Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini bo’limini o’qitish metodikasi



Yüklə 24,78 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü24,78 Kb.
#150980
  1   2   3   4   5
1-4..


Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini bo’limini o’qitish metodikasi
Shakllantiriladigan bilimlar: Yoғochga ishlov beradigan xalq hunarmandlarining bozor munosabatlaridagi faoliyatlari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun yogochdan ishlab chiqari-layotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan materiallar, asbob-uskunalar.
Yoғochga ishlov berish kasblarining umumiy xususiyatlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Yoғochga ishlov berish sohasidagi kamida uchta xalq hunarmandchiligi kasblarining ish usullarini o`rgatish va referat tayyorlash.
2-yo`nalish. Metall va unga ishlov berish texnologiyasi
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi
Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarga ishlov berish texnologiyasi, texnika va konstruk-siyalash elementlari.
Amaliy mustaqil ishlar: Mavjud metall materiallardan buyumlar tayyorlash. Texnologik karta tayyorlash.
3-yo`nalish. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi
Shakllantiriladigan bilimlar: Tikuvchilik sohasidagi kasblar haqida ma’lumot. Gazlama-lardan milliy liboslar tayyorlash. Gazlamalarni bo`yash va gul bosish usullari. Gazlama chiqindi-laridan buyumlar tayyorlash usullari.
Amaliy mustaqil ishlar: Gazlamaga ishlov berish sohasidagi milliy tikuvchilik kasblarini usta-shogird yoki ota kasb usulida o`rgatish. Referat tayyorlash.
4-yo`nalish. Pazandachilik asoslari o`rgatish.
Pazandachilik asoslari
Shakllantiriladigan bilimlar: Xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar, go`sht, parranda va baliqlardan tayyorlanadigan taomlar, har xil salatlar tayyorlash. Milliy o`choqlar va tandir-larning tuzilishi, xonadondagi oshxonada tartibni va tozalikni sakdash qoidalari.

Amaliy mustaqil ishlar: Oilada oziq-ovqat uchun xarajatlar yuzasidan iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarish. Manti va qazi tayyorlash mashkdarini bajarish.


Mehnat ta’limi prinsiplari xarakteristikasi
Maktabda tarbiya bilan chambarchas boғliq ta’lim jarayonini tashkil etishga asos bo`ladigan etakchi qoidalar didaktik prinsiplar hisoblanadi. Didaktik prinsiplarga ta’limning tarbiyalovchi xarakteri, ilmiyliq nazariyaning praktika bilan boғliqligi, sistemalilik va izchilliq ko`rsatmaliliq onglilik va aktivlik kabilar kiradi. Shu sababli didaktik prinsiplar sistemasi haqida gap yuritiladi.
Didaktik prinsiplar o`zaro boғliqdir. Shu sababli har bir konkret mashғulotni o`tkazishda bir yo`la qator didaktik prinsiplarning talablarini hisobga olish va ularning kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan, ta’limda ilmiylik prinsipini ta’minlash bilan o`quvchilarning onglilik va aktivligiga oson erishish mumkin va aksincha, agar o`quvchilar ta’limga nisbatan ongli va aktiv munosabatda bo`lsalar, ta’limning ilmiylik saviyasini ta’minlash oson bo`ladi. Agar ta’limda ko`rsatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning praktika bilan boғliqligi prinsipi ham amalga oshadi. Va, aksincha, agar nazariyani o`rganish praktika bilan uzviy boғlab olib borilsa, ta’limda ko`rsatmalilikni ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi.
Ҳamma o`quv fanlari uchun didaktik prinsiplar umumiydir, ammo har bir konkret holda ularni qo`llash o`z xususiyatlariga ega. Uquvchilarning mehnat ta’limiga xos didaktik prinsiplarning xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.

Yüklə 24,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə