A qodiriy nomidagi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

 

 


41 

 

2.4. DNK va RNK sintezi 

 

Nuklein kislotalarning sintezi uchun DNK zanjiri, oqsil biosinteziga matritsa 



(qolip) sifatida i-RNK xizmat qiladi. DNK ning sintezi DNK-matritsaning ikki 

zanjirida, RNK sintezi esa uning bir zanjirida amalga oshadi. Aksariyat holatda 

DNK zanjiri bir-biridan ajralgan va tegishli sharoit asosida sodir bo`ladi. 

Biopolimerlarning shakllanishida matritsadan tashqari yana substratlar, reaksiyani 

katalizlovchi fermentlar zarur bo`ladi. DNK sintezida substrat sifatida 

dezoksiribonukleozidtrifosfat, RNK uchun ribonukleozidtri-fosfatlar bo`lishi 

kerak. Oqsil sintezida esa substrat vazifasini aminoatsil-t-RNK bajaradi.  

 

Nuklein kislotalarning matritsa sintezida ishtirok etuvchi fermentlar DNK-



yoki RNK-polimerazalardir. Ayrim holda i-RNK faqat oqsil sintezida matritsa 

bo`lmasdan, balki DNK biosintezi uchun ham qolip vazifasini bajarishi mumkin. 

Bunday jarayonni teskari transkriptaza fermenti bajaradi. Biopolimerlarning 

matritsali uch xil sintezi uch bosqichdan iborat:  a) initsiatsiya-ikki monomerdan 

polimerning boshlanishi; b) elongatsiya-polimer zanjirining uzayishi; v) 

terminatsiya-matritsali sintezning yakunlanishi. Prokariot va eukariot 

organizmlarda DNK ning sintezi bir xil bo`lishi kuzatiladi. Mazkur sintez asosida 

azotli asoslarning komplementarlik tizimi (A=T, G=S) bo`lib, bu jarayon har bir 

tur organizmning DNKsidagi nukleotid qatorini faqat ota-onasidagina bo`lmasdan, 

balki keyingi avlodlarga ham qat'iy bir xil holatda uzatilishini ta'minlaydi. 




Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə