A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə105/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

S = D - I
Kapital quyilmalardan kelgan daromad miqdori ularning dastlabki hajmidan oshgan vaqt investitsiyalarni qoplash muddati deb ataladi. Shu vaqtdan boshlab kapital sarflashdan olingan daromad miqdori kapital quyilmadan orta boshlaydi. Bu ko‘rsatkich iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasidagi kapital sarflash samaradorligining eng zarur ko‘rsatkichidir.
Odatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilgan uzoq muddatli investitsiya qo‘yilmalari 2-3 yil ichida qoplanadi, uzoq muddatli investitsiya quyilmalarini qoplash uchun esa 10-15 va undan ham ko‘proq vaqt talab qilinadi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi kapital qaytimiga nisbatan investitsiyalardan tushgan foyda bilan belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘larini kelgusida foiz stavkasi ko‘rinishida foyda olish maqsadida joriy qiymatida vaqtinchalik investitsiyalash jarayoni diskontlash, uning natijasida hosil bo‘lgan ko‘rsatkich - diskontlangan qiymat deyiladi.
Xarajatlarni diskontlash koeffitsiyenti ( ) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
=
bu yerda,
- investitsiyalarning qiymati;
- yillik pul mablag‘lari oqimi.
Amaliyotda investitsiyalash jarayonini amalga oshirish uchun uzoq muddat talab qilinishi tufayli pul mablag‘larini ularning qaytimi bilan taqqoslash zaruriyati tug‘iladi. Bu maqsadda pul mablag‘larining kelgusi va haqiqiy qiymati tushunchalaridan foydalanish zarur.
Pul mablag‘larining kelgusi qiymati joriy davrda investitsiyalangan mablag‘larning summasini ifodalaydi, ular belgilangan foiz stavkasini hisobga olgan holda ma’lum vaqt oralig‘ida shu summaga aylanadi.
Faraz qilaylik, 3 yildan so‘ng bizga 100 000 p.b. zarur bo‘lsin. Shu maqsadda biz 3 yildan keyin zarur bo‘lgan va umumiy qiymati 100 000
p.b.dan iborat bo‘lgan mablag‘ga ega bo‘lish uchun bir yilga 10% daromad keltiradigan depozitga hozir qancha miqdorda mablag‘ qo‘yishimiz kerak bo‘ladi?
Bq = (100 000) : (1 + 1,1) x 3 = 100 000 : 1,3 = 76 903 p.b.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə