A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə51/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

Bosh (asosiy) budjet



Operativ budjet Moliyaviy budjet

    Byudjet turlariga misollar


        1. misol

    AVTOXO‘JALIK



Bayramni o‘tkazish daromadlari va xarajatlari BYUDJETI
(pul birligida)

Byudjetning daromad manbalari:






1 Muassasalar ajratmalari

50 000



2 Kasaba uyushmasi jamg‘armasidan ajratma

20 000



3 Xo‘jalik yurituvchi subyektning maxsus jamg‘armasidan ajratma

15 000

byudjet daromadining jami

85 000

Xarajatlar byudjeti





1 San’atkorlar guruhi uchun

5 000



2 Salqin ichimliklar uchun

15 000



3 Issiq ovqat (osh-palov) uchun

25 000



4 Non, ko‘katlar xaridi uchun

1 000



5 Mukofotlar uchun

10 000



6 Shirinliklar va meva-chevalar xaridiga

5 000

byudjet xarajatlarining jami

75 000

Daromadlarning xarajatlardan oshishi

10 000

        1. misol


MEHMONXONA

    Yil davomida xonalarning mijozlar bilan band bo‘lish BYUDJETI




Oylar


Rejalashtirilgan bandlik


1 o‘rinlik
(30 dona)


2 o‘rinli
(50 dona)


Kichik appartament
(5 dona)


Luks (5 dona)

soni

ulushi (foizda)

soni

ulushi (foizda)

soni

ulushi (foizda)

soni

ulushi (foizda)

yanvar

10

33,3

20

40,0

2

40,0

1

20,0

fevral

12

40,0

24

48,0

2

40,0

1

20,0

mart

15

500

28

56,0

3

60,0

2

40,0

aprel

18

60,0

35

70,0

4

80,0

4

80,0

may

20

66,7

40

80,0

4

80,0

3

60,0

iyun

28

93,3

48

96,0

5

100

5

100

iyul

30

100

50

100

5

100

5

100

avgust

30

100

50

100

5

100

5

100

sentabr

29

96,7

45

90,0

4

80,0

5

100

oktabr

25

83,3

40

80,0

3

60,0

4

80,0

noyabr

20

66,7

35

70,0

2

40,0

3

60,0

dekabr

15

50,0

30

60,0

1

20,0

1

20,0





  1. §. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari

Yuqorida qayd qilinganidek byudjetlar oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga muvofiq bir necha turlarga bo‘ladi. Shular orasida amaliyotda, xususan boshqaruv hisobini tashkil qilishda moslashuvchan va statik turlaridan ham foydalaniladi.

Statik byudjet ortiqcha hisob-kitoblarsiz xo‘jalik yurituvchi subyektning faolligini baholash imkonini beradi. Unda faoliyat turidan olinishi mo‘ljallanayotgan daromadlar va shu daromadga erishish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar rejalashtiriladi hamda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqiy bajarilishi bilan taqqoslanishi ko‘rsatiladi.


Byudjetning bu turi xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy natijalarining ma’lum bir hisobot davri nihoyasi bo‘yicha bajarilishini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko‘rsatkichlarning mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi.
Statik byudjet ko‘rsatkichlarini moslashuvchan byudjet ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda sotishning haqiqiy hajmi e’tiborga olinmaydi, ya’ni natijalarning faqatgina qiyosiy tahlili keltiriladi (jadval).
Jadval ma’lumotlarini dastlabki tahlil qilishning o‘zida ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik yurituvchi subyektning statik byudjetida rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar ichida sotishdan tushgan tushum miqdori oshgan, foyda miqdori ham rejaga nisbatan ko‘paygan. Lekin, shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish xarajatlari miqdori ham, shuningdek davr xarajatlari xajmi ham rejaga nisbatan oshgan. Jadval ma’lumotlari esa o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki – statik byudjet xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati to‘g‘risida dastlabki, ya’ni umumiy tasavvurlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga barcha ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarga qaysi omillar ta’sir qilgan, qanaqangi foydalanilmay qolgan imkoniyatlar mavjud yoki qaysi resurslarni qo‘ldan boy berdik, degan o‘rinli savollarga javob olish uchun tahliliy ishlarimizni chuqurlashtirishimiz kerak bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektining statik byudjeti
(pul birligida)


T.r


Ko‘rsatkichlar


Reja


Haqiqiy


Chetlanishlar (+, -)

1

Sotishdan olingan tushum

55000

61000

+ 6000

2

Ishlab chiqarish xarajatlari,


shundan:










materiallar xarajati

21000

22000

+ 1000





mehnat xaqi xarajatlari

17000

19000

+2000





boshqa xarajatlar

2000

2000

-



Jami

40000

43000

+3000

3

Marjinal daromad (1 - 2)

15000

18000

+3000

4

Davr xarajatlari:












- sotish xarajatlari

4000

5000

+1000





- ma’muriy xarajatlar

6000

6000

-



Jami

10000

11000

+1000

5

Operatsion foyda (3-4)

5000

7000

+2000


Bu vazifani echishga moslashuvchan byudjet yordam beradi.

Statik byudjetda ko‘rsatkichlarni rejalashtirish amalga oshirilsa, moslashuvchan byudjetni tuzishda natijalarning omilli taxdil usulidan foydalaniladi.


Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha muqobil variantlaridan foydalaniladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moslashuvchan byudjetida ishlab chiqarish xarajatlari uchun avval mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan me’yorlar belgilanadi, keyin ushbu me’yorlar asosida haqiqiy sotish hajmiga mos keladigan ishlab chiqarishni rejalashtiriladigan hajmi aniqlanadi (jadval).
Xo‘jalik yurituvchi subyektining moslashuvchan byudjeti


(pul birligida)


T.r


Ko‘rsatkichlar


Haqiqiy bajaril- gani


Haqiqiy bajarilganga moslashtirilgan byudjet


Haqiqiy byud- jetning mos- lashtirilgandan chetlanishi

1

Tushum

235000

245000

+10000

2

Ishlab chiqarish xarajatlari


145000

150000

+5000

3

Marjinal daromad


90000

95000

+5000

4

Davr xarajatlari


50000

51000

+1000

5

Operatsion foyda


40000

44000

+4000


Xo‘jalik yurituvchi subyektda moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi. O‘zgarishlarga ta’sir qilgan har bir ko‘rsatkichning ta’sir darajasini hisoblashga zamin yaratadi.

  1. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə