A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

qaruv subyekl
funksiyalari
* ? ’ 
I ish k il cti»h ■ * * * * !
mm
R a g 'b a n la n tirish
( m o tiv a ts iy a )
M axsus fun ksiyalar
A k tiv la rn i b o sh q a rish
K a p ita ln i be sh q arish
/V
' aft 
■.■ 
. . r f
■■;'>■■
In v es tits iy a la r n i
b o sh q a rish
P u l o q im la rin i b o sh q a rish
N a zd ra t

M oliyaviy risklami
boshqarish
1.1-rasm. Moliyaviy menejmentning funksiyalari
Rejalashtirish moliyaviy menejmentning asosiy funksiyalari- 
dan biri hisoblanadi. Rejalashtirish funksiyasi mavjud resurlar 
hamda ularning chegaralanganligini inobatga olgan holda korxo­
naning maqsadlariga erishish yoilarini belgilashdan iborat. Ishlab 
chiqarishni bozordagi holatga mos kelishini o ‘rganish, barcha 
turdagiresurslar va kapitaldan samarali foydalanishni eng maqbul 
yo'llarini tanlash, qo‘shimcha moliyaviy m ab lag iar jalb qilish 
y oilarini izlab topish va shu kabilar rejalashtirish funksiyasiga 
misol bo‘la oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish
18


funksiyasining muhim jihati shundaki, bunda korxonalar xo‘jalik 
faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bozordagi holatdan kelib chiq­
qan holda, mazkur tovar va xizmatga bo‘lgan talab va taklifning qay 
holatda ekanligi, raqobatning darajasi vashu kabi omillarga bog‘liq 
holda belgilanadi. Pvejalashtirish bevosita tahlil bilan bog'liq bo‘lib, 
asosan uning yakuniy natijalariga qarab aniqlanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida har qanday xo‘jalik subyekt- 
larining o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini samarali amalga oshirish
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlan- 
tirishda ushbu korxona, firma va kompaniyalarda faoliyat yuritayot­
gan ishchi xodimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarda 
rag‘batlantirishni amalga oshirish jarayonida, korxona boshqaruv 
tizimining turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan hodimlarning 
korxona tomonidan belgilangan moliyaviy rejalami, vazifalar va 
yukmaiarni to‘liq bajarganligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini 
rivojlantirishda o ‘z hissasini qo‘shgan hamda mavjud moddiy 
resurslardan tejamkorlik bilan foydalangan holda ishlab chiqarish 
hajmini oshiriganliklari uchun ushbu hodimiarni rag‘batlantirish va 
mukofotlash yoki aksincha, ushbu vazifalami amalga oshirishda 
sustkasblikka yo‘l qo‘ygan va befarqlik bilan yondashgan xodim- 
larga nisbatan ma’lum bir choralar ko‘rish, tizimi yaratiladi. 
Moliyaviy menejmentning rag‘batlantirish funksiyasini to ‘g ‘ri 
tashkil etilishi, korxonada mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshi- 
lanishiga, xodimlar malakasining oshishiga olib keladi, bu esa o ‘z 
navbatida, bevosita korxona xo‘jalik faoliyatining rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat funksiyasining mohiyatini quyidagicha ifodalash 
mumkin: korxonada belgilangan reja ko‘rsatkichlarini haqiqatda qay 
darajada amalga oshirilayotganligi yoki bajarilmayotgan bo‘lsa bun- 
day holatlarni o ‘z vaqtida aniqlash, hamda ushbu holatlarni paydo 
bo'lish sabablarini batafsil o ‘rganish va bunday kamchiliklarni 
bartaraf etishda tezkor choralar ko‘rishdan iborat. Moliyaviy 
menejmentning ushbu funksiyasini amalga oshirilishi korxonalarda 
ichki nazoratning tashkil qilish tizimi, nazorat qilinadigan ko'rsat- 
kichlarning ko‘lamini aniqlash bilan bogiiqdir.


Moliyaviy menejmentning keyingi guruh funksiyalari uning 
alohida boshqaruv faoliyati xususiyatlarini tasniflaydi. Uning tarkibi 
quyidagilardan iborat:
- aktivlarni boshqarish;
- kapitalni boshqarish

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə