A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash



Yüklə 189,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.06.2023
ölçüsü189,47 Kb.
#117790
1   2   3   4   5
02OsB5htfEWoQ0FBzgT6CV1ko1Px6cU8rNPljPt6

Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash 
Kasrlarni taqqoslashda maxraji va surati hisobga olinadi.
Quyida bir xil maxrajli kasrlarni taqqoslashni ko‘rib chiqamiz: 
Masalan, 7/9 va 2/9 kasrlarni taqqoslash kerak bo‘lsin. Biz o‘quvchilarga kasr 
chizig‘ini bo‘lish sifatida tushuntirib o‘tgan edik, demak 7/9 – 7:9, 2/9 esa 2:9 ga 
teng.
O‘quvchilarga tushunarliroq bo‘lishi uchun amaliy tarzda tushuncha berib 
o‘tish mavzuning tushunarli bo‘lishiga va oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi. 
Masalan, 7 kg mevani 9 ta o‘quvchi bo‘lishib yesa ko‘proq yeyishadimi yoki 2 kg 
mevani 9 ta o‘quvchi bo‘lishib yesa ko‘proq yeyishadimi? Bu savolga o‘quvchilar 
tezlik bilan javob bera olishadi va natijada kasrlarni o‘zlari taqqoslay olishni 
o‘rganishadi. 
Endi surati bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslashni o‘rganamiz: 
Masalan, 4/9 va 4/11 kasrlarni taqqoslash kerak bo‘lsin. Yana avvalgidek kasr 
chizig‘i bo‘lish vazifasini bajarishi o‘quvchilarga eslatib o‘tiladi. 4/9 – 4:9, 4/11 – 
4:11.


4 kg mevani 9 ta odam bo‘lishib yesa ko‘proq yeydimi yoki 4 kg mevani 11 
ta odam bo‘lishib yesa ko‘proq yeydimi, deb o‘quvchilarga berilgan savol kasrlarni 
oson taqqoslashlariga sabab bo‘ladi.
Boshqa kasrlarni ham shu tariqa taqqoslashni o‘rgatib borish keyinchalik 
o‘quvchilarda turli maxrajli kasrlarni ham bir xil maxrajga keltirish orqali oson 
taqqoslay olishlariga zamin yaratadi. 
Nazorat savollari: 
1.
 
Kasr nima? 
2.
 
Kasrlarning turlari haqida ma’lumot bering. 
3.
 
Kasrlarni o‘rgatish metodikasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
4.
 
Kasrlarga oid masalarning qisqa sharti asosan qanday ifodalanadi? 
5.
 
Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslashda nimalarga ahamiyat 
qaratish lozim? 

Yüklə 189,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə