A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


§. Boshqaruv hisobida relevant va norelevant xarajatlar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə38/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

§. Boshqaruv hisobida relevant va norelevant xarajatlar


Boshqaruv qarorini ishlab chiqish mavjud muammoni hal etishda mumkin bo‘lgan ikki yoki undan ko‘proq variantlarni taqqoslash va ulardan eng yaxshisini (optimalini) tanlashdan iboratdir. Rahbariyat uchun har bir alternativ variant uchun zarur axborot bilan ta’minlashni boshqaruv hisobi bo‘yicha buxgalter bajaradi. Ushbu ma’lumotlar asosida rahbarlar muammoni yechishda amalga oshirsa bo‘ladigan variantlarni baholaydilar.

Buni bajarish uchun ular axborotning katta hajmiga ko‘milib qolmasliklari kerak, aks holda ular qaysi alternativ variant biznesning barcha borishiga qanday ta’sir etishini yaxshi tushunmay qoladilar.



Haqiqiy bo‘lgani emas, kelajakda bo‘lishi kutilayotgan daromad va xarajatlar
Ko‘p dalillar va ma’lumotlar har bir tahlil etilayotgan alternativ variant bo‘yicha o‘zgarmasligi mumkin.

Relevant daromad va xarajatlar


Masalan, yangi texnologik uskunalar o‘rnatilishi natijasida mehnat sarfini qisqartirish taklifi ko‘rib chiqilayotgan vaqtda, yakuniy sotuv hajmi o‘zgarmaydi.

Yoki boshqacharoq ifoda qiladigan bo‘lsak - harakatning uch ehtimol varianti mavjud bo‘lsa (masalan, uch har xil turdagi uskunalar) va sotuv hajmi har bir holda bir xil bo‘lganda sotuv to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur qarorning qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.


Uning ustiga buxgalter xarajatlarni baholashda bugungi kunda hech kim o‘zgartira olmaydigan oldingi ma’lumotlardan foydalanadi. Boshqa tomondan, shu vaqtning o‘zida oldingi, tarixiy ma’lumotlar bo‘lmasada, qabul qilinayotgan qarorlarga sezilarli ta’sir ko‘satadigan, xarajatlarni baholash ko‘zga tashlanadi.
Relevant xarajat va daromadlar – bu alternativ variantlar bo‘yicha farq qiluvchi kutilayotgan kelajakdagi xarajat va daromadlardir. Ushbu holatda xarajat va daromadlarni relevantga kiritishning ikkita mezoni ko‘rsatilganini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Birinchidan, faqat kelajak boshqaruv qarorlariga kiradigan, ikkinchidan, variantlar bo‘yicha farq qiluvchi xarajatlar relevant xarajatlarga kirishi mumkin (chizma).
Demak, haqiqiy (tarixiy) ma’lumotlar o‘zicha relevant bo‘la olmaydi, ular qaror ishlab chiqilayotganda hech qanday foyda bermaydi hamda alternativ variantlarni muhokama qilayotganda umuman ko‘rib chiqilmasligi ham mumkin. O‘tmishni biz endi o‘zgartira olmaymiz. Kelajak xarajat turlari va miqdorini prognozlash (bashoratlash) uchun asosiy manba sifatida xarajatlar to‘g‘risidagi oldingi ma’lumotlar har holda o‘ta zarur bo‘ladi.
Relevant yondashuv - katta axborot hajmi mavjud bo‘lib eng maqbul qarorni ishlab chiqish jarayonini yengillashtiradi va tezlashtiradi hamda boshqaruv qarorini qabul qilish paytida e’tiborni faqat relevant axborotga qaratishga imkon yaratadi.
Quyidagi vaziyatga relevant yondashuvni qo‘llashni namoyish qilamiz. Faraz qilaylik, qo‘l mehnati sarfini tejash maqsadida ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiyalash haqidagi masala hal qilinmoqda.
Faqat ikki variant ko‘rilmoqda – modernizatsiyalash yoki modernizatsiya qilmaslik.
Quyidagi ma’lumotlar berilgan: modernizatsiyalash xarajatlari 30 ming p.b.ni tashkil qiladi. Loyihadagi sotuv hajmi har qanday variant qabul qilinganda ham o‘zgarmaydi va 200 ming p.b. darajasida qoladi, shuningdek, har qanday qaror ham realizatsiya bahosiga ta’sir ko‘rsatmaydi (bir donaning sotuv bahosi 10 p.b.) va bir dona mahsulotning me’yoriy to‘g‘ri materiallar xarajati 5 p.b.ni tashkil qiladi.
«Modernizatsiyalash» variantidagi to‘g‘ri mehnat xarajatlari prognozi mahsulot birligiga 1,8 ni tashkil qiladi. «Modernizatsiya qilinmasin» variantida ular mahsulot birligiga 2,0 ni tashkil qiladi.
Ana shu barcha ma’lumotlarni quyidagi tahliliy jadval shakliga keltirish mumkin, 2 ta variant borligi uchun:
    • variant «modernizatsiyalash varianti»;


    • variantni «modernizatsiya qilmaslik varianti», deb qaraladi:










Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə