A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə3/9
tarix15.06.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#89483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINING TARBIYALASH METODIKASI

Kurs ishi maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy tomondan ishlab chiqish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador shakllarini topish, ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini nazariy jihatdan o‘rganish tashkil etadi.
Kurs ishi vazifalari:
1. 7-10 yoshli bolalar jismoniy tarbiya tizimida jismoniy sifatlarni tarbiyalashning zarurligini asoslash orqali ulardan foydalanish jarayonida shu yoshdagi o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining nazariy asoslarini tadqiq etish;
2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash orqali boshlangich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish va o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali ma’lum xulosalar chiqarish;
3. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni oshirishning samarador usullari va ularni o‘rgatish yo‘llarini tajriba orqali aniqlash;
Kurs ishini yozishda kuyidagi uslublardan foydalanildi:
A) nazariy taxlil, adabiyot manbalari va xujjatli materiallarni umumlashtirish;
B) pedagogik kuzatish,
G) test sinovlarini utkazish;
D) atropmetriya;
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNI JISMONIY SIFATLARINI TARBIYALASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI



    1. Jismoniy sifatlar to‘g‘risida tushuncha

Mustaqil davlatimizda yosh avlodning jismoniy kamolotini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. SHu sababli yurtimizda Vatan mustaqilligini mustahkamlaydigan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi tadqiqotning birinchi bobida ta’kidlangan edi.


Xalq pedagogikasi milliy an’analar ta’siri vositasida maktab o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishi tarbiyada muhim omillardan biri ekanligini doimo uqtirib keladiki, jismoniy tarbiya jarayonida ham bu ko‘rsatmalardan foydalanish samara berishi shubhasiz. Bir qator olimlarning kuzatuvlaridan ma’lumki, optimal harakatlanish bolalarning jismoniy rivojlanishi va qobiliyatining oshishi uchun katta imkon beradi .
Bir guruh olimlar va amaliyotchilarning fikricha, O‘quvchilarda jismoniy sifatlarni har tomonlama rivojlantirish, ularning milliy qadriyatlarga e’tiborini oshirish, ma’naviy, axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish uchun kichik maktab yoshi eng qulay davr hisoblanadi.
Ko‘pgina olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, shaxsning jismoniy shakllanishi va jismoniy tayyorgarlik dinamikasi o‘quvchining mehnat qilish layoqati va izchil bajariladigan jismoniy mashqlarning xususiyatiga bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun milliy va harakatli o‘yinlarga asoslangan dars, mashqlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish eng muhim masaladir.
K.Balsevich tadqiqoti bo‘yicha, bolalarning jismoniy faolligi quyidagicha: 7-10 yoshli bolalar jismoniy sifati ko‘rsatkichining barchasi o‘sishning yuqori tempda borayotganligini namoyon etadi. Faqat egiluvchanlik ko‘rsatkichining tempi bu davrda pasayib boradi. Bu yoshdagi bolalarda biodinamik harakatning va eng avvalo, koordinatsion qismlarning shiddatli rivojlanishi ro‘y beradi.
7-10 yoshlar orasida jismoniy sifatlarning va koordinatsion qobiliyatning, inson harakat faolligining namoyon bo‘lishi uchun amaliy jihatdan juda yaxshi zamin tayyorlanadi. F.N.Nasriddinov, X.M,Maxkamjonovlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik natijalari yoshdan yoshga o‘tish bilan hamma ko‘rsatkichlar ma’lum miqdorda ortib borishini ko‘rsatadi.
A.N.Livitskiy ilmiy tadqiqot ishlarining ko‘rsatishicha, qo‘l panjalari mushaklarining kuchi 7 yoshda 13-14 kg.ga etadi. SHu yoshdan boshlab, harakatli o‘yinlar vositasida, bu sifatlarni yanada rivojlantirish ehtimoli kuchli. YOsh o‘zgarishi dinamikasida ayrim keskin bosqichlar belgilanganki, ular morfologik va funksional xususiyatlar majmui bilan tavsiflanadi.
F.N.Nasriddinov, X.M.Maxkamjonovlar maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi bo‘yicha olgan ma’lumotlar tahlilining ko‘rsatishicha, 5-7 yoshdagi bolaning jismoniy rivojlanishi bir tekisda borar ekan, kichik maktab yoshiga kelib esa rivojlanishning tezlashish jarayoni ro‘y beradi. SHunga asosan tadqiqotda milliy harakatli o‘yinlarga asoslangan jismoniy mashqlar majmui tanlab olindi.
“Jismoniy sifatlar” va “jismoniy tayyorgarlik” termini maxsus adabiyotlar sifatida foydalaniladi. Bular insonni harakat imkoniyatlarining ayrim tomonlarini aniqlaydilar. Jismoniy sifatlar dinamikasiga tadbiqan “rivojlanish” va “tarbiya” terminlari qo‘llaniladi. “Rivojlanish” termini sifatning sog‘lomlashtiruvchi o‘zgarishlarini borishini xarakterlaydi. “Tarbiya” esa harakatlantiruvchi sifatning ko‘rsatkichlari o‘sishiga ta’sir o‘tkazishning faolligi va yo‘naltirilganligini nazarda tutadi.
Jismoniy sifatlarga (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik) tegishli. Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakatlar bilan o‘rgatish mustahkam chirmashib ketadi. Jismoniy tarbiyaning bu tomonlarini o‘rganish va ayrim-ayrim qarab chiqish ulardan har birining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi.
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash organizmning rivojlanishi va o‘sishi bilan bog‘langan qator xususiyatlarga ega:
1. O‘spirinlik va yoshlik yoshlarida bitta sifatning rivojlanishi boshqa jismoniy sifatlarni o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘qituvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashga majmuali yondoshuv zaruriyati talab qilinadi.
2. Organizmning rivojlanib borishida jismoniy sifatlarning o‘sishi ayrim yoshlarda ayniqsa jadal ro‘y beradi. Bu sezgirlik (yoki sensitiv) davrlari deb ta’kidlanadi. CHunonchi, mushak kuchi uchun o‘sishning eng ko‘p tezlik darajasi 13-15 yoshlilarga xarakterli, qizlarda chidamlilik ko‘rsatkichi 11-13 yoshda eng jadal o‘sadi, o‘g‘il bolalarda esa – 14 yoshda, mutaxassislarning fikri bo‘yicha 8-11 yosh tezkorlik imkoniyatlarini tarbiyalash uchun eng qulaydir. CHaqqonlikni bolalar bilan taqqoslash bo‘yicha o‘smirlarda, kattalarda esa – yoshlar bilan taqqoslash bo‘yicha tarbiyalash xiyla qiyinroq kechadi.
3. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash katta jismoniy yuklamalar bilan kuzatiladi. Bolalar va o‘smirlar ularning asta-sekin o‘sishiga og‘ishmay rioya qilinganda organizm uchun ziyon etkazmasdan o‘tkazish qobiliyatiga egadirlar.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə