Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini bo’limini o’qitish metodikasi



Yüklə 24,78 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü24,78 Kb.
#150980
1   2   3   4   5
1-4..

Texnologiya faniga oid ishlar
Ko`rilgan didaktik prinsipni amalga oshirish uchun nazariya bilan praktika ineon faoliyatining ajralmas ikki tomoni ekani, nazariyadan praktikada foydalanilishi, praktika esa ko`pincha yangi nazariy kashfiyotlar uchun asos bo`lishi haqidagi qoidani o`quvchilarga tushuntirish va ta’lim jarayonida doimo yoritib borish zarur. Bu jihatdan metallarga stanoklarda ishlov berishning rivojlanish tarixi etarlicha ishonchli misol bo`ladi. Metallarga ishlov berishning nazariy asoslari insoniyatning ko`p asrlik amaliy faoliyatining umumlashmasini ifodalaydi. Ammo ilmiy tadqiqotlargina metall qirquvchi stanoklarda metallarga ishlov berishning gurkirab rivojlanishiga asos bo`ldi. Bularning hammasiga mutaxassislar metallarga qirqish bilan ishlov berish jarayoni hodisalarini o`rganishdan bu jarayonning mohiyatini bilishga o`tishi sababli erishildi. Ҳar xil faktorlarning qirqish jarayoniga ta’siri xarakteri tekshirildi va bu ish kesish jarayoniga istalgan yo`nalishda ta’sir qilish imkonini berdi. Tezlik va kuch bilan qirqish shu tariqa paydo, bo`ldi, maxsus konstruksiyadagi asboblar vujudga keldi, hozirgi yuqori unumli stanoklar yaratildi. Metallarga qirqish bilan ishlov berishni tadqiq qilishda chiqarilgan xulosalardan boshqa materiallarga (yoғochga, plastmassaga) ishlov berishda ham foydalaniladi
Mehnat ta’limi jarayonida ayniqsa nazariyani praktika bilan boғlash uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki ma’lumotlarning ko`p qismi o`quvchilarga ular ishni bilgan holda topshiriqni to`ғri bajara olishlari uchun beriladi.
Mehnat ta’limi darslari odatda sof amaliy va sof nazariy darslarga bo`linmaydi. Nazariy materiallar ayrim mashғulotlarga nazariy ma’lumotlarni o`rganishdan o`quvchilarning amaliy faoliyatiga bevosita o`tish ta’minlanadigan qilib taqsimlanadi.
Stanoklar, elektrodvigatellar va boshqa texmik ob’ektlarning tuzilishini bilish o`quvchilar ularni boshqarishni o`rganib olishlari uchun zarurdir. Ҳar xil materiallarning xossalari haqidagi ma’lumotlar o`quvchilar bu materiallarga ishlov berishni o`rganib olishlari uchun beriladi. Shuningdeq o`quvchilar nazariyaning amaliy faoliyat uchun ahamiyatini va, aksincha, o`zlashtirilgan amaliy tajriba orqali yangi nazariy bilimlar o`zlashtirilishini bilib oladilar. Uqituvchi mehnat ta’limi jarayonida o`quv materialini ixtiyoriy ravishda emas, balki ma’lum qoidalarga asosan bayon qiladi. Chunonchi yoғoch va metallga ishlov berishga doir o`quv materiali analiz qilinsa, bayon qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik jarayoni yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, metallarga ishlov berish operasiyalari: rejalash, to`ғrilash, qaychi bilan qirqish, bukish, listli metall va simdan qilingan detallarni birlashtirish, qirqish, arra bilan qirqish, egovlash, parmalash, termik ishlov berish, rezbalar ochish tar-tibida o`rganiladi. Bu ishlab chiqarish sharoitida metallarga slesarlik usuli bilan ishlov berish tartibiga to`ғri keladi. Shu sababli o`quvchilar faqat ba’zi slesarlik operasiyalarini bajarish malakasini egallab qolmay, slesarlik ishi texnologiyasi haqida ham muayyan bilimlar oladilar.
Uquv materialini bayon qilishda uchraydigan ishlab chi-qarish texnologiyasidan birmuncha chetlanishlarning sababi soddadan murakkabga o`tishdek didaktik qoidani bajarishdir. Masalan, slesarlik texnologiyasida kesish operasiyasi to`ғrilash va bukish operasiyasidan oldin bajariladi. Ammo mehnat usullari mazmuni nuktai nazaridan kesish to`ғrilash va bukishga qaraganda ancha murakkabdir. Buning ustiga, mazkur operasiyalar almashtirilsa, kesishni o`rganishda o`quvchilar to`ғrilash va bukish operasiyalarini o`rganishida olgan ko`nikmalariga to`la asoslanish, tayanishlari mumkin. Aynan shu hol o`quv materialini sistemaga solishda hisobga olingan.
Urta maktabdagi mehnat ta’limining mazmuni haqida umuman gapiriladigan bo`lsa, unda ham ma’lum ketma-ketlik va sistemalilikni qayd etish mumkin.
Boshlanғich maktab o`quvchilari ishlov berish nisbatan osonroq va turmushda tez-tez uchrab turadigan materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishadilar. Sinfdan-sinfga o`tgan sayin o`quvchilar murakkabroq mehnat qurollari ishlatilishini, ko`p jismoniy kuch sarflash hamda psixik rivojlanishning yuksak darajada bo`lishini talab qiladigan materiallardan detallar tayyorlash usullardni o`rgana boradilar. Sekin-asta ular mashina mehnatiga, oldin sodda, keyinchalik murakkab mashinalarning qurilishini o`rganishga jalb qilinadi.


Yüklə 24,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə