A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Manbalarning yaratilishida o ‘zbek tilining tutgan o ‘rni



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

5.5. Manbalarning yaratilishida o ‘zbek tilining tutgan o ‘rni
Boy y o z m a m e r o s im i z , tarix iy m a n b a l a r i m i z s h a k lla n is h i va 
yaratilishida o ‘zbek tilining alohida o ‘rni bor. Lekin, yurtimizda siyosiy 
hokimiyat a w a l arablarda, s o ‘ng forsiy zabonli sultonlarda bo'lgan 
zam onlarda arab va fors tili davlat tili sifatida iste'foda etilib, bu tillarda 
rasmiy hujjatlar, tarixiy manbalar yaratildi. O 'sha davrlarda ham M ahm ud 
Koshg'ariyning “ Devoni lug'otit tu rk ” , Yusuf Xos Xojibning “ Qutadg'u 
bilik” kabi yirik yozm a manbalarning yaratilishi o'z bek tilining qudrati, 
salohiyati va kuchi yetarli ekanini namoyish etdi.
Bundan tashqari, uzoq muddat davomida xalqimiz yetakchi ziyolilari 
va jonkuyarlari ''Q u r ’oni karim ” tafsirlari, “ Hadisi s h a r if’ va “ Qissas ul- 
anbiyo”larni o'zbek tiliga o'girishga va moslashtirishga harakat qilganlar. 
Bizning boy diniy merosimiz bilan bog'liq kitoblar o 'z tadqiqotchilarini 
kutmoqda. Keyingi mustamlaka davri siyosatida xalqimizga arab va fors 
tili, go'yoki chet tili, yot til sifatida ko'rsatilib, bu tillardagi boy merosimiz 
bizga begona, eskirgan, qoloq o 'tm is h merosi sifatida tushuntirilib 
kelindiki, n a tija d a b iz n in g m a ’naviy d u n y o m i z m a ’lum darajad a 
kambag'allashdi, xolos.
Afsuski, arab yozuvidagi boy merosimizni tushunmaydigan, undan 
yotsiraydigan, eng fojialisi — tushunishni ham xohlamaydigan ziyolilar 
guruhi vujudga keldi. Ular tom onidan arab alifbosi asosidagi yozuvimiz 
eski o'zbek yozuvi deb atala boshlandi.
Vaholanki, biz Alisher Navoiyni o'zbek adabiy tili asoschisi deb tan 
o lganm iz. U n in g “ M u h o k a m u t u l - l u g ‘a t a y n ” n om li asarida qayd 
qilinishicha, hokimiyat arablarda bo'lganida ular o'z tilidagi madaniyatni 
ravnaq toptirishga homiylik qildilar va rag'batlantirdilar. U ndan so'ng
46


fors tilidagi madaniyatga e ’tibor berildi. Va nihoyat Tem uriylar saltanati 
0
‘rnatiigach, o ‘zbek tilining va m adaniyatining taraqqiy etishi uchun 
katta imkoniyatlar yaratildi.
Bizning tilimizdagi y o zm a m anbalar faqat hozirgi Respublikamiz 
hududi bilan chegaralanib qolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan 
aytilsa, Xitoydin to Xurosongacha, hatto Idil (Volga) daryosi bo ‘ylarigacha 
boMgan joylarda o 'z b e k tili tushunilgan, yo zm a m anbalar, m adaniy 
obidalari yaratilgan.
Birgina xarakterli misol. Buyuk Boburiylarning oltinchisi Avrangzeb 
O la m g ir (1 6 5 7 —1706) o ‘zin in g Rus p o d s h o h i g a j o 'n a t g a n rasmiy 
m aktubini o ‘zbek tilida bitgan va bu m u h im hujjat asli m atni rus 
solnomalarida saqlanib qolgan.
XIII asrda Qul Ali tom onidan o ‘zbek tilida “Yusufva Zulayho” dostoni 
Oltin 0 ‘rdada bitilgan. 0 ‘zbek tilidagi, birinchi aruz risolasi XV asr 
o'rtalarida Misrda yaratilgan.
M o‘g‘ul hokimlar huzurida bahshi — kotiblaming bo'lganligi va nihoyat
XIV asr oxiriga borib “T e m u r tuzuklari” ning yuzaga kelishi turkiy-o‘zbek 
tilining taraqqiyoti uchun katta xizmat qildi. Nosiriddin Rabg‘uziyning 
“ Qisas u l-anbiyo” asarining yaratilishi, “Tarixi Tabariy” , Sharafuddin 
Ali Yazdiyning “ Z a fa rn o m a ” , M u h a m m a d M irxondning “ Ravzat us- 
safo” kabi yirik asarlarning o'zbek tiliga o ‘girilishi, Durbek, Sayid Qosimiy, 
Lutfiy, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar ijodi o ‘zbek tilining 
jahonda taraqqiy etgan adabiy va ilmiy til ekanligini ko ‘rsatdi.
Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari “ X a m sa” va “ Lison u t-ta y r” 
dostonlari, “Xazoyin ul-m aoniy” nomli t o ‘rt devonlari qatorida yaratilgan 
nasriy tarixiy asarlari, xususan tarixga oid “Tarixi anbiyo va h u k a m o ” , 
’’Tarixi muluki A jam ” , “Xanisat ul-mutaxayyirin” , ’’Holoti Sayyid Hasan 
Ardasher” , ’’Holoti Pahlavon M u h a m m a d ” , ’’Vaqfiya” , “ M ahbub ul- 
qulu b ” , ’’Majolis u n -n a fo is ” , ’’Nasoyim u l-m u h a b b a t” , “ M u n s h a o t” 
asarlari — juda katta tarixiy ahamiyatga molik m anbalarning yaratilganligi 
keyingi davrlarda o ‘zbek tilining rivojiga ulkan hissa b o ‘lib qo'shildi.
Zahiriddin M u h a m m a d Boburning “ Vaqoyi” ’ ( “ B o b u rn o m a” , 1530) 
asarining yaratilishi jahonshum ul ahamiyatga molik m anba sifatida ijod 
etilganligini ko‘rsatadi. C hunki, bu obida to 'rt m arta fors tiliga, to ‘rl 
marta ingliz tiliga t o ‘la tarjima qilinib, birgana forsiy q o ‘lyozmalarning 
juda ko'p tarqalganligi, o ‘n uch qo'Iyozmaga ko'plab m o ‘jaz rasmlar 
bilan ziynatlanganligi, asl matnning sakkiz marta chop etilishi, o ‘ndan 
ziyod inglizcha qisqa nashrlar yuqoridagi fikr isboti uchun kifoyadir.
Alisher Navoiyning “ Majolis un-nafois” tazkirasi ham XVI asrda uch
47


marta fors tiliga taijim a qilingan. Yana M u h am m ad Solih, Abulg‘oziy 
Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Hakim xon T o ‘ra va boshqalarning 
tarixiy asarlari juda m uhim va qimmatli manbalardir.
Ayniqsa, XIX asrda Xorazm da va Sharqiy Turkistonda o'zbek tiliga 
katta e ’tibor tufayli k o ‘plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy 
tillaridan taijima qilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.
U m u m a n , XX asr birinchi choragigacha o ‘zbek tillarida qator tarixiy 
manbalar yaratilgan edi. Bu davrgacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar 
arab alifbosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi.
1929-yili lotin alilbosiga o ‘tildi.
1940-yili rus-kirill alifbosi kiritildi.
Mustaqilligimiz bizga yana lotin alifbosini qaytatikladi. Albatta, lotin 
alifbosi rus-kirill alifbosiga nisbatan ko'plab turkiy xalqlar uchun qabul 
qilinganligi bilan qator afzallikka ega. Lekin, deyarli XIII yoki XII asr 
davomida yaratilgan m anbalar taqdiri nima b o ‘ladi? degan savol kishini 
o ‘ylantiradi. B o‘lg‘usi tarixchilarga fors, arab tili asoslarining o ‘rgatilishi. 
arab yozuvidagi m anbalardan foydalanish malakasini hosil qilish qay 
darajada?
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixga e ’tibori 
va xalqimiz. boy madaniyatini o'rganishga, qadrlashga intilishi kishida umid 
va kelajakka ishonch uyg'otadi. Darhaqiqat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q".
Ushbu darslikda o ‘zbek tilida bitilgan h am m a manbalarni qamrab olish 
mumkin emas, shuning uchun eng muhim va yirik yozma manbalarning 
xarakterli xususiyatlami bayon etamiz, xolos. Um id qilamizki, bu yerda 
olgan bilimlarini talabalar o ‘zlari mustaqil ravishda kengaytirib, yanada 
chuqurlashtiradilar. Chunki, manbalar barcha bilim asosidir.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə