A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


§. Sifatni boshqarishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə112/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

§. Sifatni boshqarishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


XX asr boshlarida paydo bo‘lgan, shuningdek uning turli bo‘lim va tarmoqlarining yuzaga kelishiga imkon yaratgan boshqaruv to‘g‘risidagi fanning asosiy maqsadi zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarish samaradorligini oshirishdan iboratdir.

Boshqaruv fanining muhim tarmoqlari qatoriga buxgalteriya hisobida aks ettirilishi murakkab bo‘lgan hamda o‘ziga xos qator xususiyatlarga ega bo‘lgan, lekin, shu paytgacha juda kam o‘rganilgan – xo‘jalik yurituvchi subyektda sifatni boshqarish ham kiradi.


Sifat – har qanday tadbirkorlik faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning eng muhim tavsifi (xarakteristikasi) hisoblanadi.
Tarixan sifatni boshqarish ommaviy mahsulot ishlab chiqarishda statistik nazorat sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining barqaror bo‘lishiga qaratilgan.
Tarixga nazar solinadigan bo‘lsa, sifatni nazorat qiladigan maxsus bo‘limlar har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda bunga qadar ham amalda mavjud bo‘lgan. Ammo, nazorat obyekti bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot birligi hisoblangan, xolos.
Ommaviy ishlab chiqarishga o‘tilishi har bir mahsulot birligini nazorat qilishning imkoniyatini butunlay cheklaydi. Shunga muvofiq sifatni baholash uchun tanlab nazorat qilishga va statistik usullardan foydalanishga o‘tish zaruriyatga aylandi. Ana shu holat nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki, olimlar oldiga ham mazkur muammo borasida tadqiqotlar olib borishga da’vat qildi.
Sifatni boshqarish borasidagi birinchi izlanishlar XX asrning 30- yillariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, u “Bell telefon leboratorz” xizmatchisi
Shuartuga tegishlidir1.
U tomonidan shuningdek, sifatni boshqarishning statistik usuli taklif qilindi2. Bunga 30-yillarda mutaxassislar tomonidan alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur masala borasida AQSH kompaniya va firmalari amaliyoti va tajribalarida e’tiborga molik ayrim jihatlar bor. Ikkinchi jahon urushi davrida AQSH hukumati ommaviy mahsulot ishlab chiqarish, xususan harbiy sohadagi mahsulotlar va ularni yetkazib berish muammosi bilan bevosita to‘qnashadi.
O‘sha vaqtda AQSH hukumati buyurtmalari asosan xususiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarildi. Sababi, juda ishonchli va sifatli mahsulot ishlab chiqarish zaruriyati eng muhim masala bo‘lgan. Katta hajmdagi ishlab chiqarish sharoitida sifatni samarali nazorat qilishni ta’minlash zarur edi.
Aynan shundagina sifatni nazorat qilishning statistik usuli keng qo‘llanildi.
Nazoratning statistik usullari hamda sifatni boshqarishning shakllanishida, keyinchalik uning fan va amaliyot sifatida rivojlanishida Demingning o‘rni katta3.
Demingning fikricha, sifatni statistik nazorat qilish ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida xaridorga zarur bo‘lgan yuqori darajadagi tejamkor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi yagona va muhim omildir. Statistik nazoratni esa statistik usullarni qo‘llash orqaligina amalga oshirish mumkin, deb hisoblagan.
U harbiy maqsadlardagi ishlab chiqariladigan mahsulotlarni statistik nazorat qilishda samarali qo‘llannilgan usullarni xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarishga ham keng miqyosda qo‘llashni ommalashtirdi.
Deming tomonidan taklif qilingan usullar va nazorat tizimi ikkinchi jahon urushidan keyin xalq xo‘jaligini qayta tiklashi zarur

1 Макино Т., Охаси М., Доке Х., Макино К. Контроль качества с помощью персональных компьютеров. - М.: Машиностроение, 1991.

2 Шапиро В.Д. и др. Управление проектами. - СПб.: ДваТри, 1996.
3 Шапиро В.Д. и др. Управление проектами. - СПб.: ДваТри, 1996.
bo‘lgan Yaponiyada katta samara bergan. Aniqrog‘i, birinchi bor Yaponiyada jahonda eng rivojlangan sifatni boshqarish tizimi shakllanishiga katta hissa qo‘shgan.
Urushdan keyingi Yaponiya sanoatida sifat nazorati juda past darajada edi.
Deming takliflari Yaponiya va shu kabi rivojlangan davlatlar sanoatida sifatni boshqarishni takomillashtirishda muhim o‘rin egalladi.
U tomonidan ishlab chiqarish jarayoni bilan birga siklli qaytariladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsuloti sifatini nazorat qilishning asosiy bosqichlari ajratib ko‘rsatildi.
Deming sikli degan ibora zamirida mahsulot sifatini ta’minlashda statistik nazorat usullarining o‘rni va nazoratning asosiy bosqichlari ketma-ketligi aniqlab berilgan (1-rasm).

Bozorni tadqiq etish

Sotuv

Sifatni loyihalash
Statistik usullar
Nazorat


Standartlash
Ishlab chiqarish

1-rasm. Deming sikli


1959-yil darajasida ayrim yapon mutaxassislari “sifat nazorati” atamasini sifatni boshqarish sifatida tushunish o‘rinli degan fikrda edilar. Bu esa tayyor mahsulot sifati nazorati bilangina chegaralanib qolmasdan, balki ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha bosqichlarini nazorat qilishni anglatar edi.
Aynan shu davrda A.V.Feygenbaum umumiy sifat nazorati to‘g‘risidagi tezisini yaratdi (Total Quality Control – TQC).
Feygenbaumning fikricha, umumiy sifat nazorati tamoyili shundan iboratki, bunday nazorat mahsulotga dastlabki ishlov berishdan boshlanib, u iste’molchi talabini to‘la qondirgan holda uning qo‘liga tushishi bilan yakunlanadi.
Shuningdek, Yaponiyada ham umumiy sifat nazorati keng qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Tayyor mahsulotning oldingiday sifat nazorati shaklida bo‘lgan Feygenbaumning umumiy sifat nazoratidan farqli o‘laroq, Yaponiyada nazorat ilmiy uslublar darajasigacha rivojlandi hamda turli sohalarga – xizmat ko‘rsatish, savdo, kadrlar bilan ishlash, qarorlar qabul qilish sohalariga7, yoki boshqacha aytganda, barcha boshqaruv sikliga ommalashdi.
Shuning uchun Deming ishlab chiqarish jarayoni nazorati sikliga nisbatan barcha boshqaruv jarayoniga qo‘llaniladigan Deming sikli keng tarqaldi (2-rasm).


1. Rejalashtirish
Mavzuning tanlanishi Maqsadning aniqlanishi Maqsadni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish


3. Tekshiruv
Natijani tekshirish


2. Amalga oshirish Ishlarning amaldagi holatini o‘rganish
Tadbirlarni ishlab chiqish Tadbirlarni amalga oshirish


4. Tuzatish
Reja maqsadini qayta ko‘rib chiqish va to‘g‘rilash

  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə