Xalq hunarmandchiligi texnologiyasini bo’limini o’qitish metodikasi


Ta’limning tarbiyalovchi xarakteri



Yüklə 24,78 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü24,78 Kb.
#150980
1   2   3   4   5
1-4..

Ta’limning tarbiyalovchi xarakteri. Ta’lim jarayonida o`quvchilarni tarbiyalash sodir bo`ladi. Bu umumiy qoida mehnat tarbiyasi uchun ham xarakterli. Mehnat ta’limi o`quvchilarga mehnat tarbiyasi berish, ularni mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash maqsadida maktab o`quv planiga majburiy fan sifatida kiritilgan. Shunday, qilib, mehnat tarbiyasi muhim ta’limiy masalalardan biri sifatida qaralishi keraq bu masala ish ob’ektlarini tanlashda, mashғulotlarni tashkil qilish va hokazolarda hisobga olinadi. Uquvchilarning mehnat ta’lyami jarayonidagi faoliyatlarining xarakteri mehnat tarbiyasi uchun eng qulay sharoit yaratadi.

O’quvchilar ustaxonasini tashkil etish va jihozlash texnologiya fanida didaktik va tarqatma materillar tayyorlash
Avvalo o`quvchilarda mehnatga ijobiy munosabat tarkib topadi va bu o`quvchilar o`z topshiriqlarini katta mas’uliyat va juda ishtiyoq bilan bajarishlarida namoyon bo`ladi. Uquvchilar unumli mehnatga qo`shilib, jismoniy mehnat o`zining ijtimoiy ahamiyati bo`yicha aqliy mehnatdan qolishmasligini tushuna boshlaydilar.
Mashғulotlar to`ғri tashkil qilinsa, o`quvchilarda kollektivizm xissi mustahkamlanadi, chunki ular bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar.
Mehnat ta’limi jarayonvda o`quvchilarga mehnat madaniyatining umumiy qoidalari (ish kiyimlariga qarash, ish joylarini batartib tutish, sozlangan asbob bilan ishlash va boshqalar), mulkka nisbatan tejamkorlik munosabatida bo`lish singdiriladi.
Ilmiylik prinsipi. Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilar har xil materiallarga ishlov berish, elektr montaj ishlarini bajarish, mexanizmlarini yiғish, razbor qilish usullari va boshqalarni o`rganadilar. Shu bilan birga ularda ma’lum malaka va ko`nikmalar tarkib topib qolmay, balki o`rganilayotgan mehnat operasiyalarining ilmiy asoslari haqida tushunchalar ham hosil bo`ladi.
Ilmiy asoslar o`quvchilarning umumiy rivojlanishini va fan asoslariga oid bilimlarini hisobga olib tushunarli formada bayon qilinadi. Ko`pincha ayniqsa material tabiiy matematik sikldagi asosiy o`quv fanlariga nisbatan ilgarilagan xarakterga ega bo`lgan hollarda ayrim qoidalarni soddalashtirishga ham to`ғri keladi. Lekin bunday soddalashtirish buzilish va ziddiyatlarga olib kelmasligi kerak. Bunga misollar keltiramiz.
Uquvchilar qator fizik hodisalar ro`y beradigan metallni qirqish bilan tanishadilar. Ҳozirgi vaqtda qattiq jismlar fizikasi bu jarayon haqida juda ko`p ma’lumotlarga ega. Bu ma’lumotlar orasidan o`quvchilarda kesish jarayonining mohiyati haqida ularning fan asoslari bo`yicha bilimlari saviyasida to`ғri tasavvur hosil qilish uchun etadigan eng zarur ma’lu motlarni ajratishi kerak. Buning uchun o`quvchilarga metallning qirqiladigan qavati oldin elastiq keyin plastik deformasiyalanishini tushuntirish etarli. Deformasiya kuchi yashlov berilayotgan materialning puxtaligidan oshib ketganda, material zarrasi ko`cha boshlaydi. Payraxa (qirindi) hosil bo`lish jarayoni shunday ro`y beradi. Bunda sirpanish tekisligi haqida tushuncha berish kerak emas. Bu keyinchalik materiallarga ishlov berish bilan boғliq ixtisoslik bo`yicha ta’lim olishni davom ettiruvchi o`quvchilarga o`z bilimlarini to`ldirishda halal bermaydi.
Ikkinchi misol. Uquvchilar elementar texnologik sinashlar (egish, egovlash va hokazolar) orqali metallar va qo-tishmalarning ba’zi xossalari bilan tanishadilar. Metallar va qotishmalarni bunday sinash formasi bo`yicha ibtidoiydir, ammo mazmuni bo`yicha u ilmiy asosga tayanadi, chunki unda qattiq jismlarning xossalarini aniqlashga harakat qilinmoqda. Agar buni o`quvchilarga tushuntira olinsa, bu holda ta’limda ilmiylik prinsipiga amal qilinmoqda, deb hisoblash mumkin.
Demaq mehnat ta’limida ilmiylik prinsipini ta’limni eng yuqori ilmiy-nazariy saviyada o`tkazish talabi sifatida zmas, balki ta’lim jarayonini markscha-lenincha metodologik asosda, hozirgi zamon ilmiy-texnik ma’lumotlarga va o`quvchilarning fan asoslari bo`yicha bilimlariga tayangan holda tashkil etish talabi deb tushunish lozim. Shuning uchui ilmiylik prinsipidan kelib chiqib o`quvchilarga mehnat ta’limi jarayonida matematika, fizika va boshqa fanlardan eropedevtik ma’lumotlarni aytmaslik kerak.
Shunday hollar ham bo`ladiki, mehnat ta’limi mashғulotlarida ilmiy asoslari o`quvchilar hali o`rganmagan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga tayanadigan ma’lumotlarni bayon qilish ham zarur bo`lib qoladi. Bunday holda mehnat ta’limining vazifalarini bajarishdan bosh tortmasliq balki ularni hal qilish yo`llarini izlash kerak. Bunga sakkiz yillik maktabda mashinashunoslik elementlarini o`rganish xarakterli bo`la oladi. Bu materialni o`rganishga zarurat tuғilgan paytda ishlab chiqilgan ta’lim metodikasi o`quvchilarni «mexanizm» va «mashina» tushunchalari bilan ular bu tushunchalarga fizika kursida duch kelishidan oldin tanishtirish imko-nini beradi.


Yüklə 24,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə