A. V. Mavlonov


-bob. Neft-gaz koni geologiyasining rivojlanish tarixi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə4/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

1-bob. Neft-gaz koni geologiyasining rivojlanish tarixi


1.1. Neft-gaz koni geologiyasining ta’rifi va vazifalari

Neft-gaz konlari va ularning joylashgan rejalarini aniqlash, topish, ishga tushirish juda murakkab hamda ko’p bosqichli vazifalar hisoblanadi. SHunga qaramasdan bu ishlarni bajarishda anchagina muvaffaqiyatlarga erishilgan. CHunonchi hozirgi kunda Respublikamiz hududida 5 ta neft-gaz regioni mavjud bg’lib, ular quyidagilardan iborat:



  1. Buxoro-Xeva oralig’idagi neft-gazli havza;

  2. Ustyurt havzasi;

  3. Surxondaryo havzasi;

  4. Janubi-G’arbiy Hisor neft-gaz havzasi;

  5. Farg’ona neft-gaz havzasidir.

Bulardan eng istiqbollisi Ustyurt havzasi bg’lsa, eng qadimiysi Farg’ona neft-gaz havzasidir.
Neft va gaz havzalarida ochilgan uyum va konlarning bag’ridan iloji boricha kg’proq mahsulotni er yuziga chiqarib olish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridandir.
Axir sir emaski, aksariyat neft konlaridan neft olinishi hatto er bag’ridagi umumiy neft miqdorining yarmiga ham bormay qoladi. Qatlamning neft beruvchanlik qobiliyatini oshirish hozirgi kunning va kelajakning dolzarb muammolaridandir. SHuning uchun ham neft-gaz konlariga xalq xg’jaliga nuqtai nazaridan qarash talab etiladi.
Neft-gaz konlarini ishlatishda ulardagi mahsulotning miqdori chamalanishi va bu xom-ashyoning xalq xg’jaligi uchun lozim bg’lgan miqdori mg’ljallanadi. Bunday hisob asosan ularni statistik holatida chamalanishiga asoslangan.
Lekin neft va gazni qazib chiqarish jarayoni esa harakatdagi jarayondir. CHunki qatlamdan neft va gaz olinishi davomida undagi dastlabki holatlar vaqt g’tishi bilan g’zgarib turadi. Xuddi shuning uchun ham konlarning geologik holati bilan bog’liq bg’lgan dastlabki kg’rsatkichlar uning ishlatilishi jarayonida kechayotgan texnik holatlar bilan uyg’unlashadi va ish jarayonida bir butunlikni tashkil etadi. Buning ustiga konning ishlatilishi jarayonida bg’ladigan barcha tadbirlar iqtisodiy jihatdan chamalanishi lozim va bu ishlar xg’jalik nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, neft-gaz konlarini topish, ularni ishlatish juda katta ma’suliyat talab qiladigan muhim xalq-xg’jalik ahamiyatiga molik murakkab jarayondir, uni amalga oshirishda geologik, texnik, iqtisodiy sharoitlar g’zaro uyg’unlashib ketadi. YUqorida qayd etganimizdek, neft, gaz-kondensat konlarini g’rganish, u konlarni qazib chiqarishga tayyorlash jarayonidagi tadqiqotlar va g’rganishlar hamda qazib chiqarish jarayonini olib borish, uni tartibga solish davlat ahamiyatiga zga bg’lgan ish bg’lib, katta mablag’ sarfini taqozo etadi. Bu ishlarni tg’g’ri tashkil qilish va boshqarish g’ta ma’suliyatli ishdir.
Neft-gaz, kondensat konlarini ilmiy asosda nazariy va amaliy jihatdan g’rganish va tadqiq qilish neft-gaz koni geologiasi fanining bevosita vazifasidir. Bu fan geologiyaning bir bg’lagi bg’lib, u neft, gaz-kondensat konlarining dastlabki holatidan tortib, to ularni qazib chiqarish jarayonlarida sodir bg’ladigan va konlarni oqilona qazib chiqarilishini ta’minlashga da’vat ztadi.
Xuddi shu sababdan fanning konlar xususidagi barcha ma’lumotlarni tg’plash, ularni tartibga solish va tahlil qilish (albatta xalq xg’jaligi nuqtai nazaridan ham) vazifasi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta er ostini va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari birinchi g’ringa qg’yilmog’i lozim.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə