A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish


 Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix16.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#100900
1   2   3   4   5   6   7
24 ilova

6. Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda 
foydalanish masalalari: 
– qonunchilik normalarini bilish hamda ularga rioya qilish


– mamlakatda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlardan xabardor 
bo‘lish; 
– ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida 
samarali foydalana olish; 
– o‘z kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda 
ishtirok etish; 
– bola huquqlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va ularga 
rioya qilishni tashkil etish. 
7.
 
To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasi 
Barkamol avlod bolalar maktablariga tegishli me’yoriy - huquqiy hujjatlar 
mazmuni haqida ma’lumotlar hamda ularning ijrosini ta’minlashda to‘garak 
rahbarlarining vazifalari. Barkamol avlod bolalar maktablari to‘garak rahbarlarining 
huquq, burch va vazifalari hamda ularning lavozim majburiyatlari. Barkamol avlod 
bolalar maktablari xalq ta’limi tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy vazifasi 
o‘quvchi yoshlarga qo‘shimcha ta’lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi hamda 
ularning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish uchun bor imkoniyatlarni ishga 
solish zaruriyati 
O‘quvchi-yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash 
maqsadida tashkil etilgan Barkamol avlod bolalar maktablari faoliyatini amalga 
oshirishdagi umumiy Davlat talablari va modernizatsiya qilingan yo‘nalishlar 
bo‘yicha Davlat talablarining mazmun-mohiyati. To‘garak rahbarlariga qo‘yilgan 
talablar. Belgilangan davlat talablari ijrosini ta’minlash asosida ilm-fan, adabiyot, 
san’at va me’morchilik, texnik ijodiyot, milliy xalq hunarmandchiligi hamda 
ekologik sohalarda iste’dodli yoshlarni tarbiyalash va ularni salohiyatini kasb-hunar 
egalari qilib tayyorlash masalalari. 
 
Badiiy ijodkorlik yo‘nalishidagi to‘garaklar mashg‘ulotlarida individual, 
frontal, juftlikda ishlash, katta va kichik guruhlarda ishlash, jamoaviy bo‘lib 
ishlashga oid mashg‘ulotlarni tashkil etish. Mashg‘ulot turlari: yangi mavzuni 
o‘zlashtirish, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, o‘zlashtirilgan 
bilim va ko‘nikmalarni takrorlash, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni tizimga 
solish va umumiylashtirish, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni nazorat
va baholash mashg‘ulotlari. 
To‘garak xonalarini zamon talabi asosida jihozlashning ahamiyati hamda uni 
jihozlash tartibi. To‘garak a’zolari qo‘l mehnati bilan tayyorlangan ko‘rgazma, 
eksponat, modellar, fotolavhalar, buklet, albom va turli xil arxeologik tarixiy 
topilmalar bilan boyitish yo‘llari va ularni saqlash tartibi. O‘quv-moddiy bazani 
boyitib borish va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish zaruriyati. To‘garak 


mashg‘ulotlarining elektron variantlari bankini yaratish va ulardan mashg‘ulotlar 
jarayonida foydalanish zaruriyati. 
 
Barkamol avlod bolalar maktablarida metodik ishlarga rahbarlik va metodik 
xizmat uzluksizligini ta’minlashning tashkiliy-pedagogik asoslari. Barkamol avlod 
bolalar maktablarida metodik xizmatni tashkil etishning ahamiyati. Metodik xizmat 
turlari. Metodik xizmatni tashkil etish shakl va usullari. Ishchanlik o‘yini asosida 
metodik o‘quvlarni o‘tkazish texnologiyasi. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘quvchi - yoshlarni kasb-hunarga Yo‘naltirish 
tiplari, maktabdan tashqari ta’limning vazifalari. Kasb-hunarga yo‘naltirish dasturi 
va uning ijrosini ta’minlashda to‘garak rahbarining roli. Ularni kasb-hunarga 
yo‘naltirish bosqichlari, omillari va muammoli masalalarni hal etish yo‘llari. Turli 
xil kasbiy maslahatlar berish. Oila boshqarishda zarur bo‘lgan hunarlarning 
o‘zlashtirish yo‘llari. Mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan 
suhbatlar va tadbirlar.
Iqtidorli, turli xil yo‘nalishdagi qobiliyatga ega bo‘lgan bolalarni izlab topish 
yo‘llari, ularni to‘garaklarga a’zo qilish tartibi, iqtidorli bolalar bilan olib 
boriladigan qo‘shimcha ishlar mazmuni va ularni axborot vositalari, gazetalar, 
bolalar jurnallari orqali ishlarini ommalashtirish yo‘llari. Ularni iqtidor, qobiliyatlari 
orqali kasb-hunar tanlashga to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari. Voyaga yetmagan
tarbiyasi og‘ir bolalar psixologiyasini chuqur o‘rganish, ularga to‘g‘ri yondashish
va ularni kasb-hunarga, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish ishlari, zararli odatlar 
va giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibot ishlari. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə