51
- sub’ektiv - sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol
o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini
tushunishning hozirgi
talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos tushadi, chunki zamonaviy
fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi
rivojlanish va o‘zgarishi bilan aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning
ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo‘lgan ob’ektiv
ehtiyoji jarayonidapaydo bo‘ladi. Biroq bu
bilan uzviy ravishda bola
boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj - o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham
shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni
qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y
beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy
ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat
shu shaxsga tegishli tarzda
namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish - turishi takrorlanmas jihatlarga
ega bo‘ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro
bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy
tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik,
nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv
tushunchasi
zamonaviy
fanda
moslaShuv
(birlashish)
va
individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining
mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir.
moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv
jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy
muhit talablariga insonning
munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv)
individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv
ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z - o‘zini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish;
b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish;
v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini
aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy
holatlarga qarshi turish
xohishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv
jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga
yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning
o‘zaro ta’sir etish ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib,
muvaffaqqiyatli
52
ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat
saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada
amalga oshadi:
- faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga
kiritish, erkin mo‘ljal olish.
- muomala -
muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini
chuqurlashtirish, xulq - atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
- anglash - shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida
shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho
berishni shakllantirish.
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi
uning hamma narsani egallashga bo‘lgan obyektiv ehtiyoji jarayonida
paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obyektiv
ehtiyoj - o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni
yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni
qidira boshlaydi va
buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Bu hodisa shunda
namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari
individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning
ijtimoiy yurish - turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday
qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib
boriladi:
Dostları ilə paylaş: