijtimoiy - ma’rifiy jarayonlar 
bilan bog‘liq bo‘lib. Uni ilmiy jihatdan o‘rganish muhimdir. Pedagogika 
va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar 
o‘zbekistonlik olimlarning diqqat e’tiborini ham o‘ziga tortmoqda. 


15 
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlar 
va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz - shogird munosabatlari, 
kadrlar muammolari, yoshlarning ma’naviyatida ro‘y berayotgan 
zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, ijtimoiy 
faollik 
kasbiy 
mahorat, 
Shuningdek 
mustaqil 
O‘zbekistonda 
kechayotgan ma’naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni 
«pedagog 
so‘zi» 
bilan 
o‘rganish 
ijtimoiy 
pedagogikaning 
muammolaridan bo‘lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda 
Shunday holatlar uchraydiki, bunda bolalar o‘smirlar, tarbiyachilar 
bunday og‘ir vaziyatda o‘zlariga ruhan malham bo‘ladigan sotsial 
pedagogning yordamiga muhtoj bo‘ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz 
asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo‘lgan 
ehtiyoji ham sezilmoqda. 
Hayotdan umid uzgan, o‘ziga ishonmaydigan, hayotiy 
muammolarni mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, 
tushunish, uning qayg‘usiga sherik bqlishlarini kutadilar. O‘z so‘zi va 
faoliyati bilan Shu kabi shaxslarda o‘ziga ishonch uyg‘otish, o‘z 
imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning 
asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga 
bo‘lgan ta’siri ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs 
yuritadigan mazkur fan yo‘nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma 
sifatida vujudga kelmoqda.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə