A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


-§. Moliyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

2-§. Moliyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Hozirgi kunda moliyaviy menejment tushunchasining mohi- 
yatini yoritishda iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar bildi- 
rib o ‘tilmoqda. Umuman olganda, moliyaviy menejment tushun- 
chasiga rus iqtisodchi olimlari, qolaversa MDH davlatlariga 
kiruvchi qator davlatlari olimlarining qarashlari bilan, G ’arbiy 
Evropa va AQSh olimlarining qarashlari nisbatan farqlanadi. 
Buning o ‘ziga xos sabablari mavjud b o iib , buning asosiylaridan 
biri MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarda bo‘lgani singari moliyaviy 
menejment fani Rossiya Federatsiyasida ham yangi rivojlanayotgan 
sohalardan biri hisoblanadi, yana bir sabab esa, ushbu davlatlarda 
firma va kompaniyalarning boshqaruv tizimidagi o ‘ziga xos turli xil 
jihatlarining mavjudligi hisoblanadi. Bundan tashqari, AQSh va 
Evropada mavjud kompaniyalarining aksariyat qismi asosiy faoli- 
yatlaridan tashqari, ularning xo'jalik faoliyatida fond bozorlaridagi 
ishtiroki, xususan qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan bog‘liq 
operatsiyalarni amalga oshirilishi muhim o‘rin egallaydi.Shuning 
uchun ham ularning amaliyotida, moliyaviy menejmentning 
funksiyalari ko‘p holatlarda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq 
operatsiyalarni boshqarishga yo‘naltirilgan holdatushuntiriladi.
Amerikalik iqtisodchi olimlar Djeyms K.Van Xom va Djon 
M.Vaxovich o ‘z!arining iqtisodiy asarlarida, moliyaviy menejment 
aniq bir maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan aktivlarni 
moliyalashtirish va boshqarish bo'vicha qilingan hatti harakatlar- 
ning majmuidan iborat deb ta’kidlaydilar va quyidagicha ta’rif 
beradilar: moliyaviy menejment (financial management) aniq bir 
maqsadlarni realizatsiyasiga yo‘naltirilgan aktivlarni moliyalash-
11


tirish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv qarorlarini 
qabul qilishdir. Ularning fikriga ko‘ra firma va kompaniyalarning 
maqsadlari turli xil bo‘lishiga qaramay, ulardan asosiysi firma va 
kompaniya egalarining moliyaviy holatini maksimallashtirishdir.
Umuman olganda AQSh va G ’arbiy Yevropa iqtisodchi olim­
larining keltirilgan tariflariga ko‘ra, moliyaviy menejment o ‘zining 
bosh maqsadi sifatida aksiya kursi, bir dona aksiyaga to ‘g ‘ri keluv- 
chi sof foyda miqdori, dividend darajasi, hissadorlar mulki va bosh- 
qa ijobiy manfaat keltiruvchi moliyaviy natijalarni ko ‘paytirishni 
ilgari suruvchi firma va kompaniyalar moliyasini boshqarishdir.
Rus iqtisodchi olimi G.B. Polyak boshchiligidagi olimlar guru- 
hining ta ’kidlashlaricha, moliyaviy menejment tushunchasi xo‘jalik 
mexanizmining faol tarkibiy qismi sifatida korxonalar moliyasini 
boshqarish mexanizmi yoki moliyaviy mexanizm tushunchalari 
bilan bog‘liqdir. Moliyaviy menejment - korxonalarda moliyaviy 
resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish, aylanma mablag‘- 
lami boshqarish jarayonidir. Moliyaviy menejment korxonalarda 
moliyaviy resurslar va aylanma mablag‘larni boshqarish jarayonida 
foydalaniladigan usullar, qo‘llanmalar va shakllaming (forma) 
tizimidir.
Moliyaviy menejment tushunchasiga I.Ya.Lukasevich quyida- 
gicha ta ’rif bergan. Moliyaviy menejment - bu xo'jalik subyek- 
tining joriy va strategik maqsadlariga erishishda, ularning moliyaviy 
resurslari va moliyaviy faoliyatini boshqarishdir. Uning fikricha 
moliyaviy menejment o ‘zining mohiyatiga ko‘ra serqirra bo'lib, u 
turli talqinga ega, y a’ni: 1) alohida ilmiy predmet; 2) xo‘jalik 
obyekti moliyasini boshqarish tizimi; 3) tadbirkorlik faoliyatining 
bir ko ‘rinishi.
Bu masala bo‘yicha yana bir rus iqtisodchi olimi S.V.Galits­
kaya quyidagicha ta ’rif beradi. Moliyaviy inenejmentni korxona- 
lami barcha turdagi vositalari (aktivlari) va ulami kelib chiqish 
manbalarini (passivlami) boshqarish, deb tushunish lozim. Uning 
fikriga ko‘ra moliyaviy menejmetning asosiy maqsadi korxona 
egalarining moliyaviy holatini oshirish hisoblanadi.
S.B.Pryanichnikovning bergan tarifiga ko‘ra, korxonalarda 
moliyaviy munosabatlar va xo‘jalik moliyaviy faoliyatini boshqarish 
bevosita moliyaviy menejmentning funksiyalari orqali amalga oshi-
12


riladi, shuning uchun ham moliyaviy menejmentni xo‘jalik 
subyektining moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va 
ulardan foydalanishni boshqarish tizimi deb tushuniladi. Olimning 
ta’kidlashicha, moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi korxo­
naning bozor qiymatini maksimallashtirish hisoblanadi.
Yuqoridagi olimlarning bergan tariflariga yondashgan holda. 
bizning fikrimizcha: moliyaviy menejment - korxonalaming joriy 
va strategik maqsadlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish
tahlil, bashoratlash va rejalashtirish kabi funksiyalarni amalga 
oshirish, moliyaviy resurslami shakllantirish va ulardan samarali 
foydalanish jarayonlarini boshqarishdir.
Shu narsani ham ta ’kilab o ‘tish kerakki moliyaviy menejment 
fani, boshqa barcha iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy menejment fanini 
mukammal o ‘rganishda iqtisodiyot nazariyasi, tahlil, moliya, moli­
yaviy va boshqaruv hisobi, statistika, korxonalar moliyasi va shu 
kabi fanlar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik 
tala'o qilinadi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə