A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Arab tilidagi manbalarning xususiyatlari



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

5.2. Arab tilidagi manbalarning xususiyatlari
Arab tilida yaratilgan tarixiy asarlar yoki yozma yodgorliklar quyidagi 
umumiy xususiyatlarga ega. Ular garchi arab tilida yozilgan bo'lsa-da, 
barchasida umumiy tarixni qamrab olishga, ya’ni tarixni jahon tarixi sifatida 
idrok etishga, talqin qilishga intilish alohida sezilib turadi. Bu manbalar 
uchun ilk tarixiy asar va nam una sifatida “Q u r’oni karim” olinadi.
Kitoblar ichida tarixchilar o'zlarining “ Q u r’oni karim ” , hadislar va 
“ Payg'ambarlar qissalari” , diniy rivoyatlarni yaxshi bilishini namoish 
etishga va ulardagi m ashhur va m a ’lum voqea, hodisa, rivoyat, aqidalardan 
unumli foydalanishga intilganlar.
Arab tilidagi yozma manbalarning eng qadimgilari, asosan m um toz 
yozuv turlaridan kufiyda “ Q u r’oni karim ” va tafsir, hadislar nasx, suls 
yozuvlarida bitilgan. XV asrdan so'ng iste’molga nasta’liq yozuvi kirgan. 
Alohida farmon va hujjatlar t a ’liq yozuvida bitilgan.
Tarixiy asarlar m azm uni va tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, 
ularda matn a n ’anaviy Alloh hamdi — tahm id, payg'ambarimiz n a ’tlari, 
to'rt sahoba yoki sahobai roshidin ta ’rifi kelib, un d an so'ng asar kimga 
bag'ishlangan bo'lsa, o d atda ular yuksak lavozimdagi shaxslar yoki 
hokim lar bo'lgan, o'sha homiylarga bag'ishlov-maqtov yoziladi va ana 
shundan keyin kamtarin muallif o'zi haqida, qanday asar yozmoqchi 
ekanligi, uning nomi va asarning ixcham m azm uni yoki zamonaviy til 
bilan aytilsa, annotatsiyasi bayon etiladi.
42


Asarning oxiridagi xotim a — kolofonda esa, m uallif asarini tugatib 
olgani uch u n Allohga shukronalar keltirib, m azk u r q o ‘lyozma asar va 
uning ushbu nusxasi, k o ‘chirilish joyi va tarixi, xattoti haqida m a ’lumot 
keltiriladi. Tarixiy asarlarda keltiriladigan “ Q u r ’oni karim ” oyatlari va 
“ Hadisi s h a r if ’ nam unalari, odatda asosiy m a tn d a n ajratib, boshqa siyoh 
bilan va k o ‘pincha boshqa yozuv, xat turi, masalan kufiy, nasx yoxud 
suls yozuvida boshqacha siyoh bilan bitilib, alohida ziynatlanadi.
Tarixiy asarlar qoiyozm alari o ‘z davri a n ’analariga mos ravishda charm 
muqova — jildlarga olingan, kitob boshlanishi shams, unvon, sarlavha, 
zarvaraq naqshlari bilan, m atn o ‘rtalarida lavha naqshlar va m o ‘jaz rasmlar 
bilan bezatilgan. N a m u n a sifatida Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarining 
m o ‘tabar q o ‘lyozmasini ko'rsatish m um kin.
U m u m a n , arab tilida yurtimiz tarixiga oid m anbalar bilan tanishib 
ulaming ham son jihatidan ko'pligi, ham ilmiy saviyasi juda yuqori ekanligi 
guvohi b o ‘lamiz. G a rch i, qom usiy olim im iz Beruniy arablarda tarix 
yaratish a n ’anasi juda qadimiy va boy emasligini haqli ravishda qayd 
etgan b o ‘lsa-da, arab xalifaligi shakllanganidan s o ‘ng, yunon, eron, 
yahudiy va nasroniy tarix a n ’analaridan ijobiy va ijodiy foydalangan arab 
va, asosan arab tilida ijod etuvchi muarrixlar h am arab xalqlari, ham 
arab xalifaligi hududiga kirgan yoki unga q o 'sh n i bo'lgan xalqlar tarixini 
yozishga ju d a katta hissa q o ‘shdilar. Shuning bilan birga, yurtimizdan 
yetishib c h iq q a n tarixchilarim iz h a m arab tilida, ayniqsa Beruniy, 
S a m ’oniy, Shahobiddin Nisoviy kabi tarixchilar ajoyib asarlar yaratib 
arab tilidagi tarix ilmi taraqqiyotiga m unosib ulush qo'shdilar. Y a’ni, 
arab tilidagi manbalarni o ‘rganish hali o ‘z dolzarbligini y o ‘qotgani y o ‘q. 
U lar xalqimiz boy merosining ajralmas qismi b o ‘lib, o ‘tmishdagi yuksak 
taraqqiyotimiz guvohidir.
Ushbu darslikda arab tilida bitilgan yurtim iz tarixiga oid eng m uhim
yozma m anbalar t o ‘g ‘risida ixcham va qisqa m a ’lum ot berishga intildik. 
C hunki tarixim izning bu qatlam i, y a ’ni arab tilida V II—XIV asrlar 
davomida yaratilgan yozm a m anbalar hali m ukam m al o'rganilgan deyish 
qiyin. Bu kelgusi m anbashunoslar oldidagi sharafli vazifa. Albatta, biz 
keltirgan yoki zikr etgan asarlar nomlari bilan arab tilidagi manbalar 
ro 'y x a ti c h e g a r a n la n m a y d i , y o x u d t u g a m a y d i , a m m o b akalavriat 
talabalarida u m u m iy tasavvur hosil qilish u c h u n kifoya qiladi, deb 
hisoblaymiz.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə