A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
Ilk Qadam UZB final

7-ILOVA 
 
Rivojlanish xaritasi 
Bolalarning rivojlanish xaritasi ularning rivojlanishini hujjatlashtirishning asosiy shaklidir. Bolaning 
rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch bosqichdan iborat bo‘lgan kuzatish olib boriladi: dastlabki 
(o‘quv yili boshida), oraliq (o‘quv yili o‘rtasida) va yakuniy (o‘quv yili yakunida).
Dastlabki kuzatish o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning 
boshlang‘ich imkoniyatlari (boshlang‘ich, ayni damdagi dolzarb rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning 
shu davrgacha erishgan yutuqlari, kuchli tomonlari, shuningdek o‘quv yilining boshida rivojlanish 
ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda ularni hal qilish uchun pedagogning yordami talab qilinadi. 
Pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (

) bilan 
belgilaydi. Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu rivojlanish 
sohasidagi indikator (kutilayotgan natijalar) «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) “Pedagog izohi” 
ustunida eslatma yozishi lozim.
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi
 
(bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-
harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B – ba'zida kuzatiladi
(bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki 
ma’lum vaziyatlarda).
T – tez-tez kuzatiladi 
(bola asosiy ko‘nikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D – doimiy ravishda kuzatiladi
(bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari talab 
darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish xuddi shu tartibga binoan o‘tkaziladi. 
Kuzatishning bu turi birinchi yarim yillik oxiri 
(dekabr, yanvar)da o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan 
metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish 
natijalariga ko‘ra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda 
pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin. 

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə