A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

OMILLARI VA MEXANIZMLARI 
Shaxsning o`zini boshqarish mexanizmlari 
 


48 
qarshiliklar jiddiylashadi va ularga moslashish, yengish jarayonida 
faollik kuchayadi. Faollik shaxsga xarakterli bo‘lgan xulq - atvor 
motivlarida, amal - usullarida keyinchalik bolani tevarak - atrofdagi 
voqelikni o‘zgartirishga qaratilgan turli - tuman faoliyatlarida namoyon 
bo‘ladi. Odamga ta’sir qilayotgan hamma tashqi ta’sirlar ijtimoiy shart -
sharoitlar tizimi yoki faoliyatning ichki sharoitlari bilan o‘zgartiriladi va 
shaxs shakllana boshlaydi. Jamiyatdan tashqarida odam odam 
bo‘lolmaydi va kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa ularning amaliy 
faoliyatidagi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi munosabati bilan 
belgilanadi. Odam boshqa kishilarga munosabatda bo‘lish tufayligina 
ongliroq bo‘lib qoladi va uning psixik hayoti muayyan mazmunga ega 
bo‘ladi. Ana shu munosabatlar nechog‘li mazmundor va rang - barang 
bo‘lsa, odamning psixik hayoti ham shunchalik mazmundor va rang - 
barang bo‘ladi. Odam ongining yuksak belgisi - uning o‘zini anglashidir, 
odamning o‘zini anglashi ham shaxsning muhim belgisidir. 
Ijtimoiylashuv mexanizmlari
. Insonning ijtimoiylashuvi turli 
omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida 
amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik Uri 
Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning 
tadqiqotlari ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib 
chiqaradi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi 
mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: 
I.P.Podlasov tasnifi bo‘yicha: 
Bostirish mexanizmi,
uning mazmuni 
muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan 
iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm 
ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. G‘ayri ixtiyoriy 
mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi 
bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə