A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Tezkorlik va uni tarbiyalashning uslublari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə5/9
tarix15.06.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#89483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINING TARBIYALASH METODIKASI

1.3. Tezkorlik va uni tarbiyalashning uslublari
Muhim jismoniy sifatlar qatoriga tezkorlik tegishlidir. Tezkorlik – muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish inson qobiliyatidir. Tezkorlikni namoyon bo‘lishining asosiy omillari quyidagilar:
A. harakatlantiruvchi ta’sirning yashirin davri (reaksiya);
B. Ayrim harakatning tezligi
V. Harakatlar chastotasi.
Tezlikning bu shakllari ro‘y berishi biri ikkinchisidan bog‘liq emas. Eng muhim ahamiyatliligi harakatning yaxlit tezligi ega. Biroq u nafaqat tezlikning rivojlanishi darajasiga bog‘liq. Masalan: yugurishda qadamlarning uzunligidan, itarilish kuchidan va boshqa omillar. Insonning tezlik qobiliyati o‘ziga xos koordinatsion harakatlarga mansub bo‘ladi. Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay modeli yugurishdir. Uni bajarish vaqtida barcha uchta komponenti namoyon bo‘ladi. Harakat ta’sirning tezligi masofaga yugurish, musobaqa boshlanishini bildiruvchi kishining signali yugurishni tez boshlash ko‘nikma, yugurish vaqtida har bir qadamning tezligi va oyoqlar harakatlarining chastotasi bilan bog‘liq. Harakatlantiruvchi ta’sirning yashirin vaqtini aniqlash uchun oddiy uskuna-reaksiametrdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maktab o‘quvchisiga muayyan yorug‘lik yoki tovushli signalga javobida iloji boricha qandaydir bir oddiy harakatni bajarishini taklif qiladilar. Masalan: priborning askariy qismlarini tugmachasini bosish, elektr sekundomer priborining sxemaga joriy etilishi, signalning boshlanishidan tomotorning ta’siri o‘tgan vaqtni ko‘rsatadi. Maksimal kuchlanish uslubining foydalanishi vaqtida og‘irlashtirish miqdori 1-3 tm atrofida tebranib turadi. Harakatlar tezlik darajasi yuqori emas, tezlik sekindan to mo‘‘tadilgacha mashqlar va yondoshuvlar o‘rtasidagi dam olish tanaffusi 2 daqiqadan kam emas. Oxirgi kuchlanish bolalarning asab-ruhiy imkoniyatlariga katta talablar qo‘yadi. SHuning uchun bolalar bilan bu uslubdan foydalanish vaqtida katta ehtiyotkorlik kerak va xaftada 1-2 martadan ortiq bo‘lmagan holda qo‘llash lozim. Takroriy zo‘r berish uslubi to‘rt va undan ko‘proq atrofida vazminlantiruvchilar miqdori bilan kuch mashqining bajarilishidan iboratdir.
2-rasm

Harakatlantiruvchi ta’sirning yuqori darajasi bilan egallagan odamlar. Ilgari ma’lum bo‘lgan to‘satdagi signalga. Ilgari ma’lum bo‘lgan harakatlarga (masalan: “Marsh!” buyrug‘i bilan yugurishni boshlash) tez javob berish qobiliyatiga egadirlar. Bunday ta’sirni oddiy harakat-lantiruvchi ta’sir deb ataladi.


Murakkab harakatlantiruvchi ta’sirning namoyon bo‘lishi zaruriyati vaqtida o‘quvchi ta’sir qiluvchiga qanday javob berishni bilmaydi – murakkab vazifaning oldida turib qoladi. Masalan: gandbolchi darvozaga xujum qilayotib, koptokni o‘ng va chap, yuqori va quyi burchagiga tashlashi mumkin. Darvozabon koptok qaysi burchakka, qanday tezlik bilan va qaysi masofadan tashlanishini aniqlashi kerak; bularni hammasini hisobga olish bilan u harakatning optimal rejasini tanlashi kerak.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə