A. V. Mavlonov



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə6/94
tarix19.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#151131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI darslik

Ikkinchi davr. 1918 yildan to 1949 yilgacha bg’lgan davrni g’z ichiga oladi. Bu vaqt davomida neft sanoati milliylashtirildi (natsionalizatsiya) va yangi texnika bilan jihozlanadi. SHu davrda neft sanoati rejali ravishda tezlik bilan rivojlana boshlaydi. 1920 yilda neft sanoatini milliylashtirilgandan sg’ng kg’plab quduqlarning kovlanishi natijasida Boku va uning tashqarisidagi tumanlarda anchagina muvaffaqqiyatlarga erishildi, quduqlarning chuqurligi ham orta bordi, kg’pgina mahsuldor konlar topilishiga erishildi. Bu ishlar neft chiqarishning ortishiga olib keldi.
Bu ishlar neft sanoati ishlarini ilmiy asosda tashkil etishni taqozo etardi.
Bu borada 1925 yilda Moskvada ochilgan va neft konlarini muhofaza qilish, hamda ularni oqilona qazib chiqarish ishlariga bag’ishlangan butunittifoq kengashi katta ahamiyatga ega bg’ldi. Bu kengashda M.V.Abramovich birinchi marta neft qatlamini ishlatuvchi ob’ekt sifatida qaralib, uni qazib chiqarishning oqilona sistemasini ishlab chiqishni taklif etdi.
1927 yilda neft konlarini qazib chiqarish sistemasi birinchi turkumini e’lon qilindi.
1928 yilda yirik neftchi geolog M.F.Mirchinkning Bibi-Eybat konining V svitasiga taalluqli ishi e’lon qilindi. Bunda muallif neft konining neft berish imkoniyatlarini kg’rayotganda uning inson ta’siridan xoli bg’lgan tabiiy-geologik jabhalarini va bularning quduqlar mahsuldorligiga katta ta’siri borligini uqtirib g’tadi.
M.F.Mirchink 1933 yilda chiqqan birinchi neft koni geologiyasi kitobining mualliflaridandir. 1927-28 yillarda V.V.Bilibin birinchi marta neft zahiralarini hisoblashga matematik statistikani tadbiq etadi. U 1930 yilda "Neftning er osti zahiralarini hisoblashda matematik statistika usullari" asarini z’lon qilgan. Bunda avvallari bayon qilingan "egri chiziq usuli" takomillashtiriladi va uni tuzishda matematik statistika usullari qg’llanadi.
1924 yildan asosiy neftli tumanlarning neft zahiralarini hisoblash va ularni turkumlash ishlari boshlandi.
1925 yildan geologiya komitetining maxsus komissiyasi tuziladi. Unga zahiralarning klassifikatsiyalash foydali turkumlash vazifasi topshiriladi va 1927 yilda M.V. Abramovich zahiralarni tabaqalash kategoriya fikrini taklif etadi. 1927-28 yillarda trestlarda zahiralarni hisoblash bg’yicha maxsus guruh tashish qilinadi va ular akademik I.M. Gubkin hamda S.I.Mironov boshchiligida har yili anjumanlarga tg’planishib, zahiralarni hisoblash bg’yicha fikrlashardilar.
1921 yilda akademik L.S. Leybenzon g’zining er osti gidravlikasi bg’yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlarini boshlaydi va shu soha bg’yicha g’z maktabini yaratadi.
SHu davrlarda Grozniylik mashhur geologlar N.T.Lindtrop, V.M.Nikolaev, M.G.Tanaevich, M.M.CHarigin, S.N.SHangin va boshqalar neftning er ostida joylashish sharoitlarini yorituvchi asarlarini chiqara boshlaydilar. Bu ishlarda er ostida joylashish sharoitlarini yorituvchi asarlarini chiqara boshlaydilar. Bu ishlarda er ostidagi neftni harakatga keltiruvchi kuch qatlamdagi uyumlarga tiralgan chekka suvlar ekanligi ta’kidlanadi. 30-yillarda I.M.Gubkin boshchiligidagi komissiya YAngi Grozniy neft koni qazib chiqarish masalalari bilan shug’ullanadi. Bunda qatlamdagi suv bosimi ustida kengroq fikr yuritish, qatlamning ta’minlanish va bg’shanish joylari mavjudligi, hamda ularning neft koniga ta’siri tg’g’risida tushunchalar kiritiladi. Bu fikrlar keyinchalik neft quduqlari ishini gidrodinamik tahlil qilish imkonini yaratgandir.
1937 yidtsa M.A.Jdanov mamlakatimizdagi gaz zahiralarini hisobladi, bunda u faqat "hajm usuli"nigina emas, "bosimning pasayish usuli"ni ham qg’lladi.
1929 yildan boshlab mamlakatimizda neft quduqlarini g’rganish ishlarida geofizik usullar ham jalb qilinishi boshlanadi. Bunda tog’ jinslarining zohiriy qarshiligi tadqiq qilina boshlanadi. SHundan sg’ng geofizik tadqiqotlar tezlikda rivojlana boshlaydi. 1935 yildan Grozniydagi ilmiy-tekshirish instituti xodimlari tomonidan suv bosimining qatlam nazariyasi ishlab chiqildi. Bu nazariya quduqlar ta’sir doirasining cheklanganligi tg’g’risidagi mavjud fikrlarni tanqid qiladi.
1936-39 yillarda prof.V.N.Щelkachev tomonidan quduqlarning bir-biriga ta’siri nazariyasi ishlab chiqiladi.
30-yillarda V.P.YAkovlev quduqlarni tadqiq qilish usuliga qator qimmatli takliflar kiritadi va birinchi marta qatlam sharoitida suyuqlikning siqilishini hisobga olishni taklif etadi.
30-yillarning g’rtalarida V.M.Barishev va A.N.Snarskiy (Ozarbayjon ilmiy-tekshirish instituti), A.A.Boltshiev va T.L.Mixaylovlar (Grozniy ilmiy tekshirish instituti) gazli va gazsiz suyuqliklarning filtrlanish xususiyatlarini g’rganadigan "tajriba qatlamini yasaydilar. Bunda mahsuldorlik koeffitsienti ham g’rganiladi.
SHu yillarda gidrodinamika bg’yicha mutaxassislar A.M.Pirverdyan, G.B.Pixachev, B.B.Lapuk va boshqalar g’z faoliyatlarini boshladilar.
Gidrodinamik nazariyaning rivojlanishi, neft chiqarish sanoatining yangi texnika bilan jihozlanishi, quduqlarni va qatlamlarni tadqiq qilish ishlarining takomillashishi neft koni geologi zimmasiga anchagana ma’suliyat yuklaydi. Quduqlarni burg’ulash, ularni g’zlashtirish va ishlatish, qatlamlarni oqilona qazib chiqarish hamda zahiralarni hisoblash, geofizik tadqiqotlarni talqin qilishda, neft chiqarishni rejalashtirishda geologning bevosita ishtirok etishi taqozo etiladi.
1933 yilda M.V.Nikitin tahriri ostida "Neft koni geologiyasi" darsligi chiqadi. Unda neft koni geologiyasiga doir vazifalar tartiblashtirilgandir. 1933 yilda Bokuda g’tkazilgan neftchilarning quriltoyida I.M.Gubkinning ma’ruzasida neft oluvchi quduqlarni qatlamlarga joylashtirishda ular orasidagi masofaning ilmiy asosdagi metodi talqin etiladi. Xuddi shu yillarda konni ishlatish ishlariga har tomonlama yondashish (uni quduqni ishlatishdan farqlamoq zarurligi) ta’kidlanadi, qatlamda kechadigan jarayoanlarning quduqqa ta’siri tg’g’risida fikr yuritiladi.
1932 yilda I.M.Gubkin neftlar zahirasini hisoblash tasnifini tavsiya etadi, bu masalani 1937 yildagi XVII jahon geologik kongressida ham ko’taradi. O’sha zahira klassifikatsiyasi bizda 1942 yilga qadar qo’llanildi.
1935 yilda zahira bo’yicha markaziy komissiya tuziladi, keyinchalik u Butun ittifoq komissiyasiga (VKZ) undan so’ng esa Davlat zahira komissiyasi (SSSR Ministrlar Soveti qoshidagi) (GKZ) ga aylandi.
1938 yilda Bokuda g’tkazilgan butunittifoq neftchilarning yig’ini neft koni geologiyasining rivojiga katta hissa bg’lib qg’shildi. Bunda qabul qilingan qarorlar neft konlaridagi ishlarni tubdan qayta kg’rib chiqish vazifasini kun tartibiga qg’yadi va geologlar zimmasiga anchagina ma’suliyat yuklaydi. Quduqlar nuqtasini belgilash, ularni burg’ulash va ishga solish hamda ular ishini nazorat qilish vazifalari geologlarning burchi ekanligi ta’kidlandi. Undan tashqari kon geologi zimmasiga quduqlar mahsuldorligiga qarab ularning ishlash rejimini belgilash, qatlamlar rejimini aniqlash va quduqlarning g’zaro bir-biriga ta’siri masalalarini tg’g’ri talqin qilish, neftni chiqarib olishni, qatlam bosimi g’zgarishini va shu kabilarni kuzatish geologlar zimmasiga yuklatiladi. SHu vaqtdan boshlab oliy maktablar dasturlariga neftkoni geologayasi darsi kiritiladi.
1940 yilda akademik L.S. Leybenzon va profeseor B.B.Lapuk neft konlarini ilmiy asosda qazib chiqarish bilan shug’ullanuvchi maxsus guruh tashkil etadilar. 1940 yilda geologlar, gidrodinamiklar va iqtisodchilarni birlashtirgan tadqiqot guruhi tashkil qilingan (Moskva neft instituti qoshida) va keyinchalik loyihalash-tadqiqot byurosiga aylantirilgan. Bu byuro A.P.Krilov boshchiligida faoliyat kg’rsatgan va ularni neft ishi sohasida muhim muvaffaqiyatlarni qg’lga kiritganliklarini alohida ta’kidlash kerak. 1948 yilda "Neft konlarini qazib chiqarishning ilmiy asoslari" (mualliflar A.P.Krilov, M.M.Glagovskiy, M.F.Mirchink, N.M.Nikolaevskiy, I.A.CHarniy) nomli monografiya sohamizda katta voqea bg’ldi va mualliflar davlat mukofotiga sazovor bg’ldilar.
G’sha yili "Tabiiy gazlar konlarini qazib chiqarishnnng nazariy asoslari" (muallif B.B.Lapuk) monografiyasi ham chop etildi. Bu mashhur monografiyalarda neft va gaz konlarining ilmiy asosda qazib chiqarish uchun quyidagi masalalar hal qilinishi lozimligi kg’rsatilgan:

  1. - konlarning geologik xususiyatlarini inobatga olish;

  2. - geologik xususiyatlarni inobatga olgan holda gidrodinamik hisoblar natijasida quduqlarni oqilona joylashtirish ularning debiti, qatlam va quduq tubi bosimlarini hisoblash;

  3. - texnik-iqtisodiy hisoblar natijasida har xil variantlarni aniqlash va natijada oqilonasini topish.

Ikkinchi jahon urushi yillari barcha neftchilarning kuch va g’ayratlari bosqinchilar ustidan g’alabaga qaratilgan edi. G’sha vaqtlarda Volga - O’rol oralig’idagi hududda katta neft zahiralari borligi ma’lum bg’lib, ularni qazib chiqarish masalalari juda katta ahamiyat kasb etadi. (G’sha davrda nomi kg’rsatilgan region "Ikkinchi Boku" nomi bilan ham atalgan edi).
1942 yilda neft vagaz zahiralarini yangi strukturasi qabul qilinadi, bunda asosan konlarning razvedka qilinganlik darajasiga qarab zahiralar hisobga olinadi. G’sha vaqtda zahiralarni chamalash uchun qg’llanma ham ta’sis etilgan.
1946 yilda M.F.Mirchink "Neft koni geologiyasi" monografiyasini chop ettirdi. Bunda birinchi neft koni geologiyasi darsligi chiqqandan buyon neftni qazib chiqarish ishlarida vatanimiz neftchilarining qg’lga kiritgan yangiliklari va chet ellik (asosan AQSH) mutaxassislarning yutuqlari g’z aksini topgandir.
G’tgan davr orasida neft xg’jaligida qilingan ishlar neft konlarini ishlatishda faqat qatlam quvvatidan foydalanishdan iborat bg’lganligini qayd etish joizdir.
Neft koni geologiyasining rivojiga shu davrda akad. I.M.Gubkin katta hissa qg’shdi, uning asarlari hanuzgacha g’z ahamiyatini yg’qotgani yg’q. Neft konlarini qazish ishlarini kuzatish, nazorat qilish, boshqarish ishlariga M.V.Abramovich, M.A.Jdanov, M.I.Maksimovich, V.S.Melik-Pashaev, A.N.Musta-fin, S.T.Ovnatonov, A.A.Trofimuk va boshqalarning qg’shgan hissalari benihoyadir.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə