A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Pul mablag‘larining haqiqiy (hozirgi) qiymati



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə106/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Pul mablag‘larining haqiqiy (hozirgi) qiymati foizning ma’lum stavkasini hisobga olgan kelgusi pul mablag‘lari summasini bildiradi. Pul mablag‘larining haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ular qiymatini muayyan vaqtdagi diskontlashtirish jarayonini ham hisobga olish lozim. Chunki u pul mablag‘larining kelgusi miqdorda ortib borishiga teskari muomalani ifodalaydi. Bunday holda foiz summasi (diskont) pul mablag‘larining yakuniy summasi (kelgusi qiymati)dan ayirib tashlanadi.
Mablag‘larni investitsiya qilish va investitsiya foydasini shakllantirish bilan bog‘liq moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida pul mablag‘lari qiymatini oshira borish hamda diskontlash jarayonlarini oddiy va murakkab foizlar bo‘yicha hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy foizlar qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo‘llaniladi.
Oddiy foizlar deganda mablag‘larni investitsiyalash jarayonida shartnomaga asosan kelishilgan to‘lovning hisobot davri (oy, chorak va
h.k.) yakunida kapital qo‘yilmaning dastlabki qiymatiga asosan hisob qilinishi tushuniladi.
Oddiy foiz summasi qo‘llanilganda kapital qo‘yilmaning ortib borishi jarayonida quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

= * p *


bu yerda,
If - investitsiyaning kelishilgan davri uchun foiz stavkasi;
K0 – kapital qo‘yilmaning dastlabki summasi;
p – investitsiya davrining davomiyligi (har bir foiz to‘lovi amalga oshiriladigan davrlar miqdori bilan ifodalangan);
Fs - o‘nli kasr bilan ifoda etilgan, foydalaniladigan foiz stavkasi.


Murakkab foiz deb, hisoblangan oddiy foiz summasi belgilangan har bir davrdan keyin to‘lanmaydigan, balki asosiy kapital qo‘yilma summasiga qo‘shilib, keyingi to‘lov davrida foyda keltiradigan investitsiya qilish natijasida yuzaga keladigan summaga aytiladi.

  1. §. Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va boshqaruv samaradorligini baholash


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ya’ni biznes tarkibini o‘zgartirish - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishning yangi imkoniyatlari va yo‘nalishlarini yaratib beradi.

Iqtisod tarmoqlarining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy maqsadi - tanlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq uning tashkiliy hamda boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, ishlab chiqarishni markazlashmagan holda boshqarishga erishish hisoblanadi.


Amaliyotda, quyidagi omillar xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qayta tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi:
    • Yangi loyihalar asosida rivojlanishning uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, shunga muvofiq tarzda dasturlarning uzluksiz moliyalanishini ta’minlash.


    • Amaldagi boshqaruv tizimining yanada samarali ishlaydigan tuzulmasini va yangi tarkibini shakllantirish.


    • Investitsiya loyihalarini yagona standartlar asosida, xorijiy investorlar manfaatlari va tashqi omillar (inflyatsiya darajasi, soliq qonunchiligi, tarmoqning rivojlanish tamoyillari va sh.k.)ni inobatga olgan holda rasmiylashtirish.


    • Investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha rejalarning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bajarilishini joriy nazorat qilish,


tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilishda loyihalar borasidagi mavjud muammolar haqida rahbariyatni o‘z vaqtida xabar qilib borish mexanizmini shakllantirish.


    • Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy-xo‘jalik holati va investitsiya loyihalari samaradorligi tahlili asosida investitsiya faoliyatining strategik rejasini ishlab chiqish.


    • Kapital qo‘yilmalarni hamda yangi investitsiya loyihalarini moliyalash strategiyasini rejalashtirish.


    • Uzoq muddat davomida vujudga kelgan va undirilishi dargumon qarzlarni qayta tarkiblash va ularni to‘lash borasidagi muammolarni hal etish.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qayta tarkiblashni amalga oshirish, ya’ni zamonaviy tilda ifoda qilinadigan bo‘lsa - biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish quyidagi vazifalarni bajarishga qaratiladi:


  1. faoliyat yo‘nalishlari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarining, realizatsiya hajmining, shuningdek ulardan olinayotgan daromad hamda foyda miqdorining strategik yo‘nalish maqsadlariga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlash;


  2. bozor konyunkturasining o‘zgaruvchan talablariga muvofiq ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti hamda ko‘rinish va dizaynlarini tez muddatlarda o‘zgartirish;


  3. ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini optimallashtirish bo‘yicha imkoniyatlarni tahlil qilish va yangi takliflarni ko‘rib chiqish;


  4. xo‘jalik yurituvchi subyektning segmentlari o‘rtasida oqilona baho siyosat yuritilishiga erishish va shu kabilar.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda biznes tarkibini o‘zgartirish natijasida ishlab chiqarish jarayoni va texnologiyasi, mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishni boshqarishda muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu holat esa o‘z navbatida so‘zsiz tarzda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga olib keladi.


Biznes tarkibini o‘zgartirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning tashkiliy tizimi tahlil qilib chiqiladi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘limlari, tsexlari bozorda talab mavjud bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashtiriladi, samarali faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘limlar, ishlab chiqarish shahobchalari tugatiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qarzlar foydalanilmayotgan asbob-uskuna, jihozlar yoki binolarni sotish hisobiga qoplanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonini xomashyo va material, texnik vositalar bilan ta’minlovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlar ham qayta ko‘rib chiqiladi. Shular qatorida qayta tarkiblashning boshqa chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi.
Biznes tarkibini o‘zgartirish jarayoni zarar ko‘rib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarishini tiklash yoki amaldagi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga imkon berishini aniqlash uchun uning so‘nggi yillardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarining holati va dinamikasi, ularga soliqqa tortish tizimining ta’sirini tahlil qilish zarur.
Ana shunday tahlil jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
  1. faoliyat yo‘nalishlarining yakuniy natijalari (debitorlik va kreditorlik qarzlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi, realizatsiyadan tushgan tushum hajmi, taqsimlanmaydigan foyda, rentabellik, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, xodimlar soni, mehnatga haq to‘lash fondi va shu kabilar);


  2. amalga oshirilgan kapital qo‘yilmalar, investitsiya va ish faolligining holati (o‘z va qarz mablag‘lari, zaxira va xarajatlarning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi, zaxiralar va o‘z mablag‘larining aylanuvchanligi va shu kabilar);


  3. xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidlilik va to‘lovga layoqatlilik darajasi (joriy likvidlilik, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti, to‘lov qobiliyati darajasi va shu kabilar).


Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning biznes tarkibini o‘zgartirish jarayonida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:


  1. faoliyatning barcha yo‘nalishlarida ishlab chiqarish rentabelligini


ta’minlash;


  1. xo‘jalik yurituvchi subyektda foydalanilmayotgan aktivlarni sotish va ijaraga berish, garovga berish hamda ro‘yxatdan chiqarish;


  2. tugallanmagan ishlab chiqarish, safarbar etilgan va boshqa mol- mulkni konservatsiyalash;


  3. yangi yuqori texnologik jihozlarni xarid qilish yoki ijaraga, shuningdek lizingga olish;


  4. omborlardagi zaxiralarni kamaytirish,


  5. foydalanilmayotgan binolarni ijaraga berish;


  6. debitorlik qarzlari qaytarilishi ustidan nazorat qilishni kuchaytirish;


  7. moliyaviy qo‘yilmalarni sotish, garovga quyish, ishonchli boshqaruvga topshirish.


Xo‘jalik yurituvchi subyekt passivlarini qayta tarkiblash (passivlarning tarkibi va asosiy unsurlari, ya’ni ustav hamda zaxira kapitali, jamg‘arma kapitali, ijtimoiy jamg‘armalar, maqsadli moliyalash va tushumlar, taqsimlanmaydigan foyda, uzoq va qisqa muddatli qarz mablag‘lari, kreditorlik qarzlarini tahlil qilish) ham yuqoridagi tartibda amalga oshiriladi.


Xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari va passivlarini qayta tarkiblash nafaqat o‘zaro uzviy bog‘langan, balki ular boshqaruv tizimini qayta tarkiblashning uzviy qismi ham hisoblanadi. Xususan, passivlarni qayta tarkiblash o‘z-o‘zidan aktivlarning qayta tarkiblanishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida boshqaruvning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishni talab qiladi.
Biznes tarkibini o‘zgartirish maqsadida boshqaruv tuzilmasi uchta yo‘nalishga ajratiladi1:
  1. Ishlab chiqarishni boshqarish.


  2. Xodimlarni boshqarish.


  3. Integratsion boshqaruv.


Ishlab chiqarishni samarali boshqarish xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanish strategiyasiga mos kelishi lozim. Bu esa nafaqat



1 Амалий бошқарув ҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К. Ибрагимов, Б.А. Хасанов, Н.К.Ризайев – Т.: “Молия”. 2014. – 404 б., 301-бетда.

ishlab chiqarishni qayta tarkiblash, balki oqilona kadrlar siyosatini amalga oshirish, moliya- iqtisodiy, marketing va yuridik bo‘linmalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, kadrlarning soni va sifat tarkibini yangilashga asoslanadi.


Biznes tarkibini o‘zgartirishdan oldin ishlab chiqarishni tezkor va strategik boshqarishning tahlili hamda shu asosda boshqaruv qarorlarini qabul qilish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni qayta tarkiblashdan maqsad - ishlab chiqarishni tayyorlanayotgan mahsulotlarga buyurtmalar bilan imkon darajada ta’minlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun sharoitlar yaratib berish hisoblanadi. Shuningdek, bu jarayonda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, kapital mablag‘lar tarkibini o‘zgartirish, boshqaruv tizimining qayta tashkil etilishini nazarda tutuvchi tovarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ular sifatini oshirish istiqbollarini belgilash ham muhim masalalardan hisoblanadi.
Qayta tarkiblash jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish mahsulot ishlab chiqarishning eng foydali yo‘nalishlarini iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. Bu ma’lumotlar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv va ishlab chiqarish bo‘linmalarining yangi, samarali tarkibi shakllanadi. Qayta tarkiblashda rentabelli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi bo‘linmalardan tashqari bo‘linmalarni salbiy natijalar (zarur mutaxassislar shtatining qisqarishi, tushumning kamayishi va h.k.)ga olib kelishiga qaramasdan tugatishga to‘g‘ri keladi. Chunki, bu tadbir xo‘jalik yurituvchi subyektni iqtisodiy sog‘lomlashtirishga ko‘maklashadi.
Shuningdek, ishlab chiqarishni qayta tarkiblashda quyidagilarga asoslanish zarur1:
  1. Uy-joy kommunal xo‘jaligi, kapital qurilish, yordamchi xo‘jaliklar kabi ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan bo‘linmalarni mustaqil xo‘jalik subyektlariga ajratish;


  2. Rentabelli ishlab chiqarishni sho‘ba va tobe jamiyatlarga ajratish;




1 Амалий бошқарув ҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К. Ибрагимов, Б.А. Хасанов, Н.К.Ризайев – Т.: “Молия”. 2014. – 404 б., 301-305-бетлар.
  1. Tegishli xizmat turlarini sotish jarayonini boshqaruvchi bo‘linmalarga topshirish va sh.k.


Bu holatlar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini xarajatlar va iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan tahlil etishni talab qiladi. Ishlab chiqarishni yuqori iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biri xodimlarning malakali kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishidir.


Ishlab chiqarishni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektni qayta tarkiblashning yalpi dasturi ishlab chiqiladi. Mazkur dastur tahliliy amallarning natijalarini sintezlash, ular asosida qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish yo‘llari, usullari, shart- sharoitlarini aniqlash, bu boradagi zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilishga bevosita bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvi samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotini istiqbolli rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur holatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ichki va tashqi omillar ta’sirida takomillashadi. Ular oldiga o‘z faoliyatlarini bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda tashkil etish talabi qo‘yiladi. Bu kabi talablar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xaridorlar ehtiyojlarini optimal darajada qondirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan hamda tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvchan boshqaruv tizimini vujudga keltirishni taqozo etadi.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruv faoliyatining natijaviyligi xodimlar faoliyatining pirovard natijaviyligi bilan to‘g‘ri kelsa, boshqarishda murakkab, ko‘p qirrali obyektni baholash bo‘yicha to‘liq (umumiy) yoki shaklan samaradorlik yuzaga keladi (1-chizma).

  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə