A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix16.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#100900
1   2   3   4   5   6   7
24 ilova

 
 


Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi 
quyidagi modullardan iborat: 
1.
To‘garak rahbarining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish;
2.
AKT va mediasavodxonlik;
3.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish masalalari; 
4.
To‘garak rahbari mas’uliyati va moslashuvchanligi;
5.
Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari; 
6.
Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda 
foydalanish masalalari; 
7.
To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasi; 
8.
To‘garak rahbarining kasbiy kompetensiyalarini baholash. 
Kursning maqsadi va vazifalari 
Modulning maqsadi - Barkamol avlod bolalar maktabining badiiy ijodiyot 
to‘garak rahbarlarining zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalari
va samarali metodlaridan foydalanish kompetentligini rivojlantirish. 
Kursning vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- Barkamol avlod bolalar maktabining badiiy ijodiyot to‘garak rahbarlarini 
nazariy va amaliy, metodik tayyorgarligi darajasini orttirish; 
- ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish 
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish; 
- Barkamol avlod bolalar maktabining badiiy ijodiyot to‘garak rahbarlarida 
dars jarayonida samarali metodlarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Kurs 
yakunida 
tinglovchilarning 
bilimi, 
ko‘nikma, 
malaka
va kompetentligiga qo‘yiladigan talablar: 
- badiiy ijodiyot to‘garak a’zolarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari
va o‘qitish metodlarini; 
- badiiy ijodiyot to‘garak a’zolari bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash 
va nazorat turlarini; 
- dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qo‘yilgan zamonaviy talablarni; 
- maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish yo‘llarini; 
- to‘garak mashg‘ulotlarida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosidan foydalanish; 
- to‘garak mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodlarini 
bilishi; 
- to‘garak mashg‘ulotlarida o‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llay 
olish; 
- zamonaviy talablar asosida dars ishlanmasini ishlab chiqish; 


- to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini 
baholash va nazorat topshiriqlarini tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; 
- to‘garak mashg‘ulotlarida ochiq darslarni o‘tkazish va ularni tahlil qilish; 
- to‘garak mashg‘ulotlarida o‘tkazishda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash 
malakalarga ega bo‘lishi; 
- ilg‘or pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish; 
- to‘garak rahbarining o‘z ustida ishlashi va pedagogik mahoratini muttasil 
oshirib borish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə