A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


Xolding kompaniyalarining afzallik va kamchiliklari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə110/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Xolding kompaniyalarining afzallik va kamchiliklari




Afzalliklari


Kamchiliklari

Ishlab chiqarish kooperatsiyala-


shuvining rivojlanishi

Turli tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarning


ko‘pligi

Aksiyalar bozorida faol qatnashish imkoni


Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning


alohida taftish qilinishi

Bozordagi raqobatda ustunlikka erishish mumkin bo‘ladi


Sho‘ba xo‘jalik yurituvchi subyektlarining hisobotlarni har yili katta xarajat sarflab e’lon


qilish majburligi

Uzoq muddatli investitsiya dasturlarini amalga oshirish imkoniyati


Monopoliya va raqobatning chegaralanishiga moyillik


Sarmoyadorlar uchun alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qaraganda imtiyoz-


larning ko‘pligi

Bozorning muayyan segmentlariga egalik qilish investitsiyalardan samarali foydalanishga


to‘sqinlik qiladi

Segmentlar o‘rtasidagi raqobatni yumshatishning real imkoniyati mavjud bo‘ladi


Xolding ichidagi raqobatga barham berilishi iqtisodiy turg‘unlikka olib kelishi


mumkin

hisob yuritish va moliyaviy hisobotning birlashtirilishi


Oddiy aksiyadorlar uchun ayrim masalalarni hal etishning murakkabligi


Ishlab chiqarish xarajatlaridagi tejamkorlik imkoniyati oshadi


Baho shakllanishining nazorat qilinishi ayrim segmentlarni


bankrotlikka olib kelishi mumkin

Resurslarning mobilligini oshirishning real imkoniyatlari tug‘iladi


Samarasiz xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi


Malakali xodimlar


Xolding afzalliklaridan keng foydalanish imkoniyatining yetishmasligi



MSGda ishtirok etish xo‘jalik yurituvchi subyektlarga quyidagi afzalliklarni beradi:
  1. Istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun investitsiyalarni birlashtirish.


  2. Ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarini saqlab turish uchun zarur resurslarni to‘plash.


  3. Investitsiyalarni kam rentabelli tarmoqlardan foydali tarmoqlarga o‘tkazish imkoniyati.


  4. Investitsiyalarni amalga oshirish uchun kredit resurslari bilan ta’minlash.


  5. Bozorni tadqiq qilish, mahsulot va xizmatlarni sotishni yaxshilash uchun yagona marketing xizmatini tashkil etish.


  6. Yagona ta’minot xizmatini barpo etish va guruhning barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun ulgurji xarid qilish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratish va h.k.


Banklar uchun MSGda ishtirok etishning jozibadorligi ishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etish, o‘z navbatida foyda olishning yangi manbalariga ega bo‘lish, bank faoliyatini kengaytirish va tabaqalashdan iborat.


Kelgusida MSGga kirishdan pensiya jamg‘armalari, investitsiya va sug‘urta kompaniyalari ham manfaatdordir. Bunda zaxiralarni yuqori daromadli aktivlarga investitsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi nodavlat
pensiya jamg‘armalari uchun pensiya miqdorini oshirish maqsadi qo‘yiladi.
Investitsiya kompaniyalari omonatchilar jamg‘armalarini jalb etgan holda olingan pul mablag‘larini guruhning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qiladi. MSGga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning korporativ qimmatli qog‘ozlarini oldindan taxminlash mumkin. Shuning uchun guruhning qisqa va uzoq muddatli investitsion loyihalarida ishtirok etish xatari investitsiya kompaniyasi uchun ancha pasayadi.


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə