A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


-§. Moliyaviy menejment tizimida korxonalar moliyaviy



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

3-§. Moliyaviy menejment tizimida korxonalar moliyaviy
munosabatlarining tutgan o ‘rni va ahamiyati
Iqtisodiy faoliyat yuritayotgan har qanday korxona xo'jalik- 
moliyaviy faoliyatidan qat’iy nazar bir tomonlama faoliyat yuritishi 
mumkin emas. Korxonalar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, 
ishlar bajarish va mahsulotlar sotish jarayonida, bevosita ikkinchi 
tomon bilan hamkorlikda iqtisodiy munosabatlami yuritish natija- 
sida o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi va buning natijasida 
korxonalaming moliyaviy faoliyati shakllanadi. Korxonalaming mo­
liyaviy faoliyati bevosita moliyaviy munosabatlar tizimi vositasida 
amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida turli mulk- 
chilik shakllarining paydo bo‘lishi, korxonalaming tashqi iqtisodiy 
faoliyatlarini yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi, ularda boshqa- 
ruvning zamonaviy tizimini yaratilishi kabi omillar korxonalar 
moliyaviy munosabatlar tizimi yanada takomillashi hamda ko‘lami 
kengayishiga olib keldi. Korxonalaming moliyaviy munosabatlarini
13


ikki guruxga ajratish mumkin: tashqi moliyaviy munosabatlar va 
ichki moliyaviy munosabatlar.
Korxonalaming ta’sischilari bilan yuzaga keladigan moliyaviy 
munosabatlarini, korxona dastlabki tashkil qilinayotgan davrda us- 
tav kapitalini shakllantirish va ularning m a’lum qismini korxonada 
ishlab chiqarish va xizmatlar ko ‘rsatishga moliyalashtirishga yo ‘nal- 
tirish yoki taqsimlash hamda korxonaning yakuniy moliyaviy natija- 
lariga asoslangan holda ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushla- 
riga qarab yoki ular egallab turgan aksiyalaming foizlardagi uiushi- 
ga qarab dividendlarning to ‘lanishida yuzaga keladigan munosa- 
batlarda ko‘rishimiz mumkin bo ‘ladi.
Korxonalar xo‘jalik faoliyatining uzluksizligini ta ’minlash, 
ularda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini 
oshirish va shu kabi iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichlarning yuqori 
bo‘lishida korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar va 
xizmatchilar vazifalarining va ish jarayonlarining yuqori saviyada 
tashkil qilinganligi, ularning mexnatini moddiy va m a’naviy 
rag'batlantirish tizimini yaratilishi alohida ahamiyatga ega. Korxo­
nalar va ularning ishchi xodimlari o ‘rtasida yuzaga keladigan 
moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil qilinishi yuqoridagi 
maqsadlarga erishishda va mexnat resurslaridan oqilona foydala- 
nishda dolzarb hisoblanadi. Korxonalarda ishchi xodimlar o‘rtasida. 
olingan daromad yoki foydani bir qismini taqsimlash, ish haqlari va 
mukofot pullarni to‘lash, agar m a’lum turdagi qimmatli qog‘ozlarga 
ega bo‘lsa ular bo'yicha dividendlarni to ‘lash, moddiy yordatn 
k o ‘rsatish hamda korxona faoliyatiga moddiy va m a’naviy zarar 
etkazsa, ushbu zarar miqdorini qoplash, ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha tegishli soliqlarni ushlab qolish 
va shu kabi jarayonlar natijasida moliyaviy munosabatlar yuzaga 
keladi.
Hozirgi kunda davlat byudjet daromadlarini tarkibida mamla- 
katimizda faoliyat yuritayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxo­
nalar to'laydigan soliqlar va ajratmalar salmoqli o ‘rinni egallaydi. 
Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan 
biri korxonalar faoliyatini rivojlantirish ulami davlat tomonidan 
qo‘llab quvvatlash, bir so‘z bilan aytganda davlatning moliyaviy 
siyosatini samarali vo ‘lga qo‘yilganligi, ham iqtisodiy ham ijtimoiy
14


jihatdan muhim ahamiyatga ega. Korxonalaming mulkchilik shakli 
va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda davlat byudjetiga to‘lay- 
digan soliqlar va majburiy to ‘lovlar, davlat byudjetidan korxonalami 
moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqa maqsadlarda ajratilgan moli­
yaviy yordamlar, ularga turli xil soliq imtiyozlarini berish yoki kor- 
xonalarga nisbatan qonunchilikka asosan jarimalar va sanksiyalar 
qo‘llash kabi munosabatlar jarayonida korxonalaming davlat bilan 
yoki byudjet va byudjetdan tashqari fondlari bilan moliyaviy 
munosabatlari kelib chiqadi.
Korxonalaming tijorat banklari bilan yuzaga keladigan 
moliyaviy munosabatlari, korxonalaming barcha turdagi moliyaviy, 
iqtisodiy munosabatlarini amalga oshirishda markaziy bo‘g‘inni 
egallaydi desak ham bo‘ladi. Korxonaning moliyaviy munosabatlari, 
tijorat banklardagi maxsus hisob raqamlaridagi pullami saqlash va 
foydalanish tizimini yaratilishi, bankning kredit va lizing 
operatsiyalaridan foydalanish, ya’ni kredit bo‘yicha asosiy qarz va 
hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lash jarayonida yuzaga keladigan 
munosabatlar, barcha turdagi pul o ‘tkazmalari va valyuta oldi sotdi 
operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa bank xizmatlaridan 
foydalanish jarayonida yuzaga keladi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona, firma va kompaniya 
rahbarlari yoki moliyaviy menejerlar o ‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan 
va barcha moliyaviy resurslardan samarali foydalanish uchun 
harakat qilish bilan cheklanib qolmasdan, favqulotda va tasodifiy 
zararlami qoplash tadbirlarini ko‘rishi ham lozim. Bunda sug'urta 
munosabatlari katta ahamiyatga ega. Korxonalaming sug'urta 
kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlari molk-mulklami, 
risklaming barcha turlari, ishchilaming alohida toifadagilarini, 
ularning ishlari va majburiyatlaridan kelib chiqqan holda va shu 
kabilarni sug‘urtalash jarayonida yuzaga keladi.
Korxonalaming kontragenti yoki boshqa-boshqa xo‘jalik sub- 
yektlari bilan yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlari, mahsulot 
va xizmatlar realizatsiyasi, yangi qiymatni yaratish va ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar jarayonida yuzaga 
keladi. Korxonalaming xo‘jalik faoliyatida ushbu munosabatlar 
asosiy o ‘ringa ega, chunki ushbu moliyaviy munosabatlaming 
asosida moddiy ishlab chiqarish yotadi, ushbu jarayon mamlakatda
15


yalpi icbki mahsulot va milliy daromadning shakllanishi va vujudga 
kelishiga bevosita ta’sir ko ‘rsatadi. Bundan tashqari korxonalarda 
barcha turdagi to'lovlarning ko ‘p qismi aynan shu bo‘limga to ‘g"ri 
keladi, o ‘z navbatida korxonalar faoliyatining moliyaviy va iqtiso­
diy k o ‘rsatkichlari kocp jihatdan ushbu moliyaviy munosabatlarini 
samarali tashkii qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.
K o ‘rib o ‘tilgan barcha moliyaviy munosabatlar, korxonalar 
xo‘jalik faoliyatida o ‘zlarining alohida muhim jihatlari va reali- 
zatsiya qilish usullariga ega. Lekin barchasi ushbu jarayonda 
ishtirokchi subyektlar nuqtayi nazaridan, ikki tomonlama xarakterga 
ega bo‘lib, ularning moddiy asosini pul m ablag‘larining harakati 
tashkil qiladi, ulardan foydalanish jarayonida pul oqimlari 
shakllanadi, moliyaviy munosabatlar jarayonida korxonalaming 
ustav kapitali tashkil qilinadi, moliyaviy m ablag‘larning aylanish 
davri boshlanadi va yakunlanadi, korxonada turli xil maqsadli pul 
fondlar, ja m g ‘armalar va barcha turdagi moliyaviy resurslar tashkil 
qilinadi va foydalaniladi.
Korxonalaming moliyaviy munosabatlari va moliyaviy faoli- 
yatlari bevosita moliyaviy menejmentning funksiyalari vositasida 
boshqariladi, shuning uchun ham moliyaviy menejmentning 
zamirida, xo ‘jalik subyektlaming moliyaviy resurslarini shakllant­
irish, taqsimlash va ulardan foydalanishni boshqarish tizimi yotadi 
deb tushuniladi.
i

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə