A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

13
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
A
c


t
amaki mozaikasi virusi (1- oqsil qobig

i; 2- RNK);
B
gerpes virusi;
V
gripp virusi. 
Viruslar.
3- rasm.
B
qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat hujayralarda yashaydi. Ular 
hujayra ichi parazitlaridir. Viruslar hujayradan tashqarida erkin va faol 
holatda uchramaydi, ko‘payish xususiyatiga ham ega emas (3- rasm).
Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuklein 
kislotalar bo‘lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mumkin. Shunga 
ko‘ra viruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi. 
Viruslarning hujayra bilan o‘zaro ta’siri.
Hujayra oralig‘i muhitidagi 
suyuqlikdan hosil bo‘lgan pinotsitoz vakuolalar orqali tasodifan hujayra 
ichiga virus kirishi mumkin. Ammo odatda hujayraga virusning kirishidan 
avval hujayra sirtidagi maxsus oqsil-retseptor bilan bog‘lanish sodir bo‘ladi. 
Ushbu bog‘lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi.
Ular hujayra sirtidagi sezgir ma’lum retseptorni «tanib olish» xususiyatiga 
ega. Virus bilan bog‘langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib, 
vakuolaga aylanadi. Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola 
qobig‘i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo‘shiladi. Ana shunday yo‘l bilan 
virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin.
Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib 
chiqaradi. Sariq kasalligini qo‘zg‘atuvchi A va B viruslar faqat jigar hu-
jayralariga kirishi mumkin va ularda ko‘paya oladi. 
Virus zarrachalarining to‘planishi ularning hujayradan chiqib ke tishiga 
olib keladi. Ushbu jarayon ba’zi bir viruslarda «portlash» tarzida ro‘y bera-
di. Natijada hujayra nobud bo‘ladi. Boshqa turdagi viruslar kurtaklanishga 
o‘xshash yo‘l
bilan ajraladi. Bunda organizmning hujayralari hayotchanligini 
uzoq vaqtgacha saqlab qoladi.



Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə