46
ilash belnilanoan
qo'shim cha va
ritish, axborotlarni
r a j r * ’* *
Joriy r
4.1-rasm. Korporatsiyalarda moliyaviy rejalashtirish jarayoni
Rejalashtirishning eng ko‘p tarqalgan usullari qatoriga quyi
dagilarni kiritish mumkin: iqtsiodiy tahlil, balansli hisob-kitoblar va
pul oqimlari usuli, normativ, ko‘p variantlilik, iqtisodiy matematik
modellashtirish usuli va boshqalar (4.2-rasm).
M o liyaviy rejalash tirish d a foyd alauilad igan asosiy m etod lar
I q t i s o d i y t a h l i l m e t o d i
Balansli hisob-kitoblar metodi
K o‘p variantlilik metodi
Iqtisodiy-matematik programmalashtirish metodi
4.2-rasm. Moliyaviy rejalashtirishda foydalaniladigan metodlar
(usullar)
l lozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda.
1 Islibu usulning mohiyati, o ‘zaro aloqada bo‘lgan ko‘rsatkichlarni
•iclishtirish bilan ifodaianadi. Balans usuli asosida korxonaning
47
ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish q u w atig a
bo‘lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib
chiqqan holda moddiy balans, ishlab chiqarish quvvatlari balansi,
ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib
k o ‘rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko‘ra, ehtiyojlar va ularga
mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o ‘z ichiga
oluvchi, o ‘zaro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi.
Balans usuli normativ usuli bilan birgalikda qo‘llanadi.
Normativ usulida resurslarni sarflashning yo"l qo‘yish mumkin
bo‘lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab
chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda norma va normativ kabi
tushunchalardan foydalaniladi.
Norma (m e’у or) bu - belgilangan sifatdagi mahsulot birligi
(ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo, material,
yoqilg'i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo ‘!
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal chegarasidir.
Agar resurslardan foydalanish normalarini kamaytirish mahsulot
sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining
buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, u holda bu normalarni kamaytirish
mumkin emas.
Normativ
bu - nisbiy kattalik bo‘)ib, asosan foizlar yoki
koeffisiyentlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va
predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon
birligi, og‘irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi.
Masalan, asosiy fondlaming birlik qiymatiga mahsulot ishlab
chiqarish (fond qaytimi), sutning moylilik, vinoning spirtlilik
darajasi (foizlarda), avtomashinaning bosib o4gan yo‘li, avtomobil
shinasining ekspluatatsiyasi va hokazo. Norma va normativlar
progressiv tavsifga ega bo‘lishi, y a’ni ularni ishlab chiqishda
zamonaviy fan, texnika va texnologiya rivojlanishining darajasi,
melmat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvat-
laridan to‘liq foydalanish hamda ilg‘or korxonalaming tajribalarini
hisobga olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko ‘rib
chiqilishi, eskirgan norma va normativlar yangi, xo‘jalik hayoti va
davr talablariga javob beruvchi norma va normativlar bilan
almashtirilishi lozim.
Norma va normativlar quyidagi guruhlar asosida ishlab
chiqiladi:
-
tirik mehnat xarajati
normalari
(mahsulot birligiga
sarflanuvchi ish vaqti normasi, vaqt birligida ishlab chiqarish
normasi, xizmat ko‘rsatish normasi, miqdor normativi);
- moddiy xarajat normalari (xom-ashyo, material, yoqilg‘i,
energiya, butlovchi qismlar);
- ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish normativlari (ishlab
chiqarish jarayonning davomiyligi, tugallanmagan ishlab chiqarish
hajmi, ishlab chiqarish zahiralari va h.);
- mehnat vositalaridan foydalanish normalari (mashinalar,
asbob-uskunalar, mexanizmlar, qurilmalar);
- korxona, sex, asbob-uskunalarning loyiha quw atiga chiqish
vaqti normalari.
K o‘rinib turibdiki, rejalashtirish juda murakkab va ko‘p
mehnat talab jarayon bo‘lib, korxona faoliyatining resurslar
xarajatini normalashtirishdan to mahsulot ishlab chiqarish va
realizatsiya qilishgacha barcha ko‘rsatkichlarini inobatga oladi.
Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti korxonaning ishlab chiqarish
faoliyatini rejalashtirish va ratsional boshqarish tizimi hamda maks-
imal ravishda qulay sharoitlarni yaratmoqda. Bunday sharoitlarda
rejalashtirish bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarining barcha
imkoniyatlaridan foydalanishga xizmat qilishi lozim. Korxona
faoliyatini umuman emas, balki har bir muayyan holdagi vazifalami
hal qilishga yo ‘naltirgan holda rejalashtirish zarur. Buning uchun
rejalashtirishning ilmiylik, komplekslilik, uzluksizlik, optimallik,
moslashuvchanlik kabi tamoyillariga tayanish zarur.
Korxona, ayniqsa, agar u yirik bo‘Isa, asosiy, yordamchi va
xizmat ko‘rsatuvchi sexlardan iborat bo‘lib,ularning har biri faqat
o ‘ziga xos bo‘lgan vazifani bajaradi va shunga mos holda faoliyatni
rejalashtirish va tartibga solishning o'ziga xos xususiyatiga ega
bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda etakchi bo‘g‘inni ajratib
ko‘rsatish rejalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib xizmat
qiladi. Bunda korxonaning asosiy ishlab chiqarish vazifalari bajari-
lishini ta’minlovchi bo‘linmasini rivojlantirishga ko‘proq e ’tibor
qaratiladi. Masalan, bunday bo‘g ‘in sifatida mashinasozlik zavodida
yig‘uv sexi, to‘qimachilik kombinatida yigiruv va to‘quv sexlari,
qandolatchilik fabrikasida tayyor masulot sexini ko‘rsatish mumkin.
Yetakchi bo‘g ‘inni ajratib ko ‘rsatish korxonaning barcha
boMinmalarini birgalikda rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Chunki
busiz rejalashtirish bir tomonlama bo‘lib qolishi hamda ishlab
chiqarishni tashkil etishda «tor joylar» va disproporsiya vujudga
kelishi mumkin. Shu sababli korxona faoliyatining iqtisodiy-ishlab
chiqarish rejasi ko ‘rsatkichlari va bo‘limlarining o ‘zaro aloqada
bo‘lishini hamda kompleks rejalashtirishni ta ’minlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunda ham rejalashtirishning balans usuli katta
ahamiyatga ega.
Rejalashtirishning yana bir muhim tamoyili ilmiylik bo‘iib, u
avvalo tayyorlanayotgan rejalar va ishlab chiqarishni rivojlantirish
dasturlariga, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti talablari, raqobat-
chilik va bozor talablarini hisobga olishga asoslanadi. Rejalash
tirishning ilmiyligi, jonli m ehnat va mahsulotga aylangan mehnat
xarajatlarining eng kam miqdorida iloji boricha yuqori natijalarga
erishishga,
shuningdek,
korxona
xodimlari
manfaatdorligini
oshirishga ko ‘maklashadi. Komplekslilik tamoyili ishlab chiqa
rishni, birinchidan, zamon va makonda, ikkinchidan, ishlab chiqa
rishni boshqarishning gorizontal va vertikalida, uchinchidan, ishlab
chiqarishning resurs asoslarini ta ’minlashda, to ‘rtinchidan, ishlab
chiqarishdagi «tor joylarni» hisobga olish va ularni y o ‘qotish chora-
tadbiralrida, beshinchidan, xodimlarning o ‘z mehnatlari natijasidan
moddiy va m a'naviy qoniqishida, oltinchidan, korxonaning
m o‘ljallanayotgan daromad yoki foyda olishini amalga oshirishni
ko‘zda tutadi.
Proporsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda,
balki ishlab chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Zarur proporsiyalarga amal qilish ishlab chiqarish vositalari
va ishchi kuchining sexlar va ish joylari bo‘vicha hamda ishlab
chiqarish bosqichlarida to‘g ‘ri taqsimlanishiga va ulardan to ‘g ‘ri
foydalanishga ko ‘maklashadi. Proporsiyalarga amal qilmaslik esa,
aksincha, ishlab chiqarishning ba’zi uchastkalarda kuchayib, bosh-
qalarida pasayishiga, y a’ni disproporsiyalarning vujudga kelishiga
hamda korxonalaming nomaqbul tarzda faoliyat yuritishiga sabab
bo'ladi. Zaruriy proporsionallikni ta’minlashda ishlab chiqarishni
tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o ‘ynaydi.
Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman,
korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi.
Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiq-
boldagi rejalarning esa bashoratlar bilan bog‘liq bo'lishida o‘z
aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa mud
datli tavsifga ega bo‘lgan indikativ reja tabiatiga mos kelmovchi,
yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya'ni «...dan»
«...gacha»
tamoyili
asosida
amalga
oshirilmasligi
lozim.
Rejalashtirishning «...dan» «...gacha» tamoyilini inkor qilganda biz
avvalo vaqt bo‘yicha rejalashtirish uzilishining oldini olishni ko‘zda
tutamiz. Masalan, o ‘sha indikativ reja o ‘z davomiga ega bo‘lishi,
ya’ni korxona o ‘z faolitini yanvar-mart oylariga rejalashtirganda
keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vazifalarni ham,
albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab
chiqarish holatlarining o ‘zgarishini ko‘zda tutishi lozim. Bu vazifa
asosan-yil davomida amalga oshiriluvchi rejalami aniqlashtirish va
muayyanlashtirish yo‘li bilan bajariladi.
Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi.
Rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo ‘ldosh
mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji
boricha unumli foydalanishni ta’minlashi hamda yuqori natijalarga
erishish uchun eng samarali yo ‘llarni tanlashi kerak.
Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va
elektron hisoblash mashinalarini qo‘llash, rejalarning bir nechta
variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko‘p variantlilik
eng tejamli reja varianti yoki korxona faoliyati dasturini tanlashga
imkon yaratadi.
Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi
muhim tamoyili hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o ‘z vaqti-
da o ‘zgartirishlar kiritish, iste’molchilar va xaridorlar talablarini
hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
pasayishi va inqirozlaming oldini olishga yordam beradi. «Korxo
nalar to ‘g ‘risida»gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu
tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratadi.
Biroq hech qanday tamoyil, jum ladan, yuqorida sanab o ‘tilgan
tamoyillar ham, o ‘zidan o ‘zi, y a ’ni shu tamoyillar uchungina kerak
emas. Agar amaliyotda qo‘llanmasa bu tamoyillar faqat qog‘ozda
qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli
korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog‘i, rejaning
bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamo-
yillari qanday aks ettirilganligini nazorat qilishi muhim ahamiyat
kasb etadi. Nazorat kerakli natijalarga erishish, yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan disproporsiyalarni aniqlash va ularning oldini
olish, shuningdek, zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish yo ‘l-
larini belgilashga imkon berdi. Korxonalarda moliyaviy rejalash
tirishning istalgan turi korxona faoliyatining biron-bir jihatini aks
ettiruvchi, umumiy va xususiy, sifat va m iqdor ko‘rsatkichlariga
asoslanadi.
Bulardan tashqari ayrim iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy
rejalashtirishning quyidagi asosiy tamoyillarini ham keltirib o ‘tadi.
- rejalashtirish (boshqarish)ning umumiy tizimga integrat-
siyalashuvi tamoyili va korxona rivojlanishining missiya va umumiy
strategiyaga bo‘ysunishi;
- muddatlarning o ‘zaro moliyaviy nisbatdagi munosabati
tamoyili - moliyaviy m ablag‘larning qabul qilinish va foydalanilish
belgilangan
muddatlarda
sodir
bo ‘lishi
kerak,
y a ’ni
uzoq
muddatlarda o ‘zini qoplaydigan kapital qo ‘yiImalarni uzoq muddatli
qarz m ablag‘lari hisobiga moliyalashtirish;
- to'lovga layoqatlilik tamoyili
-
pul
mablag‘larining
rejalashtirilishi yilning istalgan vaqtida korxonaning to‘lovga
layoqatliligini ta'm inlashi kerak. Ushbu holatda korxona, qisqa
muddatli majburiyatlarni so'ndirishni ta’minlash uchun, yetarlicha
likvidli asosiy vositalarga ega bo‘lishi;
- kapital qo‘yilmalarning rentabellik tamoyili - kapital
qo‘yilma uchun mavjud moliyalashtirish usullari (moliyaviy lizing,
bank investitsion krediti, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa
usullar) dan arzonroq usulni tanlash;
- risklarning balanslashganligi tamoyili - uzoq muddatli
alohida
riskli
investitsiyalami
o ‘z
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtirish;
- bozor talabi (ehtiyoji)ni hisobga olish tamoyili - korxona
uchun bozor kon’yukturasini, uning hajmi va undagi raqobatchilar
faoliyatini hisobga olish;
- haddan tashqari rentabellik tamoyili - minimal risklarda
maksimal sermahsullik (foydalilik) ni ta'minlaydigan mablag‘larni
moliyalashtirish yo‘nalishini tanlash.
Umumiy va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar korxonada ishlab
chiqarish rivojlanishining yo‘nalishi va darajasini aks ettiradi. Bun
day k o ‘rsatkich!ar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi,
mehnat, tannarx va jam g‘armalar bo‘yicha ko'rsatkichlami kiritish
mumkin.
Xususiy
ko'rsatkichlar
umumlashtiruvchi
ko'rsatkichlar
asosini tashkil qiluvchi alohida unsurlarni, masalan, material,
yoqilg‘i, energiya va shu kabilaming mahsulot tannarxidagi salmo-
g ‘ini tavsiflaydi. Shuningdek, bu ko‘rsatkichlax asosiy ko‘rsatkichlar
darajasiga ta ’sir o'tkazuvchi alohida omillarni ham tavsiflab beradi.
Masalan, yordam ko‘rsatuvchi ishchilar salmog‘ining mehnat, ishlab
chiqarishi darajasiga ta’siri; asbob-uskunalarni ish bilan ta’minlash
koeffisiyentining ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi va korxona
ishlab chiqarish dasturining bajarilishiga ta’siri; xom-ashyo va
materiallardan foydalanish koeffisiyentining mahsulot tannarxi
pasayishiga ta ’siri va h.
Umumlashtiruvchi
hamda
xususiy
ko‘rsatkichlar
ikkita
kategoriyaga - mutloq (absolyut) va sifat (nisbiy) kategoriyalarga
bo‘linishi mumkin.
Miqdor ko‘rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish va
xo‘jalik yuritish faoliyatini hajm o ‘lchamida izohlaydi. Bunday
ko‘rsatkichlar qatoriga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori,
ishlayotgan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi, mashina
va asbob-uskunalar parki, ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan materiallar miqdori, sex hamda ish joylari soni
va hokazolami kiritish mumkin.
Sifat ko‘rsatkichlari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatidagi
o ‘zgarishlarni nisbiy kattaliklar: mehnat mahsuldorligining o ‘sishi,
mahsulot tannarxining bazis davrga (yoki reja hisobotiga) nisbatan
foizlarda kamayishi, mahsulotning to ‘liq tannarxiga nisbatan
foizlarda daromad hajmi, korxona rentabellik darajasining o ‘sishi va
shu kabilar yordam ida tavsifladi.
Sifat ko‘rsatkichlari aksari hollarda pul qiymatida ifodalanishi
sababli, korxonalaming xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va tahlil
qilish amaliyotida asosiy va aylanma fondlar, asbob-uskunalar,
sarflanayotgan yoqilg‘i, energiya va boshqa materiallar kabi qiymat
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Qiymat ko ‘rsatkichlari korxona
faoliyatida q o ‘llaniluvchi turli xildagi vositalami statistika va
dinamikada taqqoslash imkonini beradi. Bundan tashqari, soliqlar va
turli xil to ‘lovlar hamda korxona daromadi foizlardan tashqari pul
ko ‘rinishida ham o ‘lchanadi. Korxona faoliyatini rejalashtirish
korxona
va
uning
bo‘linmalari
faoliyatini
tahlil
qilishdan
boshlanishini aytib o ‘tish muhim. M azkur tahlil davomida rejaning
sifat, m iqdor va qiymat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarilishiga baho
beriladi ham da talofat va y o ‘qotishlar aniqlanib, korxona faoliyatini
yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Aynan shu
chora-tadbirlar va yangi maqsadiardan kelib chiqqan holda joriy
rejalashtirish am alga oshiriladi hamda yangi reja davriga korxona
faoliyati rejalari ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |