A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə52/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi


Ishlab chiqarish dasturini tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ish bajarish) va sotishning istalga muddatga, odatda yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks rejani o‘zida namoyon etadi.


Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayonida dastavval xaridorlarning talablari asosida ishlab chiqarilgan tovarlarga bo‘lgan bozor ehtiyoji o‘rganiladi. Buning uchun tuzilgan shartnomalar va buyurtmalarning
mavjud portfeli, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat)larning taklif qilinishi mumkin bo‘lgan hajmi xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikatsiyalash (kengaytirish) qo‘llaniladi.
Darajali taxminlash ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotish va ana shu jarayondan olinishi kutilayotgan foyda hajmini uchta: maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo‘yicha avvaldan rejalashtirishni nazarda tutadi.
Vaziyatli rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga oshirishda ham bir qancha qulayliklar tug‘diradi.
Faoliyat turi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish dasturini tuzish, uch bosqichda amalga oshiriladi:
  1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyatini o‘zida jamlagan yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish.


  2. Rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlarni aniqlash.


  3. Yillik ishlab chiqarish rejasini xo‘jalik yurituvchi subyektning alohida segmentlari yoki ishtirokchilari, ya’ni bajarish uchun mas’ullar bo‘yicha taqsimlash.


Odatda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar amaliyotda ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishning «quyidan yuqoriga» yoki nomarkazlashtirilgan holda, «yuqoridan quyiga» yoki markazlashtirilgan holda va takroran rejalashtirish ko‘rinishlari qo‘llaniladi.


Ishlab chiqarish dasturini shakllantirishda quyidan yuqoriga rejalashtirish yondashuvining qo‘llanilishi shuni anglatadiki, bunda ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari va funksional xizmatlari bo‘yicha tuzilib
borib, oxirida butun subyekt bo‘yicha umumlashgan yaxlit bir hujjat shakliga keltiriladi.
Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayoni yuqoridan quyiga rejalashtirish tamoyiliga asoslanganda esa, rejalar butun xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha ishlab chiqiladi va bo‘linmalar uchun tezkor rejalashtirish asos bo‘lib xizmat qiladi.
Takroran rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan barcha segmentlar va funksional xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro uzviy hamkorlikni e’tiborga oladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning segmentlari bo‘yicha yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlash - mahsulot birligini mos taxminiy bozor baholariga ko‘paytirish orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi1:
m p y
M 0 Mm Bm M p Bp M y By
i i i
bu yerda:
M0 - xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ishlab chiqarish dasturi, p.b.da;
Mm, Mp, My - mahsulot (ish va xizmat)larning yillik hajmi, donada;
Bt Br, Bu - mahsulot (ish va xizmat)lar birliklarining taxminiy bozor baholari, p.b./donada;
p,r,u- mahsulot (ish va xizmat)larning nomenklaturasi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda har bir mahsulot, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining kelgusi davrida amalga oshiriladigan ishlari miqdori va bajaradigan xizmatlari hajmi ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat, bajariladigan ish) bozorga bir maromda yetkazib berilganda rejalashtirilgan muddatda sotishlar hajmini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

bu yerda:


- mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi;
- tovarlarni o‘rtacha bir kunda sotish miqdori;
- sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil).
Sotishlarning rejalashtiriladigan hajmini bozor segmentlari bo‘yicha quyidagi shaklda shartli misollar yordamida ifodalash mumkin (jadval).


    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə