A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil qilingan korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə109/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil qilingan korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari




Afzalliklari


Kamchiliklari

Aksiya egalarining huquq va majburiyatlari ular egalik qiladigan aksiyalar


paketi hajmiga (soniga) bog‘liq

Aksiyadorlar sonining juda ko‘p va keng makonda bo‘lishi, ular o‘rtasida bevosita muloqot


qilish imkonini bermaydi

Aksiyadorlar korporatsiyaning qarzlari bo‘yicha, korporatsiya esa aksiyadorlarning qarzlari bo‘yicha shaxsiy javobgarlikka ega


emas

Aksiyadorlar daromadlarining ikki tomonlama soliqqa


tortilishi

Yirik va mayda sarmoyadorlarni jalb etish yo‘li bilan biznesni rivojlantirish (yoki


ayrim yirik loyihalarni) uchun kerak bo‘ladigan kapitalni tezda yig‘ib olish imkoniyati mavjud

Yakka tadbirkorlik yoki hamkorlikka nisbatan korporativ faoliyatning ancha qat’i


tartibga solinishi

Aksiyalar egalari almashishi munosabati bilan korporatsiyaning faoliyati to‘xtab


qolmaydi

Aksiyadorlar uchun korporatsiyani joriy boshqarishda cheklanishlarning mavjudligi



AQSHda faoliyat yuritadigan aksiyadorlik jamiyatlarida umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi direktorlar kengashi ichki va tashqi a’zolardan iborat.

Ichki direktorlarga qat’iy belgilangan ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchilar kiradi. Ularni, odatda, «boshqaruvchi direktorlar» yoki boshqaruv tizimiga mansubligi sababli, «top- menedjerlar» deb ham atashadi.


Tashqi direktorlar - bu aksiyalarning asosiy egalari bo‘lgan boshqa yirik firmalar, moliyaviy muassasalarning vakillari hamda jismoniy shaxslardir.
Agar ichki direktorlar muayyan miqdorda maosh olishsa, tashqi direktorlar faqatgina kengashning har bir majlisi uchun mukofot olishadi.
Boshqaruv kengashi tarkibida tashqi direktorlar sonini belgilash va ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan uning faoliyatini baholashga haqqoniy yondashish imkonini beradi. Shu sababli, Nyu-York fond birjasida kotirovkaga kengash tarkibida kamida uchta, taftish komissiyasida esa kamida beshta tashqi direktorga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalariga ruxsat etiladi.
Rivojlangan mamlakatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlari kuzatuv kengashlari tarkibida tafovutlar mavjud. Bu ularning vazifalaridagi farqlarga emas, balki aksiyadorlarning tarkibi va sonidagi farqlarga hamda tarixiy sabablarga bog‘liq.
Masalan, AQSH tarixida kuzatuv kengashining tashqi a’zolari bir vaqtning o‘zida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvchilari bo‘lishgan edi. Mazkur holat hozirgi kunda ham tez-tez uchrab turadi.
AQSHda yuqori texnologiyali xo‘jalik yurituvchi subyektlarda kuzatuv kengashining tashqi a’zolari ilmiy muassasalarning xodimlari ham bo‘lishi mumkin. Yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ular turli
«jamiyatlar»ning a’zolari hisoblanishadi. Ammo, kuzatuv kengashi a’zolarining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvining a’zolaridan iborat bo‘lishi talab qilinadi.
O‘z tarkibida sanoat tuzilmalarini birlashtiruvchi tashqi a’zolarga ega bo‘lgan kuzatuv kengashlarining ustunlik tomonlari shundan iboratki, ular orqali xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvini baholashni sanoat sohasida yetarlicha ish tajribasiga ega bo‘lmagan kengash a’zosiga qaraganda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.
Kengashning tashqi a’zolari, shuningdek, boshqaruvni kelgusi rivojlantirish borasida ham maslahatlar berishlari mumkin.
Buyuk Britaniyada xo‘jalik yurituvchi subyekt kuzatuv kengashlarining tarkibi ko‘p jihatdan AQSH xo‘jalik yurituvchi subyektlari amaliyoti bilan o‘xshash, lekin Britaniyada kuzatuv kengashi raisi kengashning mustaqil a’zosi hisoblanadi. Ikkinchidan, kuzatuv kengashida xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvining ko‘p a’zolari ishtirok etishadi.
Germaniya xo‘jalik yurituvchi subyektlarida esa amaldagi qonunchilikka muvofiq, kuzatuv kengashi tarkibida xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvining vakillari qatnashmaydi. Bunda faqat aksiyadorlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari kengashning a’zolari hisoblanadilar.
Shuningdek, Germaniyada banklar yirik kompaniyalarning aksiya paketlariga egalik qiladi va kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi. AQSHda banklar uchun kompaniyaning aksiyadori bo‘lish taqiqlangan1.
Germaniyaning yirik kompaniyalarida 1949-yildan boshlab kengashlarning deyarli 50 foizi kompaniyalar xodimlaridan tashkil etiladigan bo‘lgan.
Korporativ tuzilmalarning yana asosiy turlaridan biri - xolding kompaniyalari hisoblanadi. Xolding (angl.) - boshqa kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish maqsadida ular aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lgan kompaniyadir. Amaliyotda sof va aralash xolding turlari mavjud.
Sof xolding aksiyalar nazorat paketiga egalik qila turib, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Aralash xolding muayyan sohada (sanoat, savdo, transport va h.k.) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Xoldingning tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar sho‘ba xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.

1 Амалий бошқарув ҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К. Ибрагимов, Б.А. Хасанов, Н.К.Ризайев – Т.: “Молия”. 2014. – 404 б., 322-324-бетлар.

Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi deganda xo‘jalik yurituvchi subyekt ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarning qabul qilinishi yoki rad etilishini ta’minlovchi, xo‘jalik yurituvchi subyekt kapitalida ishtirok etishning istalgan shakli nazarda tutiladi. Aksiyalarning nazorat paketlari to‘g‘risidagi qaror monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi va tartibga solinadi.


Xolding aktivlari quyidagilardan tashkil topadi:
  1. Kimmatli qog‘ozlar.


  2. Muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek, xolding mablag‘lari hisobidan xarid qilingan aktivlar.


  3. Pul mablag‘lari va sh.k.


Xoldinglar qisman yoki to‘liq xorijiy sarmoya asosida, shuningdek, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan ham tashkil qilinadi.


Xoldingning aktivlari tarkibiga sho‘’ba xo‘jalik yurituvchi subyektlari aksiyalarining nazorat paketlari bilan bir qatorda aksiyalarning teng (paritet) paketlari (ikkita ishtirokchi bo‘lganda 50 foiz) va boshqa xo‘jalik jamiyatlari kapitalidagi ishtirok paketlari (aksiyalarning nazoratsiz paketlari) kiritilishi mumkin.
Sho‘ba xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z majburiyatlari bo‘yicha ularga tegishli mol-mulk, shu jumladan bosh xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalar nazorat paketining qiymati bilan javob berishadi.
Xolding kompaniyalarining tashkil etilishi moddiy, moliyaviy hamda mehnat resurslarining integratsiyalashuviga erishish, ularni yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishga imkoniyat tug‘diradi.
Xolding xo‘jalik yurituvchi subyektlarni alohida faoliyat turlari bo‘yicha, amaldagi monopoliyaga qarshi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asoslangan holda birlashtiradi.
Xoldingni tashkil etish bosh kompaniya balansini taqsimlashni har tomonlama asoslangan tartib bo‘yicha amalga oshirish, ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va ularni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tasdiqlash kabi
bosqichlardan iborat.
Bosh va sho‘ba xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ta’sis shartnomasida bosh va sho‘ba xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida balansning taqsimlanish tartibi belgilanadi, asosiy va aylanma mablag‘lar hajmi, sho‘ba xo‘jalik yurituvchi subyektning aylanma mablag‘larini to‘ldirishning umumiy asoslari belgilanadi.
Xolding shaklidagi tuzilmalarning rivojlanishini tahlil qilishda ham ularning afzallik va kamchilik jihatlarini inobatga olish zarur (jadval).
Jahon tajribasidan ma’lumki, xolding kompaniyalarida biznesni qayta tarkiblashni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri xolding tarkibiga bank va boshqa moliya tuzilmalarini kiritgan holda uni moliya-sanoat guruhiga aylantirishdir.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) moliyaviy, ishlab chiqarish va tovar kapitalini qayta ishlab chiqarish, jamg‘arish va uni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Ularni tuzish asoslarini
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Moliya-sanoat guruhlari to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari tashkil etadi.

    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə