A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Arab tilidagi manbalar qanday xususiyatga ega ?
2. Fors tilidagi manbalar to'g'risida nimalarni bilasiz?
3. О ‘zbek tilidagi manbalarning tariximizni о ‘rganishdagi ahamiyati nimada ?
6 -M A V Z U : G E O G R A F IY A YA K O SM O G R A F IY A G A
O ID M A N B A L A R
Darsning mazmuni: 
Geografiya va kosmografiyaga oid asarlarning 
tarix ilmi uchun qimmatli tomonlari ochib beriladi.
Reja:
6.1. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar tavsifi.
Asosiy tushunchalar: jug'rofiya, kosmografiya, iqlim, hudud, m am lakat,
viloyat, o ‘lka.
6.1. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar tavsifi
6.1.1. «M o ‘jam ul-buldon»
M a s h h u r q o m u s i y a s a r ” M o ‘j a m u l - b u l d o n ” m u allifi ajoyib 
sarguzashtlarni o ‘z boshidan kechirgan olim, sayyoh va xattot Yoqut 
Hamaviydir ( 1 179-y. tu g 1.). U, asli Kichik Osiyolik (Rum) qul bo'lgan. 
Otasining ismi kim ekanligini bilmagani uchun o'zini Ibn Abdulloh (Tangri 
qulining o ‘g ‘li) deb atagan. Bolalik vaqtida asirlar bilan birga Bag'dodga 
olib kelingan va uni H a m a shahrida (Suriya) Askar ibn Ibrohim al- 
Hamaviy ismlik savdogar sotib olgan va unga Yoqut deb nom bergan.
Yoqut o ‘sha savdogarning yordami bilan xat-savodini chiqardi. S o ‘ng 
madrasa t a ’limini oldi. Keyin x o ‘jayinning hisob-kitob ishlarini boshqardi 
va uning topshirig‘i bilan bir qancha mamlakatlarga savdo-sotiq yumushi 
bilan borib 
qaytdi.
Yoqut 1199-yili xo‘jayini vafot etishi bilan qullikdan ozod qilindi va, 
asosan xattotlik va kitobfurushlik bilan m ashg‘ul b o ‘ldi. 1213-yildan 
b o sh la b Y o q u t 16 yil m o b a y n i d a S u riy a , M isr, F ors, X u ro s o n , 
M ovarounnahr va Xorazm bo'yiab sayohat qildi va 1220-yili M o ‘so‘Iga 
qaytib faqat ilmiy ish bilan m ashg‘ul b o ‘ldi.
Yoqut ikkita m uhim va katta ilmiy ahamiyatga ega b o ‘lgan asar yozib 
qoldirdi. Bulardan biri ko ‘p vaqtlardan beri ilmiy jamoatchilik o ‘rtasida
50


z o 'r shuhrat qozongan «M o 'jam ul-buldon» («M amlakatlar ro‘yxati») 
asari bo'lib, kitob 1224-yili yozib ta m om la ngan. Asar Yoqutga homiylik 
qilgan vazir va faylasuf olim Ibn al-Qiftiyga (1172—1248) bag‘ishlangan.
Olim m azkur asarini yozishda Ibn X urdodbeh, al-Y a’qubiy, Jayhoniy, 
Ibn al-Faqih, Abu Zayd al-Balxiy (tax.850—934-y.), Istaxriy, Ibn Hauqal, 
Abulfath N asr ibn A bdurahm on al-Iskandariy (vaf. 1165-y.) va boshqa 
olimlarning asarlaridan ham keng foydalangan.
Asarning eng qimmatli tom o n i yana shundaki, olim uni yozishda 
k o ‘p yillik sayohati vaqtida t o ‘plagan faktik material, m a ’lumotlarni 
unum li iste’foda etgan.
« M o ‘jam ul-buldon» k o ‘p jildlik salmoqli katta asar b o ‘lib, unda 
Arabiston, Xuroson, M ovarounnahr, X orazm va boshqa mamlakatlar
ularning geografik holati, iqtisodiyoti, tarixi, ijtimoiy va madaniy hayoti 
haqida ixcham, lekin qimmatli m a ’lum otlar mavjud.
Asar 1866— 1870-yiIlarda F.Vyustenfenld tom onidan (olti jildda), ash- 
S hikiti t o m o n i d a n 1906-yilda Q o h i r a d a (sakkiz jild d a ) bosilgan; 
q o ‘shim cha IX —X jildda (Qohira, 1907 yil) ham bosilgan.
Y oqut H am aviyning yana bir m u h i m asari « M o ‘ja m ul-udabo» 
(«Adiblar ro'yxati»)dir. Asar o ‘ziga xos biografik qom us b o ‘lib, unda 
avval o ‘tgan, sh u n in g d ek m u a l l if b ila n z a m o n d o s h b o ‘lgan Sharq 
adiblarining ixcham tarjimai holi alifbo tartibida berilgan. Asar aslida 4 
jildlik b o ‘lgan, lekin uning faqat birin ch i jildi saqlangan va ingliz 
sharqshunosi D.S.Margolius (1858—1940) to m o n id a n 1908-yili nashr 
etilgan. Ushbu kitobdagi m a ’lumotlar Yoqutning awalgi asaridagi tasaw u r 
va tushunchalarni m a ’lum darajada t o ‘ldiradi va kengaytiradi.
0 ‘zbekistonda olim ijodini Sh. Shoislomov, H. Hikmatullayev, Sh. 
Zokirov, B. Irmatov, I. Elm urodov va boshqalar o'rganganlar.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə