A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə37/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Alternativ xarajatlar








Maksimal darajada foyda olish imkoniyatidan biron-bir maqsadga erishish uchun voz kechilishi, masalan:
  1. O‘qituvchi bir oyda 200 p.b.da universitetdan ish haqi oladi.


  2. Uning haydovchilik guvohnomasi bo‘lib, shofyor bo‘lib ishlasa 350 p.b.da ish haqi olishi mumkin.


Shu yerda o‘qituvchinig alternativ xarajati miqdori 350 p.b.ga teng.





  1. xomashyo va materiallar xarajatlari;


  2. ish haqi xarajatlari;


  3. bank krediti foizi to‘lovi;


  4. va h.k.


  1. masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘ziga tegishli jihozlarni ishlatadi, lekin uning uchun (shartli ravishda) hech kimga ortiqcha to‘lov to‘lamaydi;


  2. agar xo‘jalik yurituvchi subyekt shu jihozni ishlatmasdan, uni ijaraga bersa, qo‘shimcha daromad oladi.



Ushbu vaziyatdagi rahbar va buxgalterlar yondashuvida vujudga kelayotgan nomutanosiblikning mohiyatini anglab yetish uchun farazimizni biroz o‘zgartiramiz. Tasavvur qilaylik, xo‘jalik yurituvchi subyektning 100 000 p.b. miqdorida erkin pul mablag‘i bo‘lgan va shunga muvofiq u bankdan 200 000 p.b. miqdoridagi mablag‘ni 15 foiz miqdorida qarz olib texnologik liniyani sotib olgan. Aniq xarajatlarni hisobga oladigan ana shu buxgalter endi qarz olinganlik uchun to‘lanadigan har yilgi 30 000 p.b. mablag‘ini xarajatlar deb hisobga oladi, chunki u tegishli hujjatlar orqali o‘tadi. Ammo, rahbar uchun har ikki vaziyatda ham xarajatlar 45 000 p.b. teng bo‘lib qolaveradi. Endi bu xarajat rahbar uchun ikki qismdan iborat bo‘ladi: birinchisi aniq xarajatlar 30 000 p.b. va aniqmas xarajatlar – 15 000 p.b.

Alternativ xarajatlarni ko‘rib chiqish jarayonida u bilan bog‘liq yana ikkita yangi ko‘rsatkichni doimo e’tiborga olish lozim bo‘ladi: pullik xarajatlar va sarflanib bo‘lingan va shartli hisoblaniladigan xarajatlar (yuklanilgan xarajatlar).


Pullik xarajatlar – bu omillar ishlab chiqaruvchi mulk egalariga pul to‘lovlari shaklini qabul qiladigan muqobil xarajatlardir. Bularga xomashyo va materiallar to‘lovi, ishchi va xizmatchilarning ish haqi, banklarga kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi va ularni muqobil usulda foydalanishni amalga oshirish resurslarni chalg‘itadigan boshqa to‘lovlar kiradi.
Sarflanib bo‘lingan va shartli hisoblaniladigan xarajatlar (yuklanilgan xarajatlar) – xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lgan alternativ xarajatlardir. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘ziga qarashli bo‘lgan uskunani ishlatadi va uning uchun haq to‘lamaydi, ya’ni pul xarajatlari yo‘q. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt bu uskunani ijaraga berganda edi, u bundan daromad olgan bo‘lar edi. Bu yerdagi yo‘qotilgan daromad yuklanilgan xarajatlarni ifodalaydi.

  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə