A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi


§. Sotish hajmini rejalashtirish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə54/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org

§. Sotish hajmini rejalashtirish


Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning (bajarilayotgan ish, ko‘rsatilayotgan xizmat) sotuv byudjetini tayyorlash bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonining boshlang‘ich bosqichidir.

Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sotuv byudjetini ishlab chiqish rejalashtirish jarayonining eng qiyin bosqichi hisoblanadi. Sotuv hajmi va shundan kelib chiqqan holda sotuvdan tushgan daromad nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish imkoniyatlari,


balki nazoratga olinmaydigan omillarning ta’siridagi real bozorda sotish imkoniyatlari bilan ham bog‘liq. Sotuv byudjetini tuzishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan, lekin hisobga olinishida bemalol hisoblanishi mumkin bo‘lgan omillar bilan bir qatorda, hisoblanishi mumkin bo‘lmagan yoki alohida yondashuvni talab qiladigan omillar mavjud. Ulardan quyidagilarni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin: bozorga shu xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar faoliyati; xo‘jalik yurituvchi subyektning milliy va jahon bozoridagi umumiy o‘rni; mahsulotlarni sotib oluvchi xaridorlar va xomashyo hamda materiallarni yetkazib beruvchilarning muqimligi; xo‘jalik yurituvchi subyekt imidjini ko‘tarishga hamda mahsulot realizatsiyasini ta’minlashga qaratilgan reklamaning samarasi; davriy, mavsumiy va boshqa tebranishlar; ishlab chiqarilayotgan mahsulot bahosini shakllantirish (belgilash) siyosati; realizatsiya qilinayotgan mahsulotning rentabellik darajasi.
Sotuv byudjeti asosidagi baholarni aniqlashning ikkita asosiy usuli mavjud:
    • Umumiqtisodiy shart-sharoitlar, bozor kon’yunkturasi va ishlab chiqarish o‘sishining egri chizig‘ini matematik tahlil qilish asosida statistik istiqbolni belgilash.


    • Xo‘jalik yurituvchi subyekt sotishni tashkil etish bo‘limi boshqaruvchilari va xodimlarining fikrlarini yig‘ish orqali olingan ekspert xulosasi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sotishni tashkil etish xodimlari tomonidan har bir mijozga sotilayotgan har bir mahsulotni hisoblab chiqiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda esa, butun mintaqadagi umumiy sotuvlar hajmini mintaqaviy boshqaruvchilar tomonidan hisoblanadi.


Bu usullarning har biri o‘z ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Amaliyotning ko‘rsatishicha, ko‘pgina yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlar bu usullarning ikkalasidan ham mos ravishda foydalanishadi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar regression tahlil, mahsulot chiqarish xarajatlari va ekonometrik modellar kabi qiyin uslublardan foydalanish istiqbolni to‘g‘ri belgilashda qo‘l kelmaydi degan nuqtayi- nazarga egalar.

Ekspertlar bahosi

Sotuv bo‘limi mutaxassislari va boshqaruvchi, ya’ni menejerlarning fikr-mulohazalari asosida


Shuning uchun, hisobga olish qiyin bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining shaxsiy ishbilarmonlik xususiyatidan kelib chiqadigan xulosasi ham bu yo‘nalishda muhimdir

*- Bu ikkala usulning albatta bir qator yutuq va samaralari mavjud, lekin kamchiliklardan ham holi emas.




    Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə