A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


l-§ . Moliyaviy menejmentning funksiyalari



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

l-§ . Moliyaviy menejmentning funksiyalari
Moliyaviy menejmentning tub mohiyati uning amalga oshira- 
yotgan funksiyalari orqali namoyon b o iad i. Umuman olganda, 
moliyaviy menejment amalga oshiradigan funksiyalarm quyidagi 
ikki asosiy guruhga ajratish mumkin (1.1-rasm):
> boshqaruv subyektining funksiyalari;
> maxsus funksiyalar.
Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik va xo‘jalik yuritish 
shaklidan qat’iy nazar. korxonalarda ishlab chiqarishni samarali 
tashkil etish eng avvalo tizilmada boshqaruv rolini oshirishdan 
boshlanadi. Chunki, boshqaruv vositasida korxona o ‘z oldiga 
qo‘ygan vazifalarni hal qiladi va istiqboldagi strategik maqsadlarni
!6


amalga oshiradi. Umuman olganda, yuqoridagi funksiyalaming 
birinchisida har qanday boshqaruv shaklining umumiy ko‘rinishi 
tavsiflanadi, uning tarkibiga asosan quyidagilar kiradi: tashkil etish, 
tahlil, rejalashtirish, rag‘batlantirish (motivatsiya) va nazorat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar ishlab chiqarish 
faoliyatining turlari, amalga oshiradigan xizmatlar, bajaradigan 
ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda boshqaruv tizimini 
yaratadilar. Albatta, har qanday xo‘jalik faoliyati dastlab tashkil qili- 
nayotgan davrda undagi boMinmalarning quyi va yuqori darajalari, 
xuquq va majburiyatlari, javobgarligi, amalga oshiradigan ishlar 
tartibi va vazifalari belgilab olinadi. Moliyaviy menejmentning 
funksiyasi sifatida tashkil etishning asosiy maqsadi - boshqaruvchi 
va boshqariluvchi tizimlarni, shuningdek, ularning o‘zaro aloqa va 
munosabatlarini shakllantirishdir.
Mutanosiblik, uzluksizlik, parallellik, barqarorlik, egiluvchan- 
lik, shuningdek, bir turdagi mehnat predmetlarini bir joyda jamlash. 
hamda korxonalar faoliyatiga ta ’sir qiluvchi omillar va tashqi muhit- 
ning o ‘zgarishiga mos holda, ularda boshqaruvning tashkiliy tizi­
mini ushbu o ‘zgarishlarga mutanosib holda o ‘zgartirish va tako- 
millashtirib borish kabilar tashkil etishning asosiy shartlari bo‘lib 
hisoblanadi.
Korxonalarda moliyaviy boshqaruvni samarali tashkil etilishi 
ko‘p jihatdan tahlil ishlarini aniq va to‘g‘ri yo‘lga qo'yilganligiga 
bog‘liqdir, uning yordamida korxonalaming to‘lov imkoniyati, 
likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, barcha moliyaviy-xo‘jalik 
jarayonlarining sodir bo‘lishi va hodisalami davriy kuzatish, 
umuman moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash imkoniyatiga ega 
bo‘lish mumkin. Tahlil yordamida korxonaning barqaror rivojla- 
nishiga to ‘sqinliq qilayotgan kamchiliklar aniqlanadi va ushbu 
kamchiliklar bartaraf etiladi, xo‘jalik subyektini yanada rivojlan- 
tirish yoTlari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta ’minlaydigan 
yo‘nalishga o'tkaziladi.



Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə