A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Fors tilining manbalarda tutgan o ‘rni



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

5.3. Fors tilining manbalarda tutgan o ‘rni
Arab xalifaligining siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratining zaiflashuvi
43


va mahalliy hokimlaming kuchayishi natijasida asta-sekin markaziy hukumat 
nomigagina Bag‘d o d d a b o ‘lib, uning o ‘lkalardagi noiblari deyarii mustaqii 
davlatlar sifatida faoliyat ko‘rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan 
sohasiga katta t a ’sir o'tkazdi.
Nomigagina xalifalikka qaram mamlakatlarda aw al oddiy xalq orasida, 
asta-sekin olimlar va davlat ayonlari va rahbarlari orasida arab tili bilan 
birgalikda fors va turkiy tillardan foydalanilishi natijasida arab tili din va 
diniy bilimlar tiliga aylandi. S h e ’riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar 
m a ’lum mavqega ega bo'lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, 
davlat hujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga 
k o ‘tarilib, bu tilda juda katta h ududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi.
Masalan, Bayhaqiyning «Tarixi M as’udiy», Nizom iddin Shomiy va 
Sharafuddin Ali Yazdiyning “Z a f a r n o m a ” asarlari, M irzo U lu g ‘bek 
rahnamoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba’” (“T o ‘rt ulus tarixi”), 
M uham m ad Mirxondning “ Ravzat us-safo” ( “Jannat bog‘i”), G ‘iyosiddin 
Xondamirning “Xulosat ul-axbor” va “ Habib us-siar” , Mirzo Haydarning 
“Tarixi Rashidiy” va boshqalar forsiy tilda bitildi. M ovarounnahrda forsiy 
va turkiy tildan doim o yonm a-yon foydalanilar edi.
Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy m anbalar aw al arab tilida 
y a r a tilg a n b o ‘lsa, a y n iq s a d a v la t ra h b a r l a r i yoki h o k i m l a r arab
bo'lganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa 
va maktablarda um um iy taraqqiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida 
o ‘rgatilar va XIX asr oxirigacha ziyoli oilalarda arab tili din va “Q u ro ’ni 
karim ” tili sifatida, she’riyat va boshqa sohalar uchun forsiy va turkiy 
tillari istifoda etilar edi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə